3. Xavfsizlik texnikasi
Kontaktli payvandlashdagi xavfsizlik texnikasiga oid asosiy chora-
tadbirlar operatorning elektr tokidan shikastlanishi, sachragan yoki
chayqalib to‘kilgan qaynoq metallning kuydirishi, kuch yuritmasi yoki
detallarni uzatish yuritmasining aylanuvchi qismlari shikast etkazish ehtimoli
borligi bilan bog‘liqdir.
Payvandlash mashinasi transformatorining
ikkilamchi kuchlanishi 24 V
dan oshmaydi va odam uchun xavfli emas. Payvandlash transformatorining
birlamchi chulg‘ami bilan boglangan qismlarga tegib ketish eng xavflidir,
chunki chulg‘amdagi tok odatda 220-380 V ni tashkil etadi, kondensatorli
mashinalardan foydalanilganda esa to‘g‘rilagichdagi kuchlanish 1000 V ga
etishi mumkin. Bundan tashkari, ba’zan transformatorning birlamchi chulg‘ami
teshilishi yoki ikkilamchi o‘ramga tutashib qolishi mumkin. SHu bois
mashinaning ikkilamchi konturi va boshqarish qutisi ishonchli tarzda erga
ulanadi. Erga ulovchi simning kesimi ochiq usulda o‘tkazish uchun 4 mm
2
dan va yopiq usulda o‘tkazish uchun 5 mm
2
dan kichik bo‘lmasligi lozim.
Barcha boshqaruv qismlari - tugmalar, tepkilar (pedallar) va b.
odatda 36 V dan oshmaydigan kuchlanish bilan ta’minlanadi. Ish vaqtida
mashina va boshqarish kutisining eshikchalari yopiq bo‘lmog‘i lozim. Mashinani
tarmoqdan tez uzib qo‘yish uchun rubilniklar, tugmalar va boshqa uzuvchi
kurilmalar qulay joyda bo‘lishi kerak. Mashina oldidagi pol quruq rezinka
poyandoz to‘shalgan bo‘lishi zarur. Tegishli malakali va xavfsizlik
texnikasiddan yo‘l-yo‘riqlar olgan shaxslargina mashinada ishlashga
qo‘yiladilar. Agar qandaydir nosozlik yuz bersa, ishni darhol to‘xtatish va bu
haqda usta yoki sozlovchiga xabar bermoq darkor.
Elektrodlarni tozalash va almashtirishda, uzellarni mashina konturiga
o‘rnatishda elektrod tasodifan siljib ketib qo‘lni shikastlamasligi uchun
ehtiyot choralariga amal qilish zarur. Kuyishdan himoyalanish uchun
payvandchida shishasi tiniq ko‘zoynaq, jomakor va qo‘lkop bo‘lmog‘i kerak.
Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi mexanizmi yaqinidagi
bo‘shliq yig‘ma tusiq bilan bekitilishi, qudratli mashinalar bilan
payvandlashda esa ularning atrofi g‘ovlar bilan to‘sib qo‘yilishi lozim.
Uchma-uch payvandlash paytida metall bug‘lari ajralib chiqali va
metall sachraydi. Rangli metallarni va oson eruvchi qoplamali po‘latlarni
payvandlash vaqtida ayniqsa zararli moddalar ko‘p ajralib chiqadi. SHuning
uchun, eski havoni chiqarib, yangi havo kiritadigan umumiy shamollatish
qurilmasidan tashkari, mahalliy shamollatish qurilmasini nazarda tutish
tavsiya etiladi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
aytib bering.
2. Bitta payvandlash operatsiyasiga ketadigan donabay vaqt qanday
hisoblanadi?
3. Rejali-oldini oluvchi ta’mirlash tizimi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |