Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

1. Ommaviy madaniyat tahdidi 
 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  2017  yil  7 
fevraldagi  PF-4947  sonli  «O‗zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish 
bo‗yicha  harakatlar  strategiyasi»  to‗g‗risidagi  Farmonida  yurtimizni  2017-2021 
yillarda rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‗nalishlari aniq belgilab berildi. Mazkur 
Strategiyaning 
4-5-yo‗nalishlarida 
«yoshlarga 
oid 
davlat 
siyosatini 
takomillashtirish  hamda  axborot  xavfsizligini  ta‘minlash  va  axborotni  himoya 
qilish  tizimini  takomillashtirish,  axborot  sohasidagi  tahdidlarga  o‗z  vaqtida  va 
munosib qarshilik ko‗rsatish» dolzarb vazifa sifatida belgilangan.  
Mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq  mamlakatimizda  barkamol  avlodni 
tarbiyalash  masalasiga  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‗nalishlaridan  biri  sifatida 
e‘tibor qaratilib, kelajak avlodni intellektual, jismoniy rivojlanishi bilan bir qatorda 
ma‘naviy  va  ahloqiy  kamoloti  yo‗lida  keng  qamrovli  ishlar  amalga  oshirilib 
kelinmoqda. YUrtimizda barkamol avlod tarbiyasi, ularda xar tomonlama milliy va 
ma‘naviy  qadriyatlarni  yuksaltirish  borasida  fikr  yuritar  ekanmiz,  «ommaviy 
madaniyat» masalasiga alohida e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.  
Axborot vositalari rivojlanib borgan sayin ulardan g‗arazli maqsadlar uchun 
foydalanayotganlar  ham  ko‗payib  bormoqda.  Bunday  maqsadlarni  ko‗zlaganlar 
inson ruhiyatiga ta‘sir etuvchi ma‘lumotlarni tarqatish, avvallari insonlar qilishdan 
jirkanadigan  ishlarni  bemalol  amalga  oshirishning  uyat  va  ayb  sanalmasligiga 
ishontirish orqali tahdid solmoqdalar. Jamiyatning ma‘naviy jihatdan zaif qatlami 
hisoblanuvchi  yoshlar  ongi  va  shuuriga  ta‘sir  etuvchi,  ularni  hayosizlik  va 
axloqsizlik ko‗chasiga olib kiruvchi illatlarni tap tortmasdan qilaverishga undovchi 
bu tahdid «Ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kela boshladi.  
O‗zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakatining  IV  qurultoyidagi  nutqida  -  «Ma‘lumki,  yosh  avlod  tarbiyasi  hamma 
zamonlarda  ham  muhim  va  dolzarb  ahamiyatga  ega  bo‗lib  kelgan.  Ammo  biz 
yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib 


45 
 
bormoqda. Tarbiya qancha mukammal bo‗lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi 
donishmandlar. Tarbiya mukammal bo‗lishi uchun esa bu masalada bo‗shliq paydo 
bo‗lishiga  mutlaqo  yo‗l  qo‗yib  bo‗lmaydi.  E‘tiqod,  oilaviy  qadriyatlarga  putur 
etkazayotgan  xavflarni  sanab  o‗tdi.  Diniy  ekstremizm,  terrorizm,  giyohvandlik, 
odam  savdosi,  noqonuniy  migratsiya,  «ommaviy  madaniyat»  kabi  xavf-xatarlar 
kuchayib,  odamzod  asrlar  davomida  amal  qilib  kelgan  e‘tiqodlar,  oilaviy 
qadriyatlarga putur etkazmoqda», - deb ta‘kidlaganlar.  
O‗zbekistonda  izchil  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  jarayonida  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlarni  uyg‗un  qabul  qilish,  ma‘naviy  va  axloqiy  fazilatlarga 
yangicha  munosabatlar,  an‘analar  shakllandi.  Ayni  paytda,  jamiyatni 
demokratlashtirish jarayonida turli ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarga zid bo‗lgan 
tahdidlar ham paydo bo‗lib kelmoqda.  
Bugungi  butun  dunyoda  axborotlashuv  va  globallashuv  jarayoni  avj  olgan 
paytda  turli  kurashlar  ham  tobora  kuchayib  bormoqda.  Ayrimlar  buni  yigirma 
birinchi  asrning  yangiligi  deb,  «madaniyat»ga  o‗xshatayotgan  bo‗lsada,  bu 
jarayonlar  o‗sib  kelayotgan  yosh  avlod  qalbiga,  ongu-shuuriga  salbiy  ta‘sir 
ko‗rsatayotganini  aslo  unutmasligimiz  kerak.  Bugungi  kunda  hech  bir  xalkning 
milliy  va  ma‘naviy  an‘anasi,  odatlariga  to‗g‗ri  kelmaydigan  turli  «urf-odatlar» 
ko‗paymokda. Achinarli jihati shundaki, ko‗pchilik, xususan ayrim yoshlar uning 
ta‘siriga tushib qolmoqda. Bu narsa yoshlarimizning yurish-turishida, kiyinishida, 
o‗zini  tutishi-yu  boshqalar  bilan  bo‗ladigan  muomalasida  ko‗zga  tashlanadi. 
Bunday  yot  g‗oyalar  esa  bizning  milliy  qadriyatlarimiz  va  an‘analarimizga  aslo 
to‗g‗ri kelmaydi. Turli nayrang va xatarlardan ogoh, sergak va hushyor bo‗lishimiz 
lozim.  So‗nggi  paytlarda  ma‘naviyatimizga  zid  bo‗lgan  turli  g‗arazli  kuchlar 
«ommaviy madaniyat» niqobi ostida yoshlarimiz ongiga ta‘sir o‗tkazishga harakat 
qilmoqda.  «Ommaviy  madaniyat»  g‗arb  dunyosida  o‗tgan  asrning  ikkinchi 
yarmida  shakllandi.  Uni  g‗arbda  «populyar»  yoki  qisqartirilgan  holda,  «pop-
kultura»  (ya‘ni  «ommaviy  madaniyat»)  deb  atashadi.  Garchi  «madaniyat»  deb 
atalsa-da,  aslida,  tub  mazmun-ma‘nosiga,  maqsad-niyatiga  ko‗ra  «ommaviy 
madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.  
Mutaxassislarning 
fikrlaricha, 
hali 
ilm-fanda 
«antikultura» 
(«g‗ayrimadaniyat»)  degan  ilmiy  tushuncha  shakllanmaganligi  uchun  «ommaviy 
madaniyat»  tushunchasi,  nochorlikdan  qo‗llanilmoqda.  CHunki,  «ommaviy 
madaniyat»,  aslida  madaniyatsizlik,  ya‘ni  ma‘naviyatsizlik  va  axloqsizlikning 
sinonimidir.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish