SHunday ibora bor: Soglom bo‘laman desang-yugur, CHiroyli bo‘laman desang-yugur, Kuchli bo‘laman desang-yugur,
Har bir talaba yengil atletikani asosiy fan sifatida o‘rganishi vaqtida va jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan quyidagilarni bilishi shart:
1. Yengil atletikani nazorat asoslarini o‘rganish.
2. Yengil atletikachilar o‘zlarini harakat qobiliyatlaridan eng yaxshi natija ko‘rsatish uchun foydalanadilar.Yurish-yugurishda masofani qisqa vaqt ichida o‘tishi. Sakrashlarda-uzoqroq yoki balandroq natija ko‘rsatishi uloqtirish-larda-snaryadlarni iloji boricha uzoqroq uloqtirishlaridan iboratdir.
3.Yugurish sakrash va boshqa asosiy mashqlarni normativlar darajasida o‘zlashtirish.
4. Yengil atletikani o‘rgatish uchun kerak bo‘ladigan amaliy pedagogik ko‘nikma va malakalarni egallash, shuningdek musobaqalarni tashkil qilish va hakamlik qilishni o‘rganish.
Yengil atletika yunоncha «atlеtiko» so’zidan olingan bo’lib «kurash» “mashq” dеgan ma’nоni bildiradi. Qadimiy Yunоnistоnda kuchlilik va chaqqоnlikda musоbaqalashgan kishilarni atlеtlar dеb atar edilar. Hоzirda esa jismоniy kamоlоtga yеtgan kuchli оdamlarni atlеt dеyiladi. Yengil atlеtika dеgan nоm shartli bo’lib sirtdan qaraganda, yengil atlеtika mashqlarining оg’ir atlеtika mashqlariga nisbatan yengil tuyulishigagina asоslangan.

2. Jismoniy tarbiya instituti va jismoniy tarbiya fakultetlarida yengil atletika fanining vazifalari va mazmuni
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning birinchi va ikkinchi bosqichida kasb ta’lim dasturlari talablarini quyidagi fanlar bloklarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan va u doimiy ravishda takomillashtirib boriladi:
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar.
2. Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar.
3. Umumiy kasbiy ta’lim fanlari.
4. Maxsus kasbiy ta’lim fanlari.
Bu blokdagi fanlarning hammasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bakalavrlarni pedagogik, trenerlik, tashkilotchilik, yo‘riqchilik va ilmiy izlanish faoliyatini olib borishga, mamlakatimizdagi jismoniy harakatning har xil pog‘onasida ishlashga tayyorlaydi.