Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

―Ommaviy madaniyat‖ 
- XX asr o‗rtalarida ommaviy muloqot va axborot 
vositalarining  jamiyat  hayotiga  chuqur  kirib  borishi  va  barcha  ijtimoiy  guruhlar 
uchun  etarli  bo‗lishi  natijasida  shakllangan  va  mohiyatan  barcha  yoshdagi  aholi 
uchun tushunarli bo‗lgan madaniyat namunalaridir.  
Kuch  orqali  maqsadga  erishish  insoniyat  tomonidan  birdek  qoralanadi, 
chunki bunda insonga jismoniy og‗riq, shikast, moddiy zarar etkaziladi. Ishontirish 
vositasida xarakat qilayotganlarni esa biror narsada ayblash qiyin, zero, ular targ‗ib 
qilayotgan  g‗oyalari  ortida  qanday  manfaatlar  yashiringanini  bilish  oson  emas. 
Vaholanki,  so‗z,  fikr,  axborot  orqali  inson  tafakkurini  zabt  etish  ham  xalq, 
mamlakat,  hududni  bosib  olishning  biroz  madaniylashgan  ko‗rinishi  hisoblanadi, 
biroq  bunda  istilochining  kim  ekani  noma‘lum  bo‗ladi,  hatto  aholi  o‗zini  bosib 
olish  uchun  kim  kurash  olib  borayotganini  anglamaydi  ham.  Bu  kurash  yashirin 
ravishda,  zimdan  oshirilgani  bois,  unga  uyushqoq  holda  qarshilik  ko‗rsatib 
bo‗lmaydi, aynan shu omil bunday qarashlarning muvaffaqiyatini belgilab beradi.  
Gegemoniyaning 
bu 
shakli 
«madaniy 
gegemoniya» 
(ustunlik, 
yo‗lboshchilik)  deb  nomlanadi.  Jahon  miqyosida  avj  oldirilayotgan  bunday 
madaniy  gegemoniya  kurashda  aldanib  qolmaslik  uchun  istilochilarning  asl 
maqsad-muddaolarini bilish, qo‗llanilayotgan uslub va vositalarni puxta o‗rganish 
talab etiladi.  
«Ommaviy  madaniyat» tarkibidagi kishilarning dasturiy qarashi shundayki, 
ular  insonni  emas,  aksincha,  narsalar  va  buyumlarni  e‘zozlashadi.  Ma‘naviy 
dunyoni  emas,  maishiy-iste‘molchilik  his-tuyg‗ularini  qadrlaydilar  va  ularni  keng 
ommalashtirishga  intiladilar.  Ularning  ma‘naviy  pozitsiyasi  –  ma‘naviyatni 
o‗ldirish va «narsalarga qullik»ni rag‗batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. 
Bredberi  aytganidek,  «ommaviy  madaniyat»  maktabidan  o‗tgan  avlod  uchun 
hayotning  ma‘nosi  –  avtomobil,  televizor,  kompyuter  va  shunga  o‗xshash  texnik 
vositalargagina ega bo‗lishdir.  
«Ommaviy  madaniyat»da  «Ommaviy  musiqa»  alohida  o‗rin  tutadi. 
«Ommaviy  musiqa»  ni  «YAngi  rok»  belgilaydi.  «YAngi  rok»,  ta‘bir  joiz  bo‗lsa, 
kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. YA‘ni jazavali ritm, zarb, shovqin ushbu 
musiqaning  qiyofasidir.  Bu  musiqa  tinglashga  emas,  balki  vujud  harakatiga, 
talvasali  raqsga  yo‗naltirilgan.  «Ommaviy  madaniyat»  dagi  texnik-ijro  vositalari 
musiqa  imkoniyatlarini  nihoyatda  toraytirmoqda,  polifonizm-musiqiy  sadolar 
boyligi va rang-barangligini yo‗qqa chiqarmoqda.  


48 
 
Hozirgi  davrga  kelib  «ommaviy  madaniyat»  rivojlangan  mamlakatlar  va 
ayniqsa,  rivojlanish  jarayonida  bo‗lgan  milliy  davlatchilikka  jiddiy  xavf  sola 
boshladi. Turli olimlar «ommaviy madaniyat» tushunchasini turli talqin etsalarda, 
«ommaviy  madaniyat»  XX  asrda  insoniyat  yaratgan  klassik  madaniyatga  salbiy 
ta‘sir  etishi  bilan  namoyon  bo‗la  boshladi.  Olimlar  «ommaviy  madaniyat»ni 
alohida olingan ijtimoiy omil sifatida talqin etib, uning kelib chiqishi, o‗ziga xos 
xususiyatlari va rivojlanish tamoyillarini tadqiq etmoqdalar.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish