Bu kurashlar gohida odam va olam, gohida odam va odam o‘rtasida Shuningdek, insonning o‘z - o‘zi bilan kurashuvi tarzida namoyon bo‘ladi. Shoir tuyg‘ulari butun bir yer yuzida yashayotgan yashaganda ham dunyoni aldab yashayotgan odamlarga hayqiriq bo‘lib yangraydi. “Dunyoni aldamang !” deya nido qilayotgan lirik qahramon bunda iztiroblar, so‘ngsiz qiynoqdan o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi, aynan mana shu holat natijasida u o‘zini - o‘zi tahlil qilishga kirishadi. “Hech narsa qilganim yo‘q edi” u holda nechun bunday ruhiy qiynoqdaman degan og‘ir bir savol uni iskanjaga oladi, ayni shu vaziyat ruhiy konfliktdir. Nima uchun dunyo uni yomon ko‘rib qoldi? Axir u “Dunyoni aldamang” degan edi xolos. Axir u dunyoga hech bir yomonlik tilamagan edi - ku. Aslida uni yomon ko‘rib qolgan u yashayotgan dunyomidi yoki undagi odamlar? Ehtimol, she’rdagi lirik qahramon o‘zi yashab turgan muhitga, borliqqa sig‘may qolayotgan bir shaxs fojeasini o‘zida ifoda etgandir. - Bu kurashlar gohida odam va olam, gohida odam va odam o‘rtasida Shuningdek, insonning o‘z - o‘zi bilan kurashuvi tarzida namoyon bo‘ladi. Shoir tuyg‘ulari butun bir yer yuzida yashayotgan yashaganda ham dunyoni aldab yashayotgan odamlarga hayqiriq bo‘lib yangraydi. “Dunyoni aldamang !” deya nido qilayotgan lirik qahramon bunda iztiroblar, so‘ngsiz qiynoqdan o‘zini qo‘yarga joy topolmaydi, aynan mana shu holat natijasida u o‘zini - o‘zi tahlil qilishga kirishadi. “Hech narsa qilganim yo‘q edi” u holda nechun bunday ruhiy qiynoqdaman degan og‘ir bir savol uni iskanjaga oladi, ayni shu vaziyat ruhiy konfliktdir. Nima uchun dunyo uni yomon ko‘rib qoldi? Axir u “Dunyoni aldamang” degan edi xolos. Axir u dunyoga hech bir yomonlik tilamagan edi - ku. Aslida uni yomon ko‘rib qolgan u yashayotgan dunyomidi yoki undagi odamlar? Ehtimol, she’rdagi lirik qahramon o‘zi yashab turgan muhitga, borliqqa sig‘may qolayotgan bir shaxs fojeasini o‘zida ifoda etgandir.
- Savol tug‘iladi: nima uchun boshqalarday dunyoni aldab yashayvermadi u ham ? Sababi aynan bu lirik qahramon yaxshi fazilatli, vijdonli kishilarning, ko‘ngli pok odamlarning umumlashma obrazi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu insoniy tuyg‘ular, sifatlar individuallik xususiyatiga ega emas, balki aksinchadir. Zero, she’riyat, umuman ijod yakka shaxsning dard – u kechinmalarini emas umuminsoniy tuyg‘ularni kuylaydi va qadrlaydi. Shoir U. Azim ijodida bu xususiyat yaqqol ko‘zga tashlanadi Shuning uchun ham uning ijodi ko‘pchilikka tatiydi. Hatto ma’lum bir shaxsning ko‘ngil kechinmalarini tasvirlaganda ham u qalamga olayotgan tuyg‘ular tasviri hammamiz uchun tanish,qadrdon hisoblanadi. Xususan ,uning “Siz yoqqansiz menga” nomli she’ri bu fikrimizning isbotidir.
Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O‘ylovdimki yurak topishar,
Bizdan ketgach sabr - u ixtiyor.
. O, men sizni qanchalar kutdim –
Mana – oqsoch, mana – bu ajin.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg‘izlik – farishta g‘ajir.
Ortingizdan ketishim mumkin
Yo‘l tugasa yo‘lsiz tentirab
Ammo ayting yig‘laysiz nechun
Manglayingiz devorga tirab ?
Yo‘q, hech sizga etmasin ozor,
Tushunaman – yillar, andisha…
Faqat sizga aytmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Do'stlaringiz bilan baham: |