Qidir
Odil Yoqubov
Odil Yoqubov —
oʻzbek
sovet
adabiyoting yirik vakili, 1926-yili
Qozogʻistonning
Turkiston
tumanidagi Qarnoq qishlogʻida ziyoli oilada tugʻilgan.
Ikkinchi jahon urushi
boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib,
Yaponiya
frontiga joʻnagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951–
1956-yillar mobaynida
Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti
(hozirgi
Milliy universitet
)da taʼlim olgan.
„Literaturnaya gazeta“ning
Oʻzbekiston
boʻyicha muxbiri,
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi
raisi,
„Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“
gazetasi bosh muharriri va boshqa mas’ul vazifalarda
ishlagan.
Odil Yoqubov
Tugʻilishi
20-oktabr 1926-yil
Turkiston
Vafoti
21-dekabr 2009-yil
(83 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi
SSSR
va
Oʻzbekiston
Mukofotlari
Yoqubov 1985-yil
Oʻzbekiston
xalq yozuvchisi
ordeni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston milliy
universiteti filologiya fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida
adabiy maslahatchi (1955-59), „Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri
(1959-63; 1967-70), „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Oʻzbekiston davlat kinematografiya
qoʻmitasida bosh muharrir (1963-67),
Gʻafur Gʻulom
nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida
bosh muharrir oʻrinbosari (1970-82), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazeta bosh muharriri
(1982-87), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987-91),
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qoʻmitasi raisi
(1991 yildan) va ayni vaqtda Markaziy Osiyo xalklari madaniyati Assambleyasining birinchi
vitseprezidenti (1995 yildan). Dastlabki asari- „Tengdoshlar“ qissasi 1951 yilda eʼlon qilingan.
„Dastlabki qadam“ (1953), „Ikki muhabbat“ (1955) hikoyalar toʻplami, „Tilla uzuk“ (1961) qissa
va hikoyalar toʻplamida muhabbatni insonga xos ulugʻ, muqaddas hislat sifatida tasvirlaydi.
„Muqaddas“ qissasida (1960). Yozuvchining chinakam yozuvchiga xos uslubi va yoʻli
namoyon boʻldi. Mazkur asarda xudbinlik yoʻliga tusha boshlagan yigitning toʻgʻri yoʻlga
qaytishi masalasi qalamga olingan. „Er boshiga ish tushsa…“ romani (1966)
Ikkinchi jahon
urushi davridagi front orqasidagi hayot, mehnat qahramonliklari, xalqimizning vatanparvarligi
va mardligi haqida. „Bir felyeton qissasi“ (1961), „Qanot juft boʻladi“, „Matluba“ (1970)
qissalari va koʻpgina hikoyalarida yoshlarning turmushda yuz bergan ziddiyatlarga qarshi
mardonavor kurashi, muhabbati tasvirlangan. „Ulugbek xazinasi“ romani (1973) olim va
hukmdor Ulugbek davridagi ijtimoiy munosabatlar, olis oʻtmishimizdagi
nur va zulmat
oʻrtasidagi kurash haqidagi asardir. Romanda ayanchli takdirlar, fojialar koʻp, ammo
optimistik ruh- inson tafakkuri va ezgulikning tantanasiga ishonch bor. „Koʻhna dunyo“ (1982)
romanida oʻrta asrda yashab jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan olimlar Ibn Sino
va Beruniyning fojiali taqdiri qalamga olingan. „Diyonat“ (1977), „Oq qushlar, oppoq qushlar“
(1988), „Adolat manzili“ (1998) romanlarida oʻzbek xalqining 20-asrning 60-70 yillaridagi
hayoti va kurashi manzaralari haqqoniy tasvirlangan. Garchi bu asarlarning asosiy
qahramonlari turli sohalarning vakillari, harakterlari ham turlicha boʻlsada, taqdirlari,
maqsad
va intilishlari bilan birbirlariga oʻxshaydilar. Ular nopob tuzumda yashab koʻp nohaqliklarni,
fojialarni boshdan kechirgan, ammo tinmay mehnat qilgan va kurashgan, milliy mustaqillik
poydevorini qurgan, mustahkam irodali, mard va olijanob insonlardir. Yoqubov mazkur
romanlari bilan oʻzbek
nasridagi ijtimoiy ruh, keskin konflikt, harakterlar, psixologizmni
sezilarli darajada kuchaytirdi, uni yangi harakterlar, yangi badiiy xulosalar bilan boyitdi.
Yoqubov „Chin muhabbat“ (1955), „Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi“, „Yurak yonmogʻi
kerak“ (1958), „Olma gullaganda“ (1961), „Muzaffar Temur“ (1996), „Bir koshona sirlari“
(2000) kabi pyesalar, „Dilbarim“, „Baqor yomgʻirlari“ kinossenariylari (1971) muallifi. Yoqubov
mohir
tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla
Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va
maqolalari bor. Asarlari chet tillarga,
shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima
qilingan. Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov,
Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar
ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1977),
"Doʻstlik"
(1994),
"El-yurt hurmati"
(1998) orO. Yoqubovning
„Tengdoshlar“
nomli birinchi qissasi 1951 yilda bosilib chiqqan.
Keyinchalik
yozuvchi
„Muqaddas“
,
„Tilla uzuk“
,
„Bir feleton qissasi“
,
„Larza“
,
„Qanot juft boʻladi“
,
„Matluba“
,
„Izlayman“
,
„Billur qandillar“
kabi pishiq qissalar eʼlon qildi.
O. Yoqubovning
„Er boshiga ish tushsa...“
,
„Ulugʻbek xazinasi“
,
„Diyonat“
,
„Koʻhna dunyo“
,
„Oq
qushlar, oppoq qushlar“
,
„Adolat manzili“
asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman
maydonga kelishiga zamin boʻldi. O. Yoqubov qalamiga mansub
„Chin muhabbat“
,
„Olma
gullaganda“
,
„Yurak yonmogʻi kerak“
,
„Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim“
,
„Fotihi Muzaffar
yohud bir parivash asiri“
,
„Bir koshona sirlari“
kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim
ahamiyat kasb etadi.
O. Yoqubov. Saylanma (3 tomlik).
Toshkent
. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat
nashriyoti, 1985-1987.
O. Yoqubov. Diyonat.
Toshkent
. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
Odil Yoqubov. Ulugʻbek xazinasi
Asarlari
Adabiyotlar