Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi



Download 0,6 Mb.
bet17/20
Sana23.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#840956
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
G.Djabbarov-21.02.2022 (2)

Quydagi taklif va tavsiyalarni keltiramiz:
1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorining 8-bobi (Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish mexanizmlari), 41-bandi (Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.)ga asosan Lekin talaba belgilangan soatlardan ortiq dars mashg‘ulotlarida qatnashmasa, ichki tartib qoidalarni qo‘pol tarzda buzsa, to‘lov-kontrakt summasini belgilangan muddatlarda to‘lamagan taqdirda oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chetlashtirilishi kerakligi to’g’risida hech qanday bandlar keltirilmagan. Shu sababli yuqoridagi holatlarni qarorda aks ettirish maqsadga muvofiq.
2. Oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida kredit – modul tizimini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi – professorlar tarkibini moddiy rag‘batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko‘rib chiqishni talab etadi va shundan kelib chiqib, KPI baholash tizimi orqali oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarini mehnat haqini belgilash lozim. Ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari maqsadlari va professor-o’qituvchilar xohishlari o‘rtasida mutanosiblikka (tenglikka) erishish, oliy ta’lim muassasalari maqsadlariga erishishda professor-o’qituvchilar faoliyatiga ta’sir qilish hamda oliy ta’lim muassasalari va professor-o’qituvchilar qiziqishlarining yagona jarayon muhitini yaratish mumkin bo’ladi.
3. Sirtqi ta'lim shaklida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorini qo‘llash bo‘yicha alohida bandlar kiritilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Sirtqi ta'lim shaklida Hemis dasturida fakultet dekani yoki dekan o‘rinbosari tomonidan uzluksiz mustaqil ta'limni nazorat qilishning imkoni yo‘q ekanligi bu juda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Misol uchun, sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talaba o‘z vaqtida mustaqil ta'limni topshirmasa, uni ogohlantirish va fandan akademqarzdor bo‘lishini eslatish uchun ushbu jarayonni HEMIS dasturida imkoniyat yaratish lozim.
4. Mavjud ta’lim tizimida ta’lim olayotgan ko‘p talabalar kredit – modul tizimi nimaligini tushunib yetmasligi barobarida tizimni xushlamayotganlar ham yo‘q emas. Aslida kredit-modul tizimiga o‘tish natijasida talabalardan so‘ralayotgan yagona narsa bu – chuqur bilim egallash hisoblanadi. Demak, boshqachasiga ta’lim olish, o‘quv jarayonini davom ettirish mumkin emas. Chunki, kredit-modul tizimida talabaning shaxsiy o‘quv traektoriyasini va tanlovini tashkil qilish imkoniyati ta’minlanadi. OTM o‘z o‘quv dasturini, uning o‘qish natijalarini ishlab chiqishda biz
talabalarga nimalarni o‘rgatishni xoxlaymiz degan nuqtai nazar bilan emas
balki talabalar bizdan nimalarni o‘rganishni xoxlaydi va ular o‘z
mutahasisliklariga munosib kadr bo‘lib etishishlari uchun nimalarni bilishi va qila
olishi kerak degan nuqtai nazar bilan yondashish tavsiya etiladi.
5. Kredit - modul tizimida faoliyat yuritayotgan har bir OTM o‘zining har bir
o‘quv dasturining (bakalavriat, magistratura) o‘qish natijalarini belgilab olishi,
dastur katalogini ishlab chiqish va ularni har o‘quv yili boshida o‘z veb sahifasiga
shaffof tarzda joylashtirish tavsiya etiladi.
6. Har bir OTM kredit-modul tizimining eng asosiy jihatlarini qamrab oluvchi
ichki qoidalarini ishlab chiqishi va ularni o‘z veb sahifalariga
joylashtirishi tavsiya etiladi. Kredit-modul tizimi qoidalari quyidagi asosiy
masalalarni qamrab olishi maqsadga muvofiq:
(a) har bir kredit uchun biriktirilgan o‘qish yuklamasi soatlari miqdori;
(b) undagi auditoriya va mustaqil soatlar nisbati;
(c) har bir modulga taqsimlanishi mumkin bo‘lgan minimal kreditlar miqdori;
(d) talaba kursdan-kursga o‘tish uchun zarur bo‘lgan minimal kreditlar miqdori;
(e) talaba qaysi hollarda fanni qayta olishi kerakligi to‘g‘risidagi qoidalar;
(j) talaba o‘qishni tugatishi zarur bo‘lgan maksimal vaqt; (z) har bir o‘quv dasturi bo‘yicha har bir kursda olinishi zarur bo‘lgan majburiy fanlar ro‘yxati.
7. Har bir fan bo‘yicha fan dasturi "syllabus" tayyorlash va uning eng zaruriy qisimlari haqida belgilab qo‘yish. Fan dasturlarini talabaga kechi bilan o‘qish boshlangandan so‘ng 1 hafta ichida taqdim etilishini OTM ichki qoidalarida belgilab qo’yish tavsiya etiladi. Har bir OTM o‘z o‘quv dasturidagi fan va modullarni tegishli ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan tarzda kodlash qoidalarini ishlab chiqish va shular asosida fanlarni tegishli tartibda kodlashtirish tavsiya etiladi.
8. Har bir OTM kredit-modul tizimini (talabalar registratsiyasi, baholarni qayd etish va yuborish, tegishli ma’lumotlarni saqlash) boshqaruvchi onlayn platformasiga ega bo‘lishi. O‘quv dasturida, ayniqsa yuqori kurslarda, tanlov fanlari doirasini kengaytirish. Talov fanlari kasbiy sohasiga oid, maxsus bilim va ko‘nikmani shakllantirishga yo‘naltiruvchi fanlar bo‘lishi zarur. Talabalarga o‘z o‘quv dasturlarini shakllantirishda maslahatlar beruvchi akademik maslahatchi lavozimini tashkil etish.
9. Yangi qabul qilingan talabalar va o‘qituvchilar uchun kredit-modul tizimi ishlash mexanizmi va talablari bo‘yicha treninglar o‘tkazish. O‘qituvchilar o‘zlari o‘qitayotgan har bir fanning o‘qish natijalarini oldindan belgilab olishlari va ularni semestr boshida talabalarga tushuntirishlari tavsiya etiladi


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish