Geolog tuzilishi va tabiiy boyliklari
Okean bundan 60mln.yil avval payda bo’la boshlagan.Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.Okean tubida dengiz,darya va aysberg yotqiziqlari katta moydonda tarqalgan.Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida.Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirilgan cho’kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar,biogen yotqiziqlar uchraydi.Qazilma boyliklaridan temir rudasishaxta usulida qazib olinadi,Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko’p qazib olinadi.Daryolarning quyilish joylarida,Oq,Barens,Norvegiya dengizlaridan ko’plab baliq ovlanadi va suvo’tlari yig’ib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |