Qayta topshirish



Download 440,59 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi440,59 Kb.
#36474
Bog'liq
Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY

UNIVERSITETI


_____________________________________________ FAKULTETI

____________________________________________ YO’NALISHI

_________________________________________________FANIDA


QAYTA TOPSHIRISH



Mavzu: Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati

Bajardi: Salaxitdinova O.

Qabul qildi: _________________

Toshkent – 2020

Mavzu: Jahon tajribasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati

Keyingi vaqtlarda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha sezilarli chora-tadbirlar ko‘rildi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun zarur institutsional baza yaratildi.

Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.

Shu bilan birga ushbu sohadagi ishlarning holati amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligidan dalolat bermoqda. Xususan:

birinchidan, davlatning fuqarolik jamiyati bilan samarali va konstruktiv muloqot mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmagan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ehtiyojlari tizimli tahlil qilinmayapti, davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning muhim masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish uchun samarali maydonlar yaratilmagan;

ikkinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini jalb qilish darajasining pastligi barcha ijtimoiy guruhlarning turli nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ifodalanadigan manfaatlarini chuqur o‘rganish hamda inobatga olishga imkon bermayapti;

uchinchidan, yetarli qonunchilik bazasi yaratilganligiga qaramay, ijtimoiy sheriklik davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida fuqarolarning keng ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ularning, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali mexanizmiga aylana olmadi;

to‘rtinchidan, mamlakatni sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jihatdan yanada rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni taklif qiluvchi faol, o‘zining tashabbuslariga tayanib faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralari lozim darajada amalga oshirilmayapti;

beshinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar va g‘ovlar nazarda tutilgan bo‘lib, bu normalar eskirgan va zamon talablariga javob bermaydi;

oltinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qo‘llanilayotgan idoralararo hamkorlik usullari samarasizdir, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar va axborot almashishning yagona mexanizmlari mavjud emas;

yettinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy-texnika ta’minoti hanuzgacha qoniqarsiz holatda qolmoqda, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar o‘rta muddatli va uzoq muddatli keng ko‘lamli hamda umumrespublika miqyosidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirishga imkon bermayapti.

Mamlakatning har tomonlama va jadal rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini tubdan oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlatning va fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni yanada jadal va har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini birlashtiruvchi zamonaviy, demokratik hamda ochiq-oshkora maydon sifatida ularning yuqori darajadagi tizimli va samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish;

o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini aniqlash va milliy modelini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolik jamiyatini va keng jamoatchilikni tashvishlantirayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, mazkur sektorning holati va rivojlanish tendensiyasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini muntazam ravishda xabardor qilish;

davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligining zamonaviy mexanizmlarini, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini joriy qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ilmiy va ekspertlar guruhlari ishtirokida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etish yuzasidan tashabbus ko‘rsatish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning amaliy natijalari haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli ravishda o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilishni tashkil etish;

fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy

va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mazkur institutlarning jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritish;

fuqarolik jamiyatining rivojlanishini, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligi darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini baholovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, bu ko‘rsatkichlar asosida davriy va maxsus, shu jumladan muqobil ma’ruzalar tayyorlanishini tashkil etish;

fuqarolik jamiyati institutlariga ularning xalqaro hamkorligini rivojlantirishda, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganishda va ushbu tajribani O‘zbekiston sharoitida joriy etishda ko‘maklashish.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Maslahat kengashi faoliyati bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muvofiqlashtiriladi;

Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan amalga oshiriladi.

4. Belgilansinki, 2018 yil 1 iyundan boshlab:

ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan nodavlat notijorat tashkilotlarining tadbirlarini kelishish tartibi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish tartibi bilan almashtiriladi;

nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablag‘laridan va mol-mulkdan, ularni olish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan belgilangan tartibda kelishilgandan so‘ng, biron-bir to‘siqlarsiz foydalaniladi;

O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun ajratilgan grant mablag‘lari mazkur tashkilotlarning mamlakatdagi istalgan bank muassasalarida ochilgan maxsus hisobvaraqlariga kelib tushadi;

mehnatga haq to‘lash fondini tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan kelib tushgan mablag‘lar hisobidan shakllantiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

jamoat fondi ma’muriy xarajatlarining, shuningdek, vasiylik kengashi va taftish komissiyasi a’zolariga beriladigan mukofot puli to‘lovlarining va ular o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq xarajatlar kompensatsiyasining yillik umumiy summasi fondning barcha xarajatlari summasining 30 foizidan oshmasligi kerak;

nodavlat notijorat tashkilotlarining pensioner xodimlariga pensiya ularning mazkur tashkilotlardagi faoliyati yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda, to‘liq to‘lanadi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

a) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda quyidagilarga doir hujjatlarni elektron tarzda taqdim etish imkoniyatini ta’minlovchi elektron tizimni ishlab chiqsin va joriy etsin:

nodavlat notijorat tashkilotlarini va ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilishga;

nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotlariga;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet davlatlardan, xalqaro va xorijiy tashkilotlardan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘lari va mol-mulk olishni kelishishga;

b) ikki oy muddatda:

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va o‘rganish turlari, muddatlari, davriyligi va boshqa tartib-taomillarini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, soliq va statistika organlariga taqdim etiladigan hisobot shakllarini hamda uni taqdim etish tartibini soddalashtirish bo‘yicha choralar ko‘rsin.

6. Belgilab qo‘yilsinki, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan kelishiladi.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarini tashkil qilsin hamda ular o‘z faoliyatini amalga oshirishni davom ettirishi uchun 2019 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, mahalliy byudjetlardan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.

8. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlarining muassislaridir.

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining hududiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, bo‘shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari negizida “Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari”ni tashkil etsin;

mazkur binolarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini ijara to‘lovining “nol” stavkasini qo‘llagan holda joylashtirish choralarini ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy undiruvlarni qayta ko‘rib chiqish va sezilarli darajada qisqartirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) Kengashlariga:

nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalarni tashkil etish;

nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga doir masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining eshituvlarini tashkil etishni amaliyotga kiritish tavsiya etilsin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shug‘ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha adliya organlarining boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida qaror qabul qilsin;

gumanitar yordam olish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish tartib-taomilini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish choralarini ko‘rgan holda, shuningdek, ushbu sohada yagona vakolatli organni belgilagan holda, Gumanitar yordam yuklarini qabul qilish, hisobga olish, aniq yo‘naltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish hamda gumanitar loyihalar ustidan monitoring o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni qayta qo‘rib chiqsin va uning yangi tahririni tasdiqlasin;

O‘zbekiston Respublikasida volonterlar (ko‘ngillilar) harakatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.

13. Manfaatdor vazirlik va idoralar amaldagi shtatlar soni doirasida rahbar o‘rinbosarlaridan birini nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilasin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining mamlakatda nodavlat notijorat sektorini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan jamoat tuzilmalari vakillariga hamda tashabbuskor fuqarolarga fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishga katta ta’sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun topshiriladigan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida huqumat qarorini qabul qilsin.

16. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga Tanlov o‘tkazish va muvaffaqiyatli ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirganlik uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga har yili mukofot berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tavsiya etilsin.

17. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi nodavlat notijorat tashkilotlarining amaliy faoliyati aholi orasida muntazam ravishda va keng yoritilishini ta’minlasin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirlik va idoralar bir oy muddatda o‘zi qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.

19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari R.R.Inoyatov va R.T.Kamilov zimmasiga yuklansin.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib, fuqarolar o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi, ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun keng sharoit yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda manfaatlar muvozanatini taminlashga ko‘maklashmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” ma’ruzasida ta’kidlaganidek, fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining 2011 yil 14 yanvardagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini fuqarolik jamiyatlari institutlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb masalalarini hal etishda davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqasi, faoliyati tamoyillari, shaklllari va yo‘nalishlarini, ushbu faoliyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi belgilangan.

Ushbu sohada xorij tajribasiga e’tibor qaratsak, ijtimoiy sheriklikning ikki modelini ajratib ko‘rsatish mumkin – tripartizm va bipartizm. Mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli katta bo‘lmagan mamlakatlarda (AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya) ish beruvchilar birlashmalari va xodimlar tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik amal qiladi. Bunday modelda ijtimoiy nizolar kelib chiqqanda davlat hakam yoki vositachi rolida qatnashishi mumkin. Nisbatan rivojlangan tripartizm – uch tomonlama hamkorlik Fransiya, GFR, Shvetsiya va Avstriyada mavjud bo‘lib, unda davlat faol ijtimoiy sherik rolini bajaradi.

Mamlakatimizda ijtimoiy sheriklik huquqiy asoslari, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Jamoat birlashmalari” nomli XIII bobida mustahkamlangan. 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida belgilanishicha, fondlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari ijtimoiy sheriklik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish asosida quriladi. Davlat organlari fondlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar, fondlarning ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Shu bilan birga, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari fondlar faoliyatiga aralashishiga, shuningdek, fondlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 28-moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy jamoat tashkilotlari sifatida tuzilishi va ish olib borishi, ularning maqsadi iqtisodiyotni va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirish va samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar va ular mulkdorlarining manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish, xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlarini himoya qilishdan iboratligi mustahkamlangan.

Ta’kidlash joizki, ushbu qonun hujjatlarida faqat umumiy normalar o‘rnatilgan bo‘lib, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartibi yetarli darajada tartibga solinmagan. Bu esa tegishli huquqiy asoslar qabul qilinishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish jarayonida buni to‘la aks ettirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Xususan, ushbu qonunda ishlatiladigan asosiy tushunchalar ta’rifini, amalga oshirish mexanizmini, predmetini, ijtimoiy sheriklikning shartnomaviy-huquqiy shaklini, shuningdek, subyektlarini o‘z ichiga oladigan umumiy qoidalar belgilanishi juda muhim.

Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlikning turli xil shakllarini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tarixiy va madaniy yodgorliklardan birgalikda foydalanish, ularni himoya qilish va tiklash, xalqimizning ma’naviy an’analarini va urf-odatlarini, shuningdek, milliy madaniy o‘ziga xosligini saqlash va uni rivojlantirish, xayriya faoliyatini taraqqiy ettirish qonundan ko‘zlangan maqsadlarga kiradi. Ayni paytda iqtisodiy o‘zgarishlarning ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatini, ijtimoiy-mehnat va ular bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning samarali mexanizmini, jamiyat barcha qatlamlarining manfaatlarini obyektiv hisobga olish, jamoaviy muzokaralar, taraflarning ikki tomonlama konsultatsiyalarini o‘tkazish, kelishuvlar, jamoa shartnomalarini ishlab chiqish va qabul qilish, jamoaviy mehnat nizolarining oldini olish va nizolarni hal etishga ko‘maklashish kabi vazifalarning huquqiy asoslarini yaratish bugungi kunning talabidir.

Muzokara ishtirokchilarining manfaatlarini hurmat qilish va ularni hisobga olish, shartnomaviy munosabatlarda taraflarning manfaatdorligi, ijtimoiy sheriklikni demokratik asosda mustahkamlash va rivojlantirishda davlatning ko‘maklashishi, ijtimoiy sheriklar va ularning vakillari tomonidan xalqaro normalarga, qonunchilikka amal qilinishi, ijtimoiy sheriklar va ular vakillarining vakolatlari, taraflarning tengligi va munosabatlardagi ishonch, bir-birining ishiga aralashmaslik, ijtimoiy sheriklik sohasiga kiruvchi masalalarni tanlash va muhokama qilish erkinligi, ijtimoiy sheriklar tomonidan majburiyatlarni o‘zaro kelishuv asosida qabul qilishning ixtiyoriyligi, jamoaviy mehnat nizolarini hal qilishda qonunda nazarda tutilgan kelishtiruvchi tadbirlarga amal qilish kabi prinsiplar ham qonunda aks etishi zarur.



Bir so‘z bilan aytganda, Konsepsiyada ilgari surilgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal etishda, aholi turli qatlamlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat organlarining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning muhim huquqiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Download 440,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish