Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi


Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit



Download 0,6 Mb.
bet16/20
Sana23.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#840956
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
G.Djabbarov-21.02.2022 (2)

Talabaga yo‘naltirilgan ta’lim ECTS kredit. Ta’lim olish vaqti tushunchasi talabaning darsda o‘tirgan vaqti bilan yemas balki uning fan bo‘yicha o‘qish va o‘rganishga sarflagan umumiy vaqtidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda talabaning ta’limi o‘qituvchining “o‘rgatish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib yemas balki talabaning “o‘rganish” uchun sarflagan soatlaridan kelib chiqib o‘lchanadi. Ya’ni 1 kredit o‘zida 25-30 soat o‘qish yuklamasini aks ettirsa, u o‘z ichiga talabaning fanni o‘zlashtirish bo‘yicha u auditoriya va auditoriyadan tashqarida sarflagan umumiy vaqtini qamrab oladi. Ta’limga bunday yondashuv ma’lumot manbalari tobora kengayib borayotgan internet zamoniga ham hosdir.
O‘quv dasturlari va o‘quv rejalari ta’limdan kutilayotgan aniq o‘qish natijalari asosida shakllantiriladi. Ya’ni OTM o‘quv dasturlarini va o‘quv rejalarini yaratish jarayonida o‘z oldiga talaba mazkur o‘quv dasturi so‘ngida nimalarni bilishi, tushunishi va qila olishi kerak degan savollarni qo‘yadi va o‘quv dasturlarni shu savollarning javoblari asosda shakllantiradi. O‘qish jarayonlari ancha maqsadli tashkil etiladi. Bunda OTM faoliyatiga u talabalarga nimalar “o‘rgatilganligi” ga qarab emas, balki talabalar undan nimalarni “o‘rganganligi”ga qarab baholanadi. Bunda yana OTMlarning vazifasi talabalarga nafaqat bilim berish, balki ularda ko‘nikma va mahoratlar shakllantirish ham ekanligi belgilgan.
Talabalar fanlarni ma’lum darajada o‘zlari tanlash huquqiga ega bo‘lish orqali o‘zlarining o‘quv dasturiga ega bo‘lishadi. Ta’limdagi bu hususiyat orqali talabalar o‘zlari qiziqqan fan va yo‘nalishlarni chuqurroq o‘rganish, talabalik davridan samarali foydalanish, o‘z salohiyatlari to‘liq ro‘yobga chiqarishga va o‘zlari uchun o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.3
Mutaxassislikning TFK talaba tomonidan o‘zining o‘quv traektoriyasini moslashuvchan tarzda shakllantirish uchun tanlanadigan fanlar ro‘yxatidan iborat. TFK oliy o‘quv yurtining barcha yo‘nalish va mutaxassisliklari bo‘yicha tuziladi va kelgusida kasbiy faoliyat turlari hamda va mutaxassisning har tomonlama yetuk kadr bo‘lib shakllanishi uchun zarur bo‘lgan fanlarni o‘zida qamrab oladi. TFK da ta’lim dasturidagi barcha tanlov fanlarining qisqa mazmuni keltiriladi.4
TFK talabaning shaxsiy qobiliyatlari, o‘sish istiqbollari, ishlab chiqarishning talabalari asosida edvayzer va dekanat rahbarligida shaxsiy o‘quv reja tuzishda qo‘llaniladi. Talabaning shaxsiy o‘quv rejaga prerekvizitlar va postrekvizitlar yordamida tuzatishlar orqali fanlarni o‘rganish traektoriyasi moslashuvchan qilinadi.
shaxsiy o‘quv reja har bir talabaning o‘quv traektoriyasini belgilab beradi. Shaxsiy o‘quv reja butun o‘quv davri uchun belgilangan tartibda RO da talabalarning oldindan fanlarga yozilishi tartibida shakllantiriladi (Enrollment) va har o‘quv yilida edvayzerning yordami bilan shaxsan talaba tomonidan tuzatishlar kiritiladi.
Talabaning shaxsiy o‘quv reja har bir talabaning alohida ta’lim traektoriyasini belgilab beradi va shaxsan talaba tomonidan har o‘quv yili uchun belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi. Bu rejalar RO ga topshiriladi, fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. shaxsiy o‘quv reja ning bitta nusxasi RO da saqlanadi va o‘quv rejaning bajarilishini nazorat qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchisi – talabaga taqdim etiladi.
O‘quv jarayoni mobaynida talabaning O‘UM yetakchi tyutorlar tomonidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mobaynida faol tarqatma materiallar (FTM Handouts) bilan to‘ldirib boriladi.
Fanlarga oldindan yozilish (Enrollment) nazorat tadbirlari taqvimi bo‘yicha har yili belgilangan tartibda Registrator ofisida 10-30 aprel kunlari edvayzerning yordami bilan shaxsan talaba tomonidan amalga oshiriladi. Yozilish namunaviy o‘quv rejasi (NO‘R) va tanlov fanlari katalogi (TFK) asosida bajariladi. Bu har bir talabaning o‘quv traektoriyasini alohida belgilab beruvchi shaxsiy o‘quv rejasi (shaxsiy o‘quv reja) shakllantiriladi.5
Shaxsiy o‘quv rejasi fanlarga oldindan yozilish bo‘yicha shakllantiriladi. Talabaning shaxsiy o‘quv rejasi dekan tomonidan uch nusxada tasdiqlanadi: birinchisi - o‘qituvchilarning o‘quv ishlari hisobini yuritish uchun dekanatda saqlanadi va talabaning o‘quv rejasini bajarishini nazorat qilish uchun foydalaniladi, ikkinchisi – yakuniy nazoratlarni tashkil qilish uchun Registrator ofisiga beriladi, uchinchisi– talabaga beriladi.
Hozirgi kunda talabaning bilim olish jarayonlarini shaxsiy ta’lim traektoriyasi bo‘yicha tashkil qilish jarayoni ko‘plab savollarga sabab bo‘lmoqda. Bu masalalar talabaning axborot paketi, ma’lumotnoma-yo‘llanma, talabaning o‘quv-uslubiy majmuasi (shaxsiy o‘quv rejasi, sillabuslar va h.k.), transkript kabi hujjatlar vositasida yoritilgan.
Kredit-modul tizimi sharoitida maxsus akademik xizmatlarning o‘rni beqiyosdir. Amaldagi ta’lim tizimida talabaning akademik ma’lumotlari o‘quv bo‘limi, dekanat, kafedralar, kadrlar bo‘limi, buxgalteriya, marketing bo‘limi, qabul bo‘limi kabi qator tuzilmalarda yuritib kelinmoqda.
Shunday qilib, ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi an’anaviy va yangi yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish asosida tavsiya qilinayotgan kredit-modul tizimining quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:

  • akademik erkinlik darajasi ortadi (fanlarni mustaqil ravishda tanlash, muddatlarni belgilash, o‘qituvchilarni tanlash);

  • talabalarning o‘quv faoliyatida mustaqil ta’lim ulushining ortishi (kamida 50%);

  • dars jadvallarini 5 kunlik tizimga o‘tkazishning qulayligi

  • (haftasiga 30 soat, kuniga 6 soatdan);

  • o‘qituvchilarning dars berish faoliyatida rivojlantiruvchi muhitning paydo bo‘lishi (maslahat darslari, o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari);

  • nazariy ta’lim ulushining kamayishi va talabaning amaliy xarakterdagi o‘lchanuvchan ko‘nikmalarni orttirishi (turli interfaol ta’lim usullarini joriy qilish, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ta’limda davom ettirish va ularni aniq faoliyat turlari orqali baholash mezonlari);

  • talabalarning mustaqil izlanishga qaratilgan o‘quv faoliyatlari (o‘zi tanlagan shaxsiy ta’lim traektoriyasi bo‘yicha o‘qish);

  • talabalarni hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish, har semestrda turli akademik guruhlarda o‘qishiga imkon berish;

Shunday qilib, ta’lim jarayonini tashkil qilishdagi an’anaviy va yangi yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilish asosida tavsiya qilinayotgan kredit-modul tizimining quyidagi afzalliklari namoyon bo‘ladi:

  • akademik erkinlik darajasi ortadi (fanlarni mustaqil ravishda tanlash, muddatlarni belgilash, o‘qituvchilarni tanlash);

  • talabalarning o‘quv faoliyatida mustaqil ta’lim ulushining ortishi (kamida 50%);

  • dars jadvallarini 5 kunlik tizimga o‘tkazishning qulayligi (haftasiga 30 soat, kuniga 6 soatdan);

  • o‘qituvchilarning dars berish faoliyatida rivojlantiruvchi muhitning paydo bo‘lishi (maslahat darslari, o‘qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishlari);

  • nazariy ta’lim ulushining kamayishi va talabaning amaliy xarakterdagi o‘lchanuvchan ko‘nikmalarni orttirishi (turli interfaol ta’lim usullarini joriy qilish, amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil ta’limda davom ettirish va ularni aniq faoliyat turlari orqali baholash mezonlari);

  • talabalarning mustaqil izlanishga qaratilgan o‘quv faoliyatlari (o‘zi tanlagan shaxsiy ta’lim traektoriyasi bo‘yicha o‘qish);

  • talabalarni hayotda mustaqil bo‘lishga ko‘niktirish, har semestrda turli akademik guruhlarda o‘qishiga imkon berish;

  • ta’lim dasturlari mazmunining innovatsionligi (ilg‘or ilmiy yutuqlarga yo‘naltirilganligi);

  • talabaning ta’lim muhitiga ta’sir ko‘rsatishi (darsning tashkil qilinishiga, o‘qitish usullariga taklif va tavsiyalar berishi);

  • ta’lim dasturlarida oliy o‘quv yurti komponentlari ulushining ortishi;

  • interfaol, muammoli-rag‘batlantiruvchi, innovatsion o‘qitish usullari ulushining ortishi (talabaga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti);

  • ilmiy izlanishlar asosida ta’lim berish uchun sharoitlarning yaratilishi;

  • talabalarning o‘quv ishlarini muntazam va bosqichli tarzda nazorat qilib borish;

  • o‘qitish metodlarida samarali va izlanuvchan usullar ulushining ortishi (ijodiy ishlar, taqdimotlar, portfolio usullarida baholashning joriy qilinishi orqali);

  • ta’lim dasturlari mazmuni va muddatlarining diversifikatsiya qilinishi, talabaning ta’lim olishdagi imkoniyatlarining kengaytirilishi (tanlov asosida qo‘shimcha fanlarni o‘qish mumkinligi, kreditlarni oldindan olish imkoniyati, ekstern imtihonlarni topshirishi);

  • talabalarni tabaqalab o‘qitish (ilg‘or talabalarni alohida guruhlarda o‘qitish orqali ta’lim samarasini oshirish);

  • aralash o‘qitishning teskari sinf (flipped classroom) usulini qo‘llash imoniyati (katta kontingentga umumiy ma’ruzalarni materiallarni oldindan tarqatish va darsni savol-javob tarzida o‘tkazish, darsni talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish orqali);

  • boshqa mamlakatlarda tan olinadigan malaka va akademik darajalarning olinishi (diplomlarning konvertatsiyasi).

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan kredit-modul tizimining samarasi, tajribalarining muvaffaqiyat qozonishi quyidagi omillarga bog‘liq:

  • o‘quv jarayonining me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviyiqtisodiy, moddiy-texnik va ilmiy-uslubiy ta’minoti;

  • zamonaviy darsliklar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanganligi;

  • xalqaro axborot tarmoqlari mavjudligi, laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganligi va o‘quv faoliyatida yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi;

  • o‘z ustida ishlovchi, o‘z pedagogik mahoratini muntazam oshirib boruvchi, interfaol o‘qitish usullarini egallagan, o‘quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilarning mavjudligi;

  • talabalarning shaxsiy va mustaqil ta’lim faoliyati uchun sharoitlar yaratilganligi.

XULOSA
Bitiruv ishimiz xulosasi sifatida mamlakatimiz OTMlarida
kredit-modul tizimiga o‘tilishi bu muayyan miqdordagi kreditlarni yil, semestr
va fanlar bo‘yicha taqsimlab qo‘yishning o‘zidan iborat emas. Kredit -
modul tizimiga o‘tish OTMlar o‘quv dasturlarini yaratishdan boshlab, o‘qituvchilarning o‘z darslarini tashkil qilishi bo‘yicha yangicha yondashuvlarni
talab qiladi. Agar kredit-modul tizimi to‘g‘ri va to‘liqligicha joriy etilsa, u
mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga juda katta ijobiy xususiyatlarni olib kirishi
mumkin. Jumladan, u mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga ta’limning jahon tan
olgan mukammal o‘lchov birligining olib kirilishi, OTMlar o‘quv dasturlarida
muvozanat va me’yor paydo bo‘lishi, OTMlarda o‘qish jarayonining shaffof
tarzda tashkil etilishi, o‘quv dasturlari iqtisodiyot, mehnat bozori va
talabalar ehtiyojlari asosida shakllanishi, darslarning sifati yaxshilanishi va
nihoyat har bir talaba, ma’lum ma’noda o‘zining mustaqil o‘quv dasturiga ega
bo‘lishiga xizmat qiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish