Yerning issiqlik mintaqalari. Quyoshdan keladigan issiqlik va
yorug'lik Yer yuzida bir xilda taqsimlanmaydi. Ekvator-
ning ikki yonida Shimoliy va Janubiy tropiklargacha bo'lgan joy-
larga eng ko'p issiqlik va yorug'lik keladi. Bu yerlarda Quyosh
ufqdan baland ko'tarilib, yil bo'yi quruqlik va okeanlami qattiq
isitadi. Bu joylar Yerning issiq (tropik) mintaqasidir.
Tropik chiziqlar bilan qutbiy doiralar oralig'i Quyoshdan kam-
roq yorug'lik va issiqlik oladi. Bu yerlar mo`tadil (o'rtacha) min-
taqalardir. Qutbiy doiralardan qutblargacha bo'lgan joylarga Qu-
yoshdan yanada kam yorug'lik va issiqlik yetib keladi. Bu yerlar
qutbiy (sovuq) mintaqalar deb ataladi.
O`qituchi mavzuni tushuntirib bo`lgach, “Aqliy hujum” usulidan foydalanib yangi mavzu bo`yicha savollar orqali murojaat qiladi.
1. Kabisa yili qanday yil? Kabisa yilidagi ortiqcha bir kun qayerdan kelib qolgan?
2. Quyosh turishi kunlari deb qaysi kunlarga aytiladi?
3. Tropik chiziqlar qaysi geografik kengliklarga to'g'ri keladi?
4. Yerda qanday issiqlik mintaqalari bor?
Bunda o`quvchilarning bergan javoblari jamlanadi va guruhlar baholanadi.
O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini sinash maqsadida o`quvchilar internet tarmog`i orqali ishlab turgan “GoogleEarthWin” dasturi orqali ekranda namoyish etiladigan Yerning tasviri, Yerning o`z o`qi atrofida aylanishi, kosmosdan Yerning tabiiy ko`rinish holatini yangi mavzuga bo`g`lagan holatda tushuntirib berishlari kerakligini aytadi. Guruhlarnng javoblari tinglangach, tegishlicha baholanadi.
Har ikkala guruhga ikkita plakat beriladi va ular kerakli o`quv qurollaridan foydalangan holda Yer shakli, parallel va meridianlar, “Zenit” holati, “Yerning issiqlik mintaqalari”ni va tropik chiziqlarni plakatda aks ettirishlari kerak bo`ladi.
O`quvchilar bu vazifani bajarib bo`lishgach, guruh sardorlari bajargan ishlarini izohlab berishadi.
O`qituvchi guruhlarning berilgan topshiriqni qay darajada bajarganliklariga baholaydi.
O`quvchilar yangi mavzu yuzasidan qay darajada bilim va ko`nikmaga ega bo`lganliklari monitor orqali namoyish etiladigan test sinovi orqali tekshirilib ko`riladi. Test javoblar varaqalarini guruhlar o`zaro bir-birlari bilan almashadilar va ektanda namoyish etiladigan tog`ri javoblar bilan solishtirib ko`radilar. O`qituvchi guruhlardan test varaqalarini olib har bir berilgan tog`ri javobga rag`bat kartochkasi beradi.
O`qituvchi o`quvchilardan o`tilgan yangi mavzu yuzasidan qay darajada ma`lumotlarga ega ekanliklari quyidagicha so`raladi:
Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz?
Nimalarni o`rgandingiz?
Nimalar Siz uchun yangilik bo`ldi?
Yana nimalarni bilishni istar edingiz?
Har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
Dars yakunida o`quvchilarga yangi mavzuga tegishli Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi chizmasini A-4 formatdagi qog`ozga chizib kelish va darslikdan mavzuni o`qib kelish vazifasi uyga beriladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |