. Termal suvdan muttasil foydalanish sxemasi,
1
- quduq;
2
- bak-akkumulyator;
3
- issiq suv ta’minot nasosi.
Debiti 1500 m
3
/sutka bo‘lgan quduq suv temperaturasi 60-65
0
C holatida
issiqlik suvi bilan yashash mikrorayonini yoki shahar tipidagi poselokning 1400
kishisini ta’minlashi mumkin.
156
Geotermal suvlar temperaturasi 50
0
C dan past hollarda ham issiqlik suv
ta’minoti tizimida qo‘llanilish mumkin, lekin ularni iste’molchiga berishdan oldin
qozonlarda issiqlik nasoslari yordamida (qizdirish) isitish lozim bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida yerning chuqurlikdan issiqligidan foydalanishning ulkan
istiqbollari ochilmoqda, bularga issiqxonalarni va parniklarni (meva, sabzavot,
gullarni) isitish imkoniyatlari kiradi. Bu maqsadlar uchun termal suv temperaturasi 25
.... 100
0
C ga teng bo‘lishi yetarlidir.
Bu maqsadda ushbu misolni keltirish mumkin. 1 ga issiqxonani yil davomida
istish uchun o‘rtacha 1600-1700 t shartli yoqilg‘i zarur, shu bilan birga bitta quduq
2000-2500 m
3
/sutka debitda va 65-70
0
S termal suv yordamida 2 ga issiqxonani
isitishga yetarlidir va unda 300-350 t toza meva-sabzovotni yiliga yetishtirish
mumkin.
Tabiiy issiqlikdan foydalanish iqtisodiy imkoniyatlari himoyalangan grunt
uchun yaqqol seziladi.
Geotermal suvlarni ishlatishning o‘ziga xos qiyinchiliklari ham mavjud. Bunga
sabab ularning ko‘pmi-ozmi darajada minerallashgani va gazga to‘yinganligidir. Bu
omillar metall jismlar emirilishiga (korroziyasi) intensivlashuviga olib keladi. Eng
agressiv termal suv tarkibida aralashmasi va karbonat angidrit gazi, kislorod
aralashmasi kuzatiladi.
Korroziyani pasaytirish va qirindi hosil bo‘lishiga qarshi agressiv gazlar va
tuzlarni (SaSO
3
, SaSO
4
va b.) yo‘qotishga harakat qilinadi yoki korroziyaga qarshi
ingibitorlar va qirindiga qarshi reagentlar (natriy silikati, natriy fosfat geksometan va
b.) aralashtiriladi.
Ishlatilgan geotermal suvlar atrof-muhitga chiqarib tashlasa sun’iy suv havzasi
hosil qiladi. Suvda erigan moddalarning chegaraviy ruxsat berilgan normativ
talablarni qanoatlantirish uchun qo‘shimcha ravishda ularning tozalash zaruriyati
tug‘ilishi mumkin. Bunday hollarda ularga qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llaniladi
(suv qo‘shish, qayta tozalash va h.k.) toza ekologik nuqtai-nazardan samarali
ishlatilgan geotermal suvlarni ekspluatatsiya qilinayotgan quduqdan 1-2 km
157
masofada yana qayta yer qatlamining suv gorizontigacha yuborish zarur. Bunda yer
osti suv qatlami bosimi va debiti doimiyligi ta’minlanadi.
O‘zbekistondagi geotermal suvlardan foydalanish ishlari dam olish binolarni,
issiqxonalarni va parniklar isitishida boshlab yuborildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha ko‘pgina mamlaktlarda va regionlarda energo
ta’minot muammosini yer geotermal suvlarning hisobiga qondirib kelmoqda.
Masalan, Ispaniyada gidravlik va geotermal energiyalari hisobiga to‘lig‘icha
elektr va issiqlik energiyalariga bo‘lgan talabni bajarib kelmoqdalar.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |