Uchinchi sharti – tajovuzning realligi, ya’ni tajovuzning himoya-lanuvchi xayolida bo‘lmay, balki haqiqatan ham (obyektiv) ro‘y berganligidir.
Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo‘llagan shaxsga barcha holatlar yuz bergan vaziyat haqiqatda ham tajovuz yuz berayapti, deb taxminlashga asos bo‘lsa va shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb topilishi kerak.
Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo‘qligini tu-shunish uchun asos bo‘lsa, u xayolan hujum qilayotgan shaxsga zarar yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilinmaydi, balki aybning ehtiyotsizlik shakli mavjud bo‘lib va mudofaalanuvchi eh-tiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.
Hozirgi kunda olimlar o‘rtasida tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning to‘rtinchi sharti sifatida – tajovuzning xarakteri, ya’ni huquqqa xilofligi shartini isbotlashga qaratilgan fikrlar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |