I - guruh. Daryo
II - guruh. Ko`l
III - guruh. Suv omborlari
O`qituvchi:
Bugungi dars mavzusi O`zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ekan, Prezidentimiz I. A. Karimovning quyidagi so`zlari bilan boshlashi lozim.
“Suv hayotning bebaho in’omidir,
Hayot suv bilan bog`liq.
Suv tamom bo`lgan joyda hayot ham tugaydi”.
- Qani aytingchi, suv deganda nimani tushunasiz?
Har bir guruhdan bittadan o`quvchi javob beradi.
I - guruh. Daryo
- Suv suyuqlik , suv –hayot manbayi.
- Suv - obi hayot.
II - guruh. Ko`l
- Olamda eng oddiy toza suvdan ko`ra qimmatliroq, azizroq narsa bo`lmasa kerak.
-Bu murakkab mineral tabiatda turli - gazli, qattiq - muz, suyuq - suv ko`rinishida uchraydi.
III - guruh. Suv omborlari
- Suv shunday ajoyib mo`jizaki, o`zining shaklini o`zgartirsa ham hususiyati o`zgarmaydi.
- Tabiatda biz uchun suvdan ham qimmatli, totli, muqaddas bo`lgan biror narsa yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |