Qon kasalliklari
, qon sis temasi kasalliklari
— periferik qon va qon yaratuvchi aʼzolarning
shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Q.k.ning kelib chiqish sabablari va
belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi,
funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va b. koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon
yaratilishini idora etadigan nerv-
endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa aʼzolar
(meʼda, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga
bogʻliq. Q.k.ga olib keladigan jarayonlar mexanizmi murakkab va xilmaxilligi sababli Q.k.ni
shartli ravishda patogenetik xususiyatlari va klinik belgilariga qarab leykozlar,
kamqonliklar va koagulopatiyalarga ajratiladi. asosan, qizil qon sistemasi kasalliklari, oq
qon sistemasi kasalliklari, trombotsitlar (qon plastinkalari)ning kasalliklari tafovut qilinadi.
Bularning kelib chiqishida qon sistemasida roʻy beradigan aplastik, giperplastik
oʻzgarishlar va qon yara-tilishining buzilishiga olib keladigan boshqa patologik
jarayonlarning ahamiyati katta.
Qizil qon sistemasi kasalliklari. Bunga qizil qon shaklli elementlari
— eritrotsitlar
kamayishi bilan kechadigan turli xil anemiyalar, ularning ortiqcha ishlanib chiqishi bilan
ifodalanadigan eritremiyalar, oq qon sistemasi kasalliklariga turli xil leykozlar, koʻp sonli
miyeloma
www.arxiv.uz
Trombotsitlar kasalliklari koʻmikda megakariotsit hujayralar yoki trombotsitlar faoliyatining
susayishi bilan bogʻliq ravishda paydo boʻladi. Bularga idiopatik trombotsitopenik purpura,
Glansman xastaligi kiradi. Q.k. birbiridan farq qilsa ham, lekin maʼlum bir qonuniyat bilan
avj olib borib, organizmdagi talaygina aʼzolar faoliyatining izdan chiqishiga sabab boʻladi.
Q.k. turi, xususiyatlari va avj olish darajasiga qarab davo qilinadi.
Qk.ning kelib chiqish sabablari va avj olish mexanizmlarini oʻrganish, davolash chora-
usullarini ishlab chiqish masalalari bilan gematologiya shugʻullanadi
www.arxiv.uz
Anemiya nima?
Anemiya yoki kamqonlik atamasi ostida
qon hajmining birligida qizil qon
pigmentining (gemoglobin) yoki qizil qon
tanachalarining (eritrositlar) yetishmasligi
tushuniladi. Anemiya quyidagi sabablarga
ega bo'lishi mumkin: o'tkir yoki surunkali
qon yo'qotish (yara, operasiya, oshqozon-
ichak sohasida qon yo'qotish); qon
hujayralarining tez nobud bo'lishi yoki
eritrositlar hayotining davomiyligining
qisqarishi; bir xil, balanslashtirilmagan
oziqlanish, qon uchun foydali bo'lgan
elementlarning tanqisligi (oqsil, temir,
foliy kislotasi, B12 vitamini, mis); ichakda
muhim elementlarning so'rilishining
buzilishi (surunkali oshqozon-ichak
kasalliklari tufayli
www.arxiv.uz
). Eng keng tarqalgan anemiyaning turidan biri bu - temir
moddasining tanqisligidir. Uning oziq-ovqatlardagi yetishmovchiligi
uning organizmdagi defisitga olib keladi. Qon tizimi yetarli darajada
temir moddasini qabul qilmasa, u o'z navbatida gemoglobinning
yetarli miqdorini ham ishlab chiqara olmaydi. Oqibatda esa eritrositlar
unga yetarli darajada qoniqmasdan, organizm yetarli miqdorda
kislorodga erishmaydi.
Anemiyada bolaning terisi rangsiz, oq bo'lib, bolaning tirnoqlari
ostida, lablari va ko'zning shilliq qatlamining shunday rangda bo'lishi
kuzatiladi. Agarda ushbu holatda bola o'zini toliqqan, e'tiborning
susayishi, holsizlik hamda ishtahaning pasayishi qo'shilsa albatta
vrachga murojaat eting. Anemiya faqat qon taxlilidan so'ng aniq
belgilanadi. Muhim: aksariyat bolalar rangsiz yuz va toliqqan
ko'rinishda bo'lsalar ham, kamqonlik kasalligidan aziyat chekmaydilar.
www.arxiv.uz
.
Bolalarda anemiya toliqish, rangsizlik, ishtahaning yo'qolishi, bosh
og'riqlari, teri quruqligi, tirnoq va sochlarning sinuvchanligi, og'iz
burchaklaridagi yoriqlar va turli yuqumli kasalliklarga tez chalinishlari
bilan namoyon bo'lishi mumkin. Kasallikning og'ir shakllarida qiyin nafas
olish, bosh aylanish, tez yurak urishi, shilliq qatlamlarning o'zgarishi
(silliq malina rangidagi til, ta'm, hid sezishning o'zgarishi, yutishning
murakkablashishi), shu bilan birga jigar va taloqning shishishi ham
kuzatiladi.
Agarda emizikli bola rangsiz, holsiz, ishtahasining bo'g'ilganligi,
rivojlanishning sustligi va yuqiumli kasalliklarga tez chalinishi kuzatilsa -
bu kamqonlikning belgilaridan biri bo'lishi mumkin.
Simptomlar
• Rangsiz lablar va tirnoqlar.
• Rangsiz ko'zlar.
• Toliqish.
• Nafasning bo'g'ilishi
• Ishtahaning yo'qligi
• Tez yurak urishi
Kasallik qanday kechadi?
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Anemiyani shubha qilsangiz albatta bolani vrach nazoratidan
o'tkazing. Anemiya boshqa kasallikning simptomi bo'lishi mumkin.
Qonning taxliliga muvofiq vrach chindan ham bolangizda anemiya
mavjudiligi haqida to'liq axborotni beradi. Ayrim hollarda
kasalxonada yanada chuqurroq tekshirish amalga oshirilishi mumkin.
Agarda anemiya temir moddasining yetishmovchiligi natijasida
vujudga kelgan bo'lsa, u holda vrach temir moddasi mavjud tomchi,
sok yoki tabletka ko'rinishidagi dori vositalarini yozib beradi.
Muddatdan ilgari tug'ilgan bolalarda yoki bola faqat ona suti bilan
oziqlansa, profilaktik usul bilan temir moddali tomchilarni qabuli
yordamida anemiyaning oldini olish mumkin.
Uy muhitidagi yordam
Bolaga temir moddasi mavjud mahsulotlarni bering. Bu - baliq,
potroxa, tuxum sarig'i. To'q yashil bargli sabzavotlar va yong'oq ham
temir moddasiga boydir.
S vitamining qabuli ham temir moddasining yaxshi so'rilishiga sabab
bo'ladi.
www.arxiv.uz
Davolanish
Agar bolangizda anemiya mavjud
deb hisoblansangiz uni albatta
vrach nazoratidan o'tkazing.
Faqat qon taxlili yordamida
anemiya boshqa kasallik
simptomimi yoki uning bir turimi -
buni aniq holda vrach yordamida
bilib olasiz.
Bolaga turli xil oziq-ovqatni taklif
eting.
www.arxiv.uz
U temir moddasiga boy bo'lsin: go'sht, tuxum, boshoqli
non, suli yormasi, sabzavotlar, mevalar bering. Chunki bir
xil tusdagi mahsulot va taomlar ham bola organizmida
temir moddasining tanqisligiga olib kelishi mumkin.
Ovqatdan so'ng tortiq etiladigan C vitaminiga boy turli
mevali soklar temirning yaxshi so'rilishiga olib keladi.
Anemiyani maxsus parhezga amal qilgan holda davolay
olmaysiz. Shu sababli vrach temir moddasi mavjud dori
vositalarini yozib beradi. Ularni iloji bo'lsa ertalab
nahorga bersangiz, ta'sir etish kuchini oshiradi. Yomon
hazm etish yoki temir moddasining yetarli darajada
ichaklarda so'rilmaslik holatlarida preparat in'eksiya
ko'rinishida belgilanadi.
Barcha dori vositalari singari ushbu dorilar ham bola qo'li
etmaydigan joyda saqlanishi lozim. Katta hajmdagi temir
moddasining qabuli bola organizmining zaharlanishiga
olib keladi. Ushbu dori-darmonlardan bola axlatining
rangi to'q tusga ega bo'ladi
.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
.
Temir yetish-masligiga aloqador A.ning oldini
olish va davolashda qon yo‘qotish ehtimoli
bo‘lgan manbalarni o‘z vaqtida aniqlash va
ularni bartaraf etish, homilador bo‘lish va
tug‘ishni ma’lum darajada re-jalashtirishga
erishish, bekamu ko‘st ovqatlanishga rioya qilish
lozim.Vitamin V12 yoki folat kislota
yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A.
ancha kam uchraydi. A.ning bu xilida o‘ziga xos
alomatlar: til achishishi, ka-sallik o‘tkazib
yuborilganda nerv siste-masining zararlanish
(funikulyar miye-loz) belgilari kuzatiladi. Bu xil
A.ning oldini olish uchun me’da-ichak yo‘lining
surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi b-n
o‘tadigan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlab
davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda
ulardan za-rarlanishning oldini olish choralarini
ko‘rish zarur, kasallik paydo bo‘lganda esa o‘z
vaqnida davo qilish lozim.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Document Outline - Buxoro davlat universiteti Agranomiya va biatexnalogiya fakultet bialogiya yonaliwi talabasi
- Gemoglobinga oid patofiziologiya
- Slide 3
- Slide 4
- Slide 5
- Slide 6
- Slide 7
- Slide 8
- Slide 9
- Slide 10
- Slide 11
- Slide 12
- Slide 13
- Slide 14
- Slide 15
- Slide 16
- Slide 17
- Slide 18
- Slide 19
- Slide 20
- Slide 21
- Slide 22
- Slide 23
Do'stlaringiz bilan baham: |