―Qarorlar shajarasi‖ metodi
―Qarorlar shajarasi‖ metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qator
murakkab mavzularni o‗zlashtirish, ma‘lum masalalarni har tomonlama, puxta
tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo
xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidagi eng maqbul hamda
to‗g‗risini topishga yo‗naltirilgan texnik yondoshuvdir. Ushbu metod, shuningdek,
avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora
tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Ta‘lim jarayonida mazkur
metodning qo‗llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilano qaror qabul qilish
(xulosaga kelish)da ta‘lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant,
ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini batafsil tahlil etish imkoniyatini
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |