Krasnovodopadskaya-210. Krasnovodopad davlat seleksiya stansiyasida (Krasnovodopad x Bima-1) x Bezostaya-1 navlarini chatishtirish yo’li bilan yaratilgan.
Muallif:Marko A.F.
1980 yildan Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Toshkent, Surxandaryo viloyatining lalmikor yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Biologik kuzgi. Boshog’i prizmasimon, to’g’ri burchakli, mayda (6,0-7,8 sm) o’rtacha zichlikda. Qiltig’i o’rtacha uzunlikda, tarqoq, dag’al. 1000 ta donining vazni 35,8-40,0ggacha. Nav ertapishar. Vegetasiya davri o’rtacha 143- 177 kun. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli 5,0 ball. Navning qimmatbaho fiziologik belgisi uning qurg’oqchilikka chidamliligidir 4,3-5,0 ball.
Navning texnologik va non yopish sifati yaxshi. Donida oqsil miqdori 13,4
%, kleykovinast 26,0-27,0 %, IDK -90-105 yed.
Yonbosh. O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti("Don" IIChB) da Sanzar85*K-17146 (Suriya) duragay kombinasiyasidan ikki marotaba yakkalab va ko’plab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Amanov A.A, Kiryash V.A, Odinsova I.G, Umirov N.D.
1995 yildan Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining sug’oriladigan yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan..
Ferrugineum turiga mansub. Biologik kuzgi.
Boshog’i silindrsimon shaklda, Qizil, o’rtacha uzunlikda va zichlikda. Qiltig’i qizil, tuxumsimon sayoz, ariqchali. 1000 ta donining vazni 38,8-45,5 ggacha. O’rtapishar, vegetasiya davri 210-220 kun, respublikaning shimolida 250 kunda pishadi, janubda 186 kungacha.
Yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga chidamliligi 5,0 ball teng.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik yaxshi 3,0-4,0 ball.
Oqsil miqdori (protein) 11,9-14,7 %, kleykovinasi-27,0-30,0 %, IDK-70- 90yed.
Sanzar– 6. O’zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti("Don" IIChB )da Red-River-68 x Rannaya-12 duragay chatishmasidan yakkalab va guruhlab tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Mualliflar: Kovalev A.I, G’aybullayev S.G’, Xaytboyev A, Kovalev Yu.A, Umarov D.T, Pitonya A.A, Odinsova I.G.
1991 yildan Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi muddatlarda ekish uchun Davlat reyestriga kiritilgan..
Eritrospermum turiga mansub. Duvarak (biologik kuzgi).
Boshog’i prizmasimon, o’rtacha uzunlikda va uzunlikda. Doni dumaloq. Doni yirik.1000 ta donining vazni 37,0-45,0 ggacha.
Ertapishar, vegetasiya davri 145- 177kungacha. Yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga va qurg’oqchilikka chidamli 5,0 ball.
Respublika non inspeksiyasi laboratoriyasining malumotiga ko’ra, navning non yopish va texnologik o’rtacha 2,0-3,0 ball.
Oqsil miqdori (protein) 8,5 %, kleykovinasi-27,0%, IDK-100-115yed.
Do'stlaringiz bilan baham: |