Qisaqa tayyorgarlik
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri bu – investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat.
Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas.( O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 8 fevral 2017 yil.)
Joriy davrda 107 333,0 mlrd so`m asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilib, ularning 60,7%i yoki 65142,4 mlrd. so`m jalb etilgan mablag`lar hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korhona, tashkilot va aholining o`z mablag`lari hisobidan 39,3 %i yoki 42190,6 mlrd. so`m moliyalashtirildi. Joriy davrda markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi o`tgan yilning mos davridagi ulushiga nibatan 8,6 % punktga ko`payib, 32,1% ni yoki 34448,4 mlrd. so`mni tashkil etdi.
Shuningdek, tijorat banklar kreditlari va boshqa qarz mablag`lari hisobidan 16033,5 mlrd.so`m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 14,9 %ini tashkil etib, o`tgan chorakdagi ko`rsatkichga nisbatan 1,6 % punktiga kamayish kuzatildi), to`g`ridan-to`g`ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 14660,4 mlrd.so`m (13,7 %), Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi 7894,8 (7,4 %), Respublika byudjeti 4124,1 mlrd.so`m (3,8 %), Davlat maqsadli jamg`armalari 5468,7 (5,1 %) va Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi hisobidan esa 271,2 mlrd.so`m (0,3 %) asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirildi.
Ilgʻor xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi №PF-5264 son “Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017 yil 30 noyabrdagi №PQ-3416 son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”1 sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |