Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalari.
(4 soat vebinar, 14 soat video dars)
T/r
|
Modul mavzulari
|
Umumiy o‘quv yuklama hajmi
|
Videodars mashg‘ulotlari
|
(soatlarda)
|
Jami
|
Vebinar
|
Video dars
|
1.
|
Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning huquqiy-me’yoriy asoslari
|
1
|
1
|
|
2
|
Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar va ularning yechimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar
|
1
|
|
1
|
3.
|
Milliy o‘quv dasturining mazmun-mohiyati: talab va ehtiyoj
|
1
|
1
|
|
4.
|
Ona tili va adabiyot fanidan modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va ularning tahlili
|
1
|
|
1
|
5.
|
Ona tili va adabiyot ta’limida innovatsiyalar
|
1
|
|
1
|
6.
|
Fanni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribalar va ularni amalda qo‘llash
|
1
|
1
|
|
7.
|
Ona tili va adabiyot darslari orqali o‘quvchini kreativ fikrlashga o‘rgatish
|
1
|
|
1
|
8.
|
Fanni o‘qitishda o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish
|
1
|
|
1
|
9.
|
Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchi intellektini rivojlantirish texnologiyalari
|
1
|
|
1
|
10.
|
Ona tili darslarida murakkab mavzular ustida ishlash texnologiyasi
|
1
|
|
1
|
11.
|
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirish
|
1
|
|
1
|
12.
|
Adabiyot darsida murakkab mavzular ustida ishlash
|
1
|
|
1
|
13.
|
Fan bo‘yicha ma’ruza darslariga tayyorlahish
|
1
|
|
1
|
14.
|
Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish
|
1
|
|
1
|
15.
|
Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish
|
1
|
|
1
|
16.
|
Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari
|
1
|
1
|
|
17.
|
Mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari
|
1
|
|
1
|
18.
|
Ilg‘or tajribalarni aniqlash, tahlil qilish, o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari
|
1
|
|
1
|
Jami:
|
18
|
4
|
14
|
1-mavzu. Yangilanish davrida ona tili ta’limini o‘qitishning xuquqiy-me’yoriy asoslari. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida o‘zbek tili ta’limini rivojlantirishning metodologik asoslarining yaratilishi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantiirsh konsepsiyasi va boshqa rasmiy hujjatlarda filologik ta’lim va tadqiqot samaradorligini oshirish masalalari.
2-mavzu. Fanning ilmiy-nazariy asoslari bo‘yicha dolzarb muammolar va ularning yechimi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar. Fan – inson faoliyati sohasi, borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish vazifalari. Ona tili va adabiyot fanlarining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish va o‘qitishda uchrayotgan muammolar. Ona tili va adabiyot ta’limida kuzatish, qiyoslash, tahlil va sintez qilish, modellashtirish usullari orqali ilmiy-nazariy muammolarni anglash va amaliy yondashish.
3-mavzu. Milliy o‘quv dasturining mazmun-mohiyati: talab va ehtiyoj. Zamon talablari asosida ona tili va adabiyot fanlari ta’limi uchun Milliy o‘quv dasturlarining ishlab chiqilishi zarurati va ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni. Milliy dasturlarning mazmun-mundarijasi: fanlararo integratsiya, umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar, umumiy kompetensiyalar, ta’lim bosqichlarida ona tili va adabiyot fanlarini uzluksizlikda o‘qitishning milliy konsepsiyasi, ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari, kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standarti.
4-mavzu. Ona tili va adabiyot fanidan modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlari va ularning tahlili. Ona tili va adabiyot fanlari Milliy o‘quv dasturlarining dastlabki loyihasi. Ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha o‘quvchiga hamda bitiruvchiga qo‘yiladigan talablar, shakllantiriladigan kompetensiyalar. Sinflar kesimidagi o‘quv dasturlarida kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan mavzular. Ona tili fani bo‘yicha modernizatsiya qilingan o‘quv dasturida matn bilan ishlashning yetakchi o‘rin tutishi; mazmun va shaklni anglashda grammatik (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik va uslaubiy) me’yorlarga asoslanish. O‘quvchi dunyoqarashini, fikrlashini o‘stirishga undovchi hamda hayotning mohiyatini anglashga xizmat qiluvchi matnlarning kiritilishi.
Adabiyot fani o‘quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlar milliy va jahon adabiyotning yaxlit estetik hodisasi ekanligi haqida o‘quvchida muayyan tasavvur hosil qilishga qaratilganligi. O‘quvchilarni o‘qilgan badiiy asarni tahlil etishga, ularning janr xususiyatlarini aniqlashga, o‘rganilayotgan badiiy asar haqidagi fikrlarini ravon va ta'sirchan bayon qilishga o‘rgatish dasturning diqqat markazida turadi.
5-mavzu. Ona tili va adabiyot ta’limida innovatsiyalar. Milliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar. Virtual ta’lim muhiti zamonaviy ta’lim tizimining zarur tarkibiy qismi sifatida. Virtual ta’lim – axborot yetkazishning texnik vositalar yordamida yaratilgan sun’iy dunyosi. Ta’lim texnologiyalari asosida darsga tayyorgarlik ko‘rish. Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilishning zarurati va ahamiyati. Innovatsion metodlar – ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunli olib borish kafolati. O‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, elektron ta’lim resurslari (elektron darsliklar, proeksion-multimedia) va internetdan foydalanish yo‘llari bo‘yicha bilimlarini oshirish. Ona tili va adabiyot ta’limida o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantrishda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar va metodlar.
6-mavzu. Fanni o‘qitish bo‘yicha ilg‘or pedagogik tajribalar va ularni amalda qo‘llash.
Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda ilg‘or pedagogik tajribalar. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining maqsadi. Tajriba-sinov ishlarni tashkil etishda kuzatish, anketa-so‘rovlar, suhbatlar, nazorat (test), pedagogik tajriba usullaridan foydalanish. Ilg‘or milliy tajribalarni amaliyotga tatbiq etish. Ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy metodika bilan uyg‘unlashtirib ta’limda qo‘llay olish. Fanlarni o‘rganish va o‘qitish jarayonida ommaviy axborot vositalarida chop qilingan ilmiy-uslubiy materiallardan foydalanish.
7-mavzu. Ona tili va adabiyot darslari orqali o‘quvchini kreativ fikrlashga o‘rgatish. Ona tili va adabiyot darslarida kreativ fikrlash shakllari va ko‘rinishlari, mashg’ulotlar orqali yangilikka intilish, noodatiy yondashuv, nostandart echimlarning zarurati, fikrlashdagi mantiqiy va intuitiv uyg’unlik, stereotip va shablonlar, ulardan voz kechish kabi xislatlarni o‘quvchilarda rivojlantirish. Fikrlashda qoliplardan chiqish, erkinlikka intilish, har bir masala va muammoga ijodkorona yondashuv, ijodda orginallikni ta’minlashga topshiriqlardan foydalanish.
8-mavzu. Fanni o‘qitishda o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish. Tanqidiy fikrlash - narsalar va hodisalarni analiz qilib asosli xulosalar chiqarish maqsadidagi mulohazalar tizimi bo‘lib, u tanqidiy baholash xarakteriga ega ekanligi. «Qarang — fikrlang — o‘ylaning» usuli, «Men ilgari shunday deb o‘ylar edim … Endi esa … deb o‘ylayman» usuli.
9-mavzu. Ona tili va adabiyot darslarida o‘quvchi intellektini rivojlantirish texnologiyalari. Ta`lim jarayonida o‘quvchining har tomonlama rivojlanishi uchun barkamol shaxs tarbiyasiga doir bir nechta nazariyalarni bilish va shu asosda mashg‘ulotlarni tashkil etish samarali ta`limni taqozo etadi. Bola intellekti rivojlanish nazariyasi. Intellekt ko‘pligi nazariyasi. Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi. Konstruktivizm nazariaysi. Intellektlarga moslashtirilgan topshiriqlar namunasini ishlab chiqish.
10-mavzu. Ona tili darslarida murakkab mavzular ustida ishlash texnologiyasi. Murakkab mavzularni o‘qitishda nutqiy, lingvistik kompetensiyalarni shakllantirilish. Amaliy topshiriqlar namunalari ishlab chiqish.O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish. O‘quvchi iqtidoriga muvofiq darajali va tabaqalashgan, bilimlarni takomillashtiruvchi o‘quv-ijodiy topshiriqlarni tayyorlash. DTS malaka talablariga muvofiqlashtirish maqsadida sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning salohiyatini bosqichma-bosqich ko‘tarish.
11-mavzu. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq savodxonligini rivojlantirish. O‘quvchi yosh-psixofiziologiyasi va o‘zlashtirish darajasiga qarab ta’lim berish shakli, turi va usulini tanlash. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutq savodxonligini DTS asosida shakllantirish. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish usullari.
12-mavzu. Adabiyot darsida murakkab mavzular ustida ishlash. Hozirgi adabiy jarayonda kechayotgan hodisalarga nisbatan o‘quvchilarning diqqatini tortish va ularda tahliliy qarashlarni shakllantirish. She’riyat, nasr, dramaturgiyadagi yangiliklar, yangi asarlar to‘g‘rirsidagi tasavvurlarini kengaytirish. Sinflar kesimidagi murakkab mavzular tahlili orqali o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashini rivojlantirish. Badiiy tahlilga muvofiq metodlarni tanlash.
13-mavzu. Fan bo‘yicha ma’ruza darslariga tayyorlanish. Maktab darsining o‘quv jarayonidagi o‘rni, ahamiyati va uning tiplari. Darsga qo‘yilgan didaktik talablar. Darsga kasbiy tayyorgarlik: tashkil qilish va o‘tkazish. Ma’ruza – o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli. Ma’ruza darslarining vazifalari. Ma’ruzaning samaradorlik shartlari. Ma’ruzaga o‘quvchilar ishtirok etish elementi. Ma’ruza shaklida ta’lim berishning o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’ruzada o‘qitish texnologiyasining jarayonli tuzilmasi. Ma’ruzalarning turlari. Ma’ruza darslariga tayyorgarlik ko‘rish.
14-mavzu. Fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish. Amaliy mashg‘ulotlar – ta’lim texnologogiyasining tarkibi. Amaliy mashg‘ulotlar – maktabda ta’limni tashkil etish shakli va turlari. Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berish texnologiyasini loyihalash va rejalashtirish.
15-mavzu. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitishda elektron darsliklardan foydalanish. Oddiy darsliklardan elektron darsliklarning farqi. Elektron darsliklarning ta’lim samaradorligidagi roli. Elektron darsliklar va elektron ta’lim vositalarini dars jarayonida qo‘llash. Elektron o‘quv qo‘llanma arxitekturasi kompyuterlashtirilgan axborot texnologiyalarini egallash harakatidir. Elektron darslikning mazmuni, dizayni va shakl uyg‘unligi. Elektron darslik strukturasi.
16-mavzu. Fan metod birlashmalari ishini samarali tashkil etish shakl va usullari. Fan metod birlashmalari faoliyatini samarali tashkil etish, fan metod birlashmalarining maqsadi va vazifalari. Fan metod birlashmalarining rejasini tuzish, tashkil qilish va nazorat qilish. Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash mеtodbirlashma zimmasiga yuklatilgan eng muhim vazifalardan biridir. Mеtodbirlashma faoliyati maktabda ona tili kabinеtini jihozlashga mutasaddidir.
17-mavzu. Mustaqil malaka oshirish va bilim olishning tashkiliy, uslubiy asoslari. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchilar o‘zlashtirilgan bilimlardan nostandart, hayotiy vaziyatlarda mohirlik bilan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Shaxs rivojlanishining turli darajalarini hisobga olgan holda o‘quv – biluv jarayonini tashkil etish. Bunda turli tipdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini tahlil qila olish. Pedagog qobiliyati, mahorati uning so‘zlashi jarayonida namoyon bo‘lishi. Til vositasi orqali fikr bayon qilish va uni anglash. Uning ikki: og‘zaki va yozma ko‘rinishlarini to‘g’ri namoyon qilish.
18-mavzu. Ilg‘or tajribalarni aniqlash, tahlil qilish, o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishning zamonaviy texnologiyalari.
Ilg‘or tajribalarni ommalashtirishda maktab, tuman va viloyat metodik kengashlari orqali ilg‘or ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish.
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
(2 soat vebinar, 2 soat video dars)
T/r
|
Modul mavzulari
|
Umumiy o‘quv yuklama hajmi
|
Video dars mashg‘ulotlari
|
(soatlarda)
|
Jami
|
Vebinar
|
Video dars
|
1.
|
Baholash – ta’lim jarayonining ajralmas qismi
|
1
|
|
1
|
2.
|
O‘quvchilar bilimlarini, kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari
|
1
|
1
|
|
3.
|
O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholashda zamonaviy loyihalardan foydalanish
|
1
|
|
1
|
4.
|
Baholash natijalari tahlillari asosida pedagogik faoliyatga o‘zgartirishlar kiritish.
|
1
|
1
|
|
Jami:
|
4
|
2
|
2
|
1-mavzu. Baholash – ta’lim jarayonining ajralmas qismi. “Baholash” tushunchasiga ta’rif. Baholashning mohiyati, shakllari, tamoyillari. Baholash usullari. Baholash vazifalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda baholashning o‘rni. Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari bilimlarini nazorat qilishning takomillashtirilgan reyting tizimining amaliyotga joriy etilish.
2-mavzu. O‘quvchilar bilimlarini, kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari. O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari. Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari. Baholash – ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida. Baholash orqalio‘quvchilarbilanteskarialoqanio‘rntish. O‘quvchilarningo‘quvfaoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari. O‘quvchilar o‘zini baholashi, o‘quvchilar boshqa o‘quvchilarni baholashi va o‘qituvchi tomonidan baholash yondashuvlari, ulardan samarali foydalanish.
3-mavzu. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini baholashda zamonaviy loyihalardan foydalanish. O‘quvchilarning kompetentsiyalarini baholash va natijalarini tahlil qilish. Baholashning xalqaro usullari, elektron jurnal va kundalik loyihalari. Tahlillar asosida pedagogik faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritish. Ota-onalarni o‘quvchilarning o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishtirish.
4-mavzu. Baholash natijalari tahlillari asosida pedagogik faoliyatga o‘zgartirishlar kiritish. O‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash natijalarini tahlil qilish.Tahlillar asosida pedagogik faoliyatga o‘zgartirishlar kiritish. Ota-onalarni o‘quvchilarning o‘zlashtirishi natijalari bilan tanishtirish.
Dasturning axborot-metodik ta’minoti
Modullarni o‘qitish jarayonida ishlab chiqilgan o‘quv-metodik majmualar, ilmiy jurnallar, internet resurslari, multimedia mahsulotlari hamda boshqa elektron va qog‘oz variantdagi manbalardan foydalaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston»,
2017y.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 23 sentyabr, O‘RQ-637-son.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
Mirziyoev SH.M.,Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangani qtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017-yil 14 yanvar // SH.M. Mirziyoev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017 – 104 b.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning 2020 yil 29dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. (2020 yil 29dekabr).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6108-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ4963-son Qarori.
O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
“Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2019 yil 27 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
PQ-4537- son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risida PF-5812-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2019 yil
25 apreldagi “Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishishlarini tartibga solish chora-tadbirlari” to‘g‘risida 352-sonqarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil, 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” to‘g‘risidagi 140-son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
17 apreldagi “Ta’lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag‘lari hisobiga shakllantiriladigan bitiruvchilar jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 321-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14 avgustdagi “YOshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3907 sonQarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3931-son Qarori.
O‘zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining 2016 yil
7 apreldagi “Maktabgacha, umumiyo‘rta, o‘rtamaxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 107-son Qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
2 iyundagi “O‘quvasbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 345-son Qarori.
Djaylavov A. Ta’lim sohasida interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish texnologiyalari (malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun uslubiy qo‘llanma)- A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI, 2016 y.
Ishmuhamedov R.J, YUldashev M.A, “Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar” “Nihol” nashriyoti.– T.2013 y.
Paxrutdinov SH. Global axborot jamiyati va mediata’lim.
–T.: 2015;
Rustamova N. Mediata’lim va mediamadaniyat: nazariya va amaliyot. –T. “Muxarrir” 2015;
Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. ‒T.: “Akademiya”, 2007.
TolipovaJ.O. Pedagogiktexnologiyalar-do‘stonamuhityaratishomili. -T.: YUNISEF, 2005 y.
Abduqodirov A. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari. Uzluksiz ta’lim jurnali, 2002. № 4, 60-73 betlar.
Abduraimova M. Ona tili ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiya. –Toshkent, 2005. 3-26 betlar.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992.
Azizxo‘jaeva N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. –T.: TDPU, 2000.
Aytmatov CH., SHoxonov M. CHo‘qqida qolgan ovchining ohi-zori. – T.: SHarq, 1998.
Aliev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiiyat. – T.: Akademiya, 2000. 631 b
Ahliddinov R.S. Maktabni boshqarish san’at. – T.: Fan, 2006.
Bekmirzaev N. Nutq madaniyati va notiqlik asoslari. – T.: Fan, 2007.
Bekmirzaev N. Notiqlikasoslari. – T.: Fan, 2006.
Voiteleva T.M. Teoriya i metodika obucheniya russkomu yazыku. –M.: Drofa, 2006.
Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. –T.: Fan, 2006.
Ishmuxamedov R.J., YUldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar.– T.: Nihol, 2013, 2016.
Inoyatov U.I., Muslimov N.A., va boshq. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob. – T.: Ilm- Ziyo, 2012.
Karimov B. Adabiyotshunoslik metodologiyasi (o‘quv qo‘llanma) –T.: Muharrir, 2011.
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab...// O‘zbek tili va adabiyoti, 2012. – 5-son, 3-16-betlar.
Muslimov N., va boshqalar. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – T.: Fan va texnologiyalar, 2013.
Rasulov A. Badiiy asarga yondashuv asoslari. Filolog-magistrlar uchun o‘quv qo‘llanma. –T.: Universitet, 2003.
Rasulov A. Mustaqillik davri adabiyotining nazariy-metodologik asoslari. – T.: Ma’naviyat, 2012.
Urazova M.B., eshpulatov SH.N. Bo‘lajak o‘qituvchining loyihalash faoliyati. // Metodik qo‘llanma. – T.: TDPU Rizografi, 2014.
O‘zbek adabiy tanqidi. Antologiya. – T.: Turon-iqbol, 2011.
Qodirov P. Til va el. –T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2005.
http://www.wikipedia.org.
http://lex.uz
http://www.oecd.org
http://www.gov.uz
http: //www.edu.uz
http: //www.lex.uz
http: //www.bimm.uz
http: //www.ziyonet.uz.
http: //www.avloniy.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |