Quyosh panelidan AB zaryadlashda bosqichlar
1). Maksimal tok bilan zaryadlash. Bu bosqichda AB quyosh panelidan
kelayotgan hamma tokdan foydalanadi.
2). KIMZT dan foydalanish. AB da kuchlanish aniq sathga chiqqanida
kontroller doimiy kuchlanish bilan KIMZT hisobiga ta’minlay boshlaydi. Bu AB da
gaz ajralib chiqishi va o‘ta qizishni oldini oladi. AB zaryadlanish sathiga qarab tok
kamayib boradi.
3). Tenglashish. Ko‘pgina suyuq elektrolitga ega AB gaz hosil bo‘lishigacha
davriy zaryadlanish davomida ish jarayoni yaxshilanadi, elektrolit aralashib
plastinalar tozalanadi, AB har xil bankalarida kuchlanish tenglashadi.
4). Tayanch zaryad. AB to‘liq zaryad holatida bo‘lsa ham, zaryad kuchlanishi
batareyada gaz ajralib chiqqanda yoki uning qizishi vaqtida kamayadi, bu vaqtda AB
zaryad holatida ushlab turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |