2.3. Talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasini tanlash
Talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasi ular tomonidan mustaqil ravishda guruh murabbiyi yordamida namunaviy o‘quv rejasi va tanlov fanlari katalogi asosida umumiy o‘qish davri uchun tuziladi. Shaxsiy ta’lim traektoriyasiga har o‘quv yilidan oldin o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilish kabi bir qator masalalar keltirib o‘tilgan.2 Kredit ta’lim tizimi joriy o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilarning hamda talabalarning shaxsiy ta’lim traektoriyasidagi o‘quv faoliyatlarini rejalashtirishni nazarda tutadi. Har qanday o‘quv jarayoni asosida talabaning shaxsiy o‘quv rejasi yotadi, u o‘quv jarayonlari boshlanishidan oldin talaba tomonidan yedvayzerning maslahati bilan tuziladi. Uni tuzish uchun namunaviy o‘quv rejasi asos bo‘ladi, uning tarkibiga malaka talablarida ko‘rsatilgan majburiy fanlar va tanlov fanlari kiradi. Shaxsiy o‘quv rejalarida mehnat bozorining ehtiyojlari, ish beruvchilarning talablari va talabalarning qiziqishlari aks ettirilishi lozim. Shu bilan birga ular bakalavrlarning mehnat bozorida erkin mo‘ljal olishlari va kelgusida ta’limni davom ettirishlari uchun umumiy savodxonlikning, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliyboshqaruv, umumilmiy, kasbiy va ixtisoslik malakalarining shakllanishiga yordam beradi. Shunga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining aniq yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda talabalarga davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan kasbiy malakalarni to‘liq yegallashga imkon beradigan fanlar ro‘yxati tavsiya qilinadi. Masalan, texnik yo‘nalishdagi bakalavrlarni kasbga tayyorlashda ularning tabiiy-ilmiy fanlar, axborot texnologiyalari, muhandislik grafikasi fanlarida o‘qitiladigan umumtexnik bilimlarini olishi nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra, umumta’lim fanlari blokining tanlov qismiga kasbiy faoliyat uchun asos bo‘ladigan fanlarni kiritish maqsadga muvofiq. Talaba shaxsiy ta’lim traektoriyasini shakllantirishida va tanlov fanlariga yozilishida, ushbu fanga asos bo‘ladigan fanlarni o‘qiganligi (prerekvizitlar) hisobga olinadi, aks holda talaba bu fanni tanlash huquqiga ega bo‘lmaydi. Talaba o‘zi tanlayotgan fan kelgusida qaysi fanlar (postrekvizitlar) uchun asos bo‘lishini bilishi ham juda muhim. Ayniqsa kredit-modul tizimi muayyan tamoyillar asosiga qurilgan. Ular quyidagilar:
Talabaga yo‘naltirgan ta’limni tashkil etish;
Ta’limda shaffoflikka erishish;
Ta’limda moslashuvchanlikni kuchaytirishi;
Talabalar mobilligini kuchaytirish.
Tizimilarini odatda ikki toifaga bo‘lish mumkin: o‘qituvchiga yo‘naltirilgan va talabaga yo‘naltirilgan ta’lim. Ularni oddiy qilib quyidagicha tasvirlash mumkin:O‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimida ta’limga, o‘quv dasturlariga, dars jarayonlariga qat’iy ravishda OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot va o‘qituvchi hohishi nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunda talabalar nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi masalalarini belgilashda mehnat bozori vakillari va talabalarning extiyojlar, fikrlari ko‘p ham e’tiborga olinmaydi. Ta’lim jarayonini boshqarish va tashkil etish ancha markazlashgan tarzda amalga oshiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaraladi. Talabalar asosan nofaol tinglovchi sifatida shakllanadi chunki ta’lim jarayonlari ularni faollikka undamaydi (darslar asosan ma’ruza shaklida tashkil etiladi).
Bunday ta’lim tizimida talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z fikrlarini ifoda etish, munozaraga kirishish, muammolarga tanqidiy yondashish, o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish salohiyatlari shakllanmaydi. Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim bu o‘qituvchiga yo‘naltirilgan ta’limning teskarisi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu tizimda ta’limga OTM, uni nazorat qiluvchi tashkilot yoki o‘qituvchilar nuqtai nazaridan yemas balki talabalar nuqtai nazaridan yondashishni talab etadi. OTMlar, ularni nazorat qiluvchi tashkilotlar va o‘qituvchilar ta’lim jarayonlarini tashkil yetuvchisi bo‘lsalarda, ular asosan muvofiqlashtiruvchi vazifasini o‘taydilar, ya’ni o‘quv dasturlari, hususan talaba nimani, qancha, qanday usulda o‘rganishi kerakligi talabalarning qiziqishlari, yehtiyojlari, mutahasislik va mehnat bozori talablarini chuqur tahlil qilgan holda, ya’ni “pastdan tepaga” qarab shakllantiriladi. Bunda yana o‘qituvchiga bilimning yagona manbai sifatida qaralmaydi. Talabalar ta’lim jarayonlariga faol jalb etiladi. Ta’lim tizimi talabalarda mustaqil fikrlash, o‘z bilimini boshqalar bilan ulashish, o‘zi uchun o‘zi qaror qabul qila olish salohiyatlarini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |