Qaytib tushsa, ne g‘amim! Bir tosh tushsa tushibdi, Tog‘dek boshimga manim. Usmon Azimning yuqoridagi she’ri faqat ta’sirlanish natijasidagina yozilmagan. She’r dunyoga kelmasidan avvalgi ta’sirlanish bir bahona. She’rni yaratadigan dard shoir qalbida ko‘pdan beri yetilib kelayotgan bo‘ladi. Kechinma ana shunday yetilishning mevasidir. Kechinmaning salmog‘i va uning darajasi shoir nazdida ulg‘ayib borar ekan, til va tafakkur uyg‘unligi yuzaga keladi. Va bu holat endi uslubiy mahoratga aylanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |