tugaydigan va tugamaydigan gumhlarga bo‘linadi. Tuproq,mineral, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya kabi resurslar tugaydigan tabiiy resurslar- ga kiradi. Ular, o‘z navbatida, tiklanadigan va tiklanmaydigan guruhlarga bo‘linadi. Tiklanishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurslarga tuproq, o‘simlik, hayvonot, rekreatsiya, chuchuk - iste’mol suvi kabi boyliklar kiradi. Mineral (yer osti) resurslari tiklanmaydigan tabiiy boylik hisoblanadi.
Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjuddir. Ular quyosh nuri, shamol, dengiz va okeanlar, yeming ichki (geotermal) energiyasidir. Tabiiy resurslar yer yuzasi bo‘ylab notekis joylashgan. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari neft va tabiiy gazga, And mamlakatlari mis va polimetall rudalariga, Shimoliy yarimshaming o‘rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o‘rmonlarga ancha boy. Rossiya, AQSH, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi bir qator ulkan davlatlar amalda tabiiy resurslaming deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta’minlangan. Shuningdek, ko‘pgina mamlakatlar muhim tabiiy boyliklaming bir yoki bir necha turlarigagina ega. Jahonda uchinchi xil mamlakatlar, masalan: Andorra, Okeaniya va Karib havzasidagi bir qator mamlakatlar tabiiy boyliklar, ayniqsa, mineral boyliklar bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.
Mustahkamlash
Mustahkamlash jarayonida “5-si ortiqcha” metodidan foydalaniladi. Bunda har bir partaga 1 tada savol 5 ta javob variant bilan taqdim etiladi. Variantlar orasidan 1 tasi xato bo’ladi, o’quvchi ana shu noto’g’ri variantni topishi kerak bo’ladi. O’ylash uchun 1 daqiqa beriladi. Olingan javoblarga qarab o’quvchilar bilimi baxolanadi. (Ilova - 2)
Baholash
Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar baxolanadi va baxolar e’lon qilinadi.
Uyga vazifa . 3 daqiqa
1.Kishilik jamiyatining rivojlanishdavrlari jadvalini chizish.
2. tabiiy resurslar bo’yicha insoniyat oldida turgan muammolarni o’rganish.
3. Regionlarni resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi bo’yicha guruhlash.
4. Resurslarni xaritada ifodalanishni o’rganib kelish.
I.Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir bosqichlari
1. Qishloq ho’jalik inqilobi
2. Ibtidoiy jamoa davri
3. Kishilik jamiyati davri
4. O’rta asrlar davri
5. Fan-texnika inqilobi davr
II. Oykumena tushunchasi
Yashayman, joylashaman
Yer yuzasining aholi yashaydigan qismi
Yer yuzasining 60 %i
Shaxar, qishloq, bog’lar, istirohat joylari
Tog’lar, o’rmonlar, chakalakzorlar
III. Tabiiy resurslar qanday guruhlarga bo’linadi?
O’rmonlar, suv omborlari, IES, kanallar
Yer, suv, quyosh energiyasi
Biologik resurslar, shamol energiyasi
Inson hayoti davomida foydalanadigan ne’matlar
Mineral resurslar
IV.Tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’sirining 4-bosqichida qanday jarayonlar yuz berdi?
Yevropada ishlab chiqariosh kuchlari yanada rivojlanadi.
Shimoliy va Janubiof-muhitgy Amerika, Avstraliya, Afrikani o’zlashtirish tezlashdi.
“Eski” va “Yangi” dunyo tushunchalari paydo bo’ldi.
Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zlashtirildi.
Inson faoliyatining atrof- muhitga salbiy ta’siri kuchaydi.
V. Qaysi resurs turlari tiklanishi mumkin?
1. Tuproq
2. O’simlik
3. Hayvonlar
4. mineral resurslar
5. chuchuk suv
VI.Tabiatda amalda tugamaydigan tabiiy resurslar ham mavjud. Ular……
Rekreatsiya resurslari
Shamol energiyasi
Yerning ichki energiyasi
Quyosh nuri
Dengiz va okeanlari
VII.Fan-texnika inqilobi davrida qanday xodisalar ro’y berdi?
Jamiyat bilan tabiatning munosabatlarida jamiyatning faolligi oshdi
“Eski” va “Yangi” dunyo tushunchalari paydo bo’ldi.
Tabiiy resurslardan foydalanish sur’atlari oshib ketdi.
Oykumena chegarasi kengayib ketdi.
Jamiyat va tabiat o’rtasidagi muvozanat buzildi.
Qaysi davlatlar tabiiy resurslarning deyarli barcha turlari bilan yaxshi ta’minlangan?
1.Rossiya, AQSH, Xitoy
2. Kanada, Braziliya, Avstraliya
3. Markaziy Amerika, Avstraliya
4. Xitoy, Avstraliya, Rossiya
5. Okeaniya va Karib havzasi, AQSH, Xitoy
Geografik muhit tushunchasi
1.O’zlashtirilmagan hududlar
2. Oykumena
3. O’ziga xos yashash muhiti
4. Antropogen landshaft
5. O’zlashtirilayotgan hududlar
Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirining 1-bosqichi qanday bo’jgan?
1.Yovvoyi meva va o’simliklar yig’ish
2. ovchilik va baliqchilik rivojlandi.
3. Yangi yerlar o’zlashtirildi.
4. Insonning tabiatga moslashuvi
5. jamoa bo’lib yashash
O’rta asrlar davrida qanday voqealar sodir bo’ldi?
1.Yangi yerlarni o’zlashtirish kuchaydi.
2. Tabiiy resurslardan foydalanish kengaydi.
3. Aholi ko’paya boshladi.
4. Yerlarga ishlov berildi.
5. Insonlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullana boshladi.
Jamiyat o’z ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy resurslardan foydalanadi. Buning natijasida esa…..
1.Tabiiy boyliklarning yangi turlari topildi va ko’paytirildi.
2. Tabiatda chiqindilar ko’payib ketdi.
3. Atrof-muhit ifloslandi.
4. Tabiiy resurslar kamayib ketdi.
5. Ekologiya buzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |