Mavzuning qisqacha ta`rifi: O`quvchilarga qish haqida yangi ma`lumotlar berib, qorning ahamiyatini yoritib berish, matndagi qismalrning mazmunan bir-biriga bog`liqligini tushuntirish, o`quvchilardagi so`z va lug`at boyligini oshirish
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars shakli: Jamoa bilan ishlash
Dars uslubi: An`anaviy, didaktik o`yin, izohli o`qish
Dars jihozi: Qorning qog`ozdan yasalgan shakli, qorning yog`ayotgani tasvirlangan rasm, qo`shimcha didaktik materiallar va rangli rasmlar. Texnik vositalar, media. She`r va topishmoqlar.
Nazorat: Bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: o`quvchilarning reytingi dars oxirida e`lon qilinadi.
|
Darsning maqsad va vazifalari:
|
Ta’limiy: O’quvchilarni matnni ifodali o’qishga o’rgatish, nutqini va so’z boyligini o’stirish. Qish faslining fazilatini o’quvchilarga yetkazish, o’quvchilarga yil fasllari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga ekologik tarbiya berish, tabiatga, qushlarga bo’lgan mehrini oshirish,ona tabiatni asrab avaylashga o,rgatish va mehr hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’g’zaki nutqi, lug’aviy so’z boyligini oshirish va o’qish tezligini rivojlantirish.
|
Kuzatilayotgan natija:
|
D ars yakunida o`quvchilar Qish qattiq bo’lmagani uchun yer vaqtida orom olmagani ushun,havo sovimagani sababli daraxtlar juda erta uyg’onishi haqiqiy bahor boshlanishi arafasida kuchaygan yer sovug’i mevali daraxt kurtaklarini uzib ketishi yer esa suvga yaxshi to’yinmaganligi yer namligi kelgusi yil hosili uchun yetarli emasligi paxta hosiliga ham putur yetkazishi, bizning boyligimiz paxta.Paxta erta bahordan chigit ekilib, yozi bilan unga o’g’it va ishlov berilishi aytiladi.Meva va sabzavotlarning ham mo’l hosil berishi qishning o’z vaqtida bolishi bilan birgalikda bobo dehqolarning ham mehnati beqiyosligi va o`quvchilarning so`z boyligini boyitiladi.
|
Dars jarayoni va texnologiyasi:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy
qism
|
O`quvchilar davomadi aniqlanadi.sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
|
nazorat
|
3 daqiqa
|
2-bosqoch
Ehtiyojlarni aniqlash
|
Darsda rioya qilinadigan qoidalar bilan tanishtiriladi, dars shiori takrorlanadi.
|
B.B.B
Interfaol
metod
|
2 daqiqa
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1.Yo`llanma savollardan foydalanib fasllarga oid ishlangan rasmlar asosida o`quvchilar bilan birgalikda hikoya tuzish.
2.Gapga xos asosiy xususiyatlarini ochib berish.
3.Matndagi gaplar miqdorini belgilash.
4.O`quvchilar bilan qismlarga bo`lish ishlarini amalga oshirish.
5.Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Quvnoq o`yin o`ynaladi.
6.Barcha faslning o`z o`rni va dehqonlar hayotidagi ahamiyati aytiladi. Bunda bizning asosiy boyligimiz paxtaga katta foydasi borligi aytiladi.
7.Rangli rasmlar asosida matnni qayta hikoya qilinadi.
8. Namunali she`rlardan yod olish.
9 .Maqol va topishmoq, testlar bilan ishlash.
10 .Lug`at ustida ishlash.
11. Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi.
|
suhbat
suhbat
andoza
bilan ishlash
andoza
bilan ishlash
o`yin
suhbat
namoyish
izohli yodlash
suhbat
suhbat
suhbat
|
20daqiqa
|
4-bosqich
Mustah-
kamlash
|
Savol va topshiriqlar asosida o`tilgan mavzu mustahkamlanadi
|
Savol-
javob
|
15daqiqa
|
5-bosqich
Baholash
|
Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
|
O`yin
|
3 daqiqa
|
6-bosqich
|
Insho asosida matn andozasi ustida ishlash va uyda tamomlab kelish.
|
tushuntirish
|
2 daqiqa
|