Qidir
Avtomobil yoʻli
Avtomobil yoʻli – avtomobil transporti qatnoviga moʻljallangan muhandislik inshooti.
Avtomobil yoʻli
ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega
boʻlgan yoʻllarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini
bogʻlovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi. Davlat ahamiyatidagi
yoʻllarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yoʻl stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan
bogʻlovchi yoʻllar, mahalliy yoʻllarga esa viloyat, qishloq, jamoa xoʻjaliklari yoʻllari kiradi.
Avtomobil yoʻli muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi:
yer poyi
koʻtarmasi; yoʻl toʻshamasi; qatnov qismi; yoʻl cheti; sun’iy va chiziqli inshootlar va boshqa
jihozlar. Avtomobil yoʻli tabiiy yoki tuproq koʻtarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos
(oʻrta qatlam) qum, shagʻal, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yoʻlining
ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish-latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shagʻal
sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shagʻal yoki may-dalangan tosh
yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shagʻalga qoramoy aralashtirilgan yengil
qoplamalar; g) asfalt-beton, sement-beton singari kapital qoplamalar. Yoʻllarning
ken-gligi
avtomobillarning ikki va undan ortiq qator boʻlib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi
3 m gacha oli-nadi. Chekka yoʻllarning eni 2 – 2,5 m boʻladi. Harakat qulayligini ta’minlash
maqsadida ba’zan yoʻlning oʻrtasi ma’lum kenglikda koʻkalamzorlashtiriladi. Avtomobil yoʻli
qurilishida sun’iy inshootlar (tonnellar, koʻpriklar, tayanch devorlar, himoya yoʻlaklari) barpo
etiladi. Avtomobil yoʻlida suv oʻtkazuvchi va drenaj qurilmalari boʻladi. Harakat xavfsizligini
ta’min-lash uchun yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini
boshqarish qurilmalari oʻrnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yoʻlida texnika xizmati koʻrsatuvchi
stansiyalar, yonilgʻi stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari boʻyicha
Avtomobil
yoʻlilari mamlakat umumiy transport tarmogʻidagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga
koʻra besh toifaga boʻlinadi. Eng yuqori (I) toifadagi avtomobil yoʻlida har ikkala yoʻnalishda
oʻrtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan koʻproq
avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-
atga, eng past toifadagi yoʻlda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va
hisobiy tezlik 60 km/so-atga moʻljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati
katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14
mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243
(1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782,
Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida Oʻzbekistonda 27 ming km yoʻl boʻlib, asosan ot-
arava, karvon va yoʻlovchilarga moʻljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shagʻal yotqizilgan
edi. 1920-yilga qadar yoʻl ishlari bilan munta-zam shugʻullanadigan davlat tashkiloti
boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda
viloyat yoʻl boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yoʻl
qurilishi va ulardan
foydalanishga oid masalalar bilan shugʻullangan. 1932-yildan yoʻl qurilishida bitum va shagʻal
aralashmasi keng qoʻllanildi. 1928 – 32 yillarda respublikada birinchi boʻlib uz. 62 km boʻlgan
qora qoplamali Buxoro – Gʻijduvon – Qiziltepa yoʻli, soʻngra Samarqand – Panjakent,
Toshkent – Pskent – Murotali, Qoʻqon – Shoʻrsuv – Andijon – Kuyganyor va boshqa yoʻllar
qurildi.1929-yilda Respublika XKS huzurida yoʻllar va avtomobil trans-porti bosh boshqarmasi,
1930-yilda "Oʻzyoʻlqurilishtrest" aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1941-yil gacha uz. 708 km
boʻlgan Katta Oʻzbekiston trakti, hashar yoʻli bilan Toʻytepa – Angren, Samarqand – Jizzax –
Navoiy, Fargʻona – Gorchakova kabi qoplamasi yaxshilangan yoʻllar qurildi. 1953-yil
Oʻzbekiston Avtomobil transporti vazirligi hamda OʻzSSR MS huzuridagi yoʻllar bosh
boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Avtomobil transporti va tosh yoʻllar vazirligi tashkil etildi.
1950 – 55 yillarda Zarafshon Avtomobil yoʻli, 1957-yil Toshkent – Qoʻqon (Qamchiq dovoni
orqali) Avtomobil yoʻli foydalanishga topshirildi (uz. 240 km). 1957-yil respublika avtomobil
yoʻllari tarmoqlari roʻyxati oʻtkazildi.60-80-yillarda Toshkent – Chinoz, Toshkent avtomobil
halqa yoʻli, Samarqand halqa yoʻlining 1-navbati, Nurota – Boymurot – Oqtov, Qoʻqon ay-
lanma yoʻllari va boshqa foydalanishga top-shirildi. Yoʻl qurilishida yangi mashina va
mexanizmlarni qoʻllash kengaydi, yoʻl qurish
industriyasining asfalt-beton, 134koʻpriklar
qurish uchun yigʻma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi korxonalari ishga
tushirildi. 80-yillarning 2-yarmidan xalq xoʻjaligida yuklarning 90% dan koʻprogʻi avtomobil
transportida tashildi.Sobiq Ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgan Avtomobil yoʻlilari xalqaro
andozalar ta-lablariga toʻliq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport
kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yoʻllarini zamonaviy asosda rivojlantirish
konsepsiyasiga binoan Koʻshni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta’minlaydigai eng
qisqa va ishonchli transport yoʻllarini bar-po etish, mavjud avtomobil yoʻllarini xalqaro
andozalarga moslash. yoʻllarni saqlash va ta’mirlash, yangi
barpo eti-layotgan sanoat
markazlarini xalqaro magistrallar bilan bogʻlaydigan yoʻllar qurilishi masalalariga e’tibor
kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
qabul qilindi. 1993-yil fevralda Oʻzbekiston avtomobil yoʻllarini qurish va undan foydalanish
davlat-aksiyadorlik konserni ("Oʻzavtoyoʻl") ish boshladi (1969 – 1993-yillarda vazirlik).
Konsern tarkibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari
boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yoʻllari boshqarmalari, 512 yoʻllarni asrash va ulardan
foydalanish boʻlimlari, "Oʻzyoʻlloyiha" yoʻl va inshootlar qurish, qayta qurish va ta’mirlash
loyiha-qidiruv instituti, koʻprik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar
bor.Oʻzbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon – Oʻsh –
Ergashtom – Kashqar avtomobil yoʻlini ishga tushirishda qatnashmoqda (2000).
Respublikaning oʻzida Fargʻona vodiysi bilan Toshkent vohasini Qamchiq dovoni (tonnel)
orqali bogʻlaydigan yirik Avtomobil yoʻli hamda Qoʻngʻirot – Beynov avtomagistrali qurilishi
jadal
olib borilmoqda, umumiy uzunligi 1250 km dan ortiq boʻlgan Andijon–Toshkent–
Nukus–Qoʻngʻirot avtomagistrali qurilishi loyihalashtirilmoqda (2000). Respublika rivojlangan
yoʻl xoʻjaligi va zamonaviy talablarga javob beradigan xalqaro, respublika, mahalliy
ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllariga ega. Mamlakatdagi avto-mobil yoʻllarining jami
uz. 146,4 ming kmdan ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarining uz. 43,4 ming
km, jumladan 3237 km xalqaro, 18767 km davlat (respublika), 21459 km mahalliy (viloyat)
ahamiyatiga ega boʻlgan yoʻldir. Shuningdek respublika idoralar (korxo-na, jamoa xoʻjaliklari,
xoʻjalik tashkilotlari)ga qarashli yoʻllar ham mavjud.Oʻzbekistonda umumiy foydalanuvdagi
jami yoʻllarning 95,6% iga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan se-ment-beton qoplamali
yoʻllar 0,8% (336 km), asfalt-beton qoplamali yoʻllar 49,6% (21819 km), qora shagʻalli va qora
qoplamali yoʻllar 40,6% (17796 km)ni tashkil etadi (1999). Respublikada 1864 km Avtomobil
yoʻli 1-toifali yoʻlga kiradi.Murodullo Abdullayev, Vohid A’za-mov.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar