134
Lug`at imlo savodxonligini oshirish, so`z boyligini kengaytirishning
muhim manbai, o`quvchining asosiy maslahatchisidir. Lug`atlardan
foydalanish
malakalarini shakllantirish avvalo ularda ehtiyojni tarbiyalashdan boshlanadi.
Chunki
ehtiyoj sezilmasa, o`quvchi lug`atga murojat qilmaydi. Ma’lum bir
so`zning imlosi, ma’nosi, ma’nodoshi, qarama-qarshi ma’nosi, uyadoshini bilish
zaruriyati ehtiyojni vujudga keltiradi.
O`quvchilarni ular faoliyatida zarur
bo`ladigan lug`at turlari bilan tanishtirishga alohida e’tibor berish kerak. Chunki
turli lug`atlar bilan tanishgan o`quvchi nimani qayerdan izlash kerakligini ham
yaxshi biladi. O`quvchilarning so`z boyligini oshirish maqsadida ularga ma’lum
bir guruhdagi so`zlar lug`atini
tuzishni ham topshirish mumkin, shubhasiz,
bunday lug`atlarni dars jarayonida tuzish ancha murakkabdir. Shuning uchun
mustaqil ishning bu turini ma’lum bir mavzu o`rganilgandan keyin uy vazifasi
sifatida topshirish maqsadga muvofiqdir. Lug`at tuzish uchun o`quvchilar
ma’lum bir kasb egalari, ota-onalari, keksalar bilan suhbatda bo`ladilar, mavjud
izohli lug`atlarga murojaat qiladilar. Ona tili mashg`ulotlarida ma’lum bir
so`zning ma’nosini sharhlash, so`zlar ro`yxatini tuzish kabi amaliy ishlarga tez-
tez murojaat qilishga to`g`ri keladi. Masalan, o`quvchilar harakat fe’llari
(intilmoq–imillamoq – qimirlamok–siljimoq– sudralmoq–yurmoq–yugurmoq–
chopmoq–yelmoq kabi) yoki natija-faoliyat fe’llari (tuzmoq–yasamoq–qurmoq–
bunyod etmoq–paydo qilmoq–tartib bermoq–yuzaga keltirmoq–hosil kilmoq;
buzmoq–sindirmoq–titmoq–vayron qilmoq–xarob qilmoq–nes-nobud qilmoq va
hokazo)ning ro`yxatini tuzishlari mumkin.
Yuqori sinflarda badiiy asarlardagi notanish so`zlarning izohli lug`atini
tuzish, asarlardagi frazeologik birikmalarni to`plash va ularning ma’nolarini
sharhlash kabi topshiriqlarni bajarish mumkin. Masalan,
Abdulla Qodiriyning
«Mehrobdan chayon»
romanida aro`s (kelin, kelinchak), aftodahol (kambag`al),
a’yon (yuqori mansabli, baland martabali kishilar), dasmoya (bisotidagi
narsalar, molu-mulk), domod (kuyov), jodu (sehr, sehrgar ko`z), zakotchi (soliq
yig`uvchi mansabdor shaxs), zafar (sariq, sariq tus), zeru-zabar (ostin-ustun),
zukko (o`tkir akl-idrok, zehn), kajraftor (egri, teskari), majnun (devona, jinni),
mazhab (o`z diniy qarashlari va aqidalari bilan boshqalardan ajralib qolgan
guruh), ma’zur (uzrli), mahbus (hibs, bandilikka olingan kishi), moziy (o`tmish,
135
o`tgan davr), mohiyona (oylik, maosh), munaqqid (tanqidchi), mutanosib (mos,
loyiq), saboh (dars), surur (shodlik, xursandlik), qiblagoh (ota, padar)
kabi
so`zlar borki, ko`pchilik o`quvchilar ularning ma’nolarini bilishmaydi. Darsdan
keyin yoki ona tili to`garagida shu so`zlarning izohli lug`atini tuzishni topshirish
ularning ma’nosini bilib olishga imkon beradi va natijada bu so`zlar nutqda
seriste’mol so`zga aylanadi.
Xullas, ona tili va adabiyot mashg`ulotlarida lug`atlardan foydalanish
o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, nutqda to`g`ri va o`rinli foydalanish
malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
Musobaqa, ya’ni lug`at bilan ishlash darsini “
Auksion
” o`yini bilan tashkil
etish mumkin. Bunday tashkil etilgan darsning maqsadi – o`quvchi lug`at
boyligini boyitish, diqqatini jalb etish. O`yin guruhlararo tashkil etiladi.
Bunda o`qituvchi tovush yoki bo`g`in aytadi, guruhlardan bir o`quvchi
ushbu tovush yoki bo`g`indan yasaladigan so`zlarni birma-bir aytadilar.
Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: