Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga yog‘оchlаr vа ulаrgа ishlоv bеrish mаtеrillаrini turlаrgааjrаtish vахususiyatlаrini аniqlаsh haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida yog‘оchlаr vа ulаrgа ishlоv bеrish mаtеrillаrini turlаrgааjrаtish vахususiyatlаrini аniqlаsh hаqidа bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Yangi mavzu bayoni:
Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan qattiq-yumshoqligi, og‘ir-engilligi, zichligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, ko‘rinishi, rangi va boshqa belgilar bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan daraxtlar igna bargli va yaproqli (bargli) turlarga ajratiladi. Igna bargli daraxtlarga qarag‘ay, pixta, tilog‘ach, archa, kedr, sari, tis kiradi. Bu daraxtlarning har biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga yaqin turi, tilog‘ochning 20 dan ortiq turi, archaning 45 ga yaqin turi, kedrning 4 turi, sarvning 20 ga yaqin turi, tisning 10 yaqin turi ma’lum.Qarag‘ay, pixta, tilog‘och kabilardan asosan turli o‘lchamlardagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan imoratlorning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda boshqalar turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Igna bargli qarag‘ay va pixta yumshoq qolganlari qattiq yog‘och beradi. Yaproqli daraxtlar ham yumshoq, qattiq yoki mo‘rt yog‘och hosil qiladi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bochkalar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Yaproqli daraxtlarniig qattiq yog‘och beruvchi turlaridan O‘zbekistonda yong‘oq, nok, tut, qayrag‘och, o‘rik, shaftoli, zarang, jo‘ka, buk, akatsiya va boshqalar hamda mo‘rt yog‘och beruvchi turlaridan chinor, eman kabilar o‘sadi. Ular mebel va boshqa buyumlar yasashda hamda yog‘och o‘ymakorlikda ishlatiladi. Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yaqin kunlarda ham yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Qurilish va inshoatlarda yig‘ma temir beton kopstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan extiyojni ancha kamaytiradi. Shunga qaramasdan, yog‘och sellyuloza sanoatida hozirgi vaktda asosiy material hisoblanadi. Shuningdek ayrim yog‘ochlarning xo‘jalikdagi ahamiyati ortib bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin sifatida ishlatilib kelingan bo‘lsa, xozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa soxalarida qimmatbaho material hisoblanadi. Hamma yog‘ochlar ular olinadigan daraxtlarning turiga qarab bargli va nina bargli guruhlarga bo‘linadi. Qurilishlarda ko‘pincha nina bargli qarag‘ay, archa, puxta, kedr kabi daraxtlardan olingan yog‘ochlar ishlatiladi.
b) yaproqbargli
daraxt
yog‘ochining ichki
tuzilishi.
|
a) ignabargli
daraxt
yog‘ochining
ichki tuzilishi;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |