Ma’lumotlarni tahlil qilish usuli “Nilufar guli” sxemasi “Nilufar guli” sxemasi:
Muammoni hal etish usuli. O’zida Nilufar guli obrazini mujassam etgan 9ta katta kvadratlar chiziladi va ularning har birini ichiga kichik 9ta kvadrat chiziladi. Asosiy muammo markaziy kvadratning markaziga yoziladi. Uni hal qilish g’oyalari markaziy kvadrat atrofida joylashgan qolgan 8ta kvadratlarga yoziladi. Juftlarga birlashiladi, o’z sxemalarini taqqoslaydi va qo’shimchalar kiritadi. Umumiy sxemaga joylaydilar. “Nilufar guli” sxemasi tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko’nikmalarini beradi.
Masalan:“Nilufar guli
segmenta
r
|
|
ishemiya
|
|
Tremor
|
|
Reoksige
nasiya
|
|
bulbar
|
Tomir
tortish
|
|
tutqano
q
|
|
Isteriy
a
|
|
afoniya
|
|
falajlar
|
Metab
olik
|
|
trofik
|
|
Gipoksi
ya
|
|
Gomeo
staz
Buzilis
hi
|
|
ishemiy
a
|
Paraplegi
ya
|
|
Refleksla
rning
ezilishi
|
|
Spinal
Shok
|
|
Spazm
|
|
Lokomot
or
tormozsiz
lanish
|
128
trofinlar
|
|
trofoge
nlar
|
|
Distro
fiya
|
|
viruslar
|
|
toksinl
ar
|
Aqliy
ojizlik
|
|
qarilik
|
|
dendritl
ar
patologi
yasi
|
|
Alsgey
mer
|
|
Tikanc
halar
reduksi
yasi
|
Maqsad. Guruh talabalarining hammasini bir vaqtning o’zida bilimini nazorat qilish.
Ishni o’tkazish tartibi:
Guruh 2-3 talabadan iborat kichik guruhlarga bo’linadi. Guruh talabalarining hammasi 1 ta savol yoki vaziyatni o’z aro tahlil qilishadi. Har bir to’g’ri javob bergan guruhchaga ball sifatida “qor bo’ron” yozib qo’yiladi. Natijada eng ko’p bo’ronlar to’plangan guruhcha g’olib bo’ladi.
Ish o’yinini o’tkazish uchun savollar:
Patologik refleks nima va uning kasallik rivojlanishidagi ahamiyati.
Nerv sistemasi faoliyati buzilishining sabablari.
Eksprimental nevrozlarni chaqirish yo’llari
Bakterial toksinlar ta’sirida bosh miya po’stlog’ida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?
Patologik reflekslarni paydo bo’lish sabablariga nimalar kiradi?
Nerv sistemasi funsiyasining yo'qolishi.
Nerv sistemasining u yoki bu tuzilmasining shikastlanishi uning funksiyasi buzilishi yoxud yo'qolishiga olib keladi. Ammo, nerv tuzilmalarining yuqori darajadagi kompensator mexanizmlari borligi va ularning faoliyati tufayli ushbu nuqson va buzilishlar ko'pincha ularning boshlanishida emas, balki keyinchalik (ayrim sabablarga ko'ra) sezilarli o'zgarishlar bilan yuzaga kelib namoyon bo'lishi mumkin. Shuni ta'kidlash lozimki, agar nerv sistemasi nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqqanligi boshlangan bo'lsa, demak bu sistemaning ishonchliligi va kompensator imkoniyatlari toliqqan yoki ularning yetarli darajada bo'lmaganligidan dalolat beradi. Bunday o'zgarishlar faqat organik bo'libgina qolmay, balki qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o'zaro munosabati, kuchi va buzilishlari oqibatida ham yuz berishi mumkim.
Orqa miya shoki.
Bu orqa miyaning uzilishi natijasida yuzaga keluvchi, uzilgan joydan pastda amalga oshadigan harakat va vegetativ reflekslarning nihoyatda kuchli(ammo, orqaga qaytishi, ya'ni, tiklanishi mumkin bo'lgan) ezilish (amalda tushib qolishi) bilan xarakterlanadigan holat. Reflekslarning ezilishi bosh miya tomonidan faollashtiruvchi ta'sirlarning yo'qolishi bilan bog'liq. Bunday holat bir necha yillar davom etishi mumkin. Bunday to'la paraplegiyadan so'ng funksiyalarning tikanishi avval yumish (masalan, kaftni) patologik xarakteriga ega, Babinskiy turidagi reflekslar, so' ngra umumiy reflekslarning va orqa avtomatizm turidagi reflekslarning paydo bo'lishi, surunkali davrda esa ba'zida yumish spazmlariga o'tib ketadigan ochish (masalan, kaftni) reflekslarning yuzaga kelishi bilan harakterlanadi
Neyron funksiyalarining buzilishlari, qo'zg'alish o'tkazilishining buzilishi.
Akson bo'yicha qo'zg'alishning tarqalishi membrana depolarizatsiyasining va aksonga natriy ionlarini kirishining navbatma-navbat uyg'unlashishi natijasida amalga oshiriladi. Natriy kirishining yetishmovchiligida ta'sir potensialining ishlab chiqarilishi, qo'zg'ailishning hosil qilinishi va uzatilishini buzilishiga olib keladi. Bunday natija mahalliy anestetiklar (novokain, lidokain) yoki maxsus blokator hisoblanuvchi tetrodoksin bilan natriy kanallari to'silganda ham kuzatiladi. Natriy kanallarining faolsizlanishi tufayli membrananing qayta qutblanishi (repolyarizatsiya)ning buzilishi ham qo'zg'alish o'tkazilishining to'xtashiga olib keladi.
Gipoksya. Ishemiya va neyron funksiyalari.
Energiyaga yuqori talabchanlik tufayli neyronlar va MNS kislorod bilan ta'minlanishi yuqori darajada bo'lishi kerak. Kislorodning iste'mol qilish faqat 20%ga kamayishining o'zi odamning hushdan ketishiga, anoksiya 5-8 daqiqa davom etsa, kislorod yetishmovchiligiga nihoyatda sezgirlikdan chuqur (qaytmas, tiklanmas) o'zgarishlar yuzaga keladi. Miyaning to'la ishemiyasida esa chuqur, ko'pincha qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar bir necha sekund ichidayoq paydo bo'ladi.
Giperkineziya.
Beixtiyoriy harakatlarning mo'lligi bilan harakterlanuvchi bu tur asosan yoki ustivor po'stloq, po'stloq osti yoki o'zakdan kelib chiqqan giperkineziyalar farqlanadi.
Ko'pincha ularning sababi yallig'lanish, tomirlar o'zgarishi, o'sma, shikastlanishga bog'liq kasalliklar tufayli ekstrapiramidal sistemaning shikastlanishiga bog'liq.
129
Nevrozlar.
Turli nerv buzilishlari ichida o'zining eng tarqalganligi va ko'proq uchrashiga ko'ra birinchi o'rinlarda turadi. Nevroz kasalligining ko'rsatkichlari uning, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda, so'ngi vaqtlarda ko'payishga moyilligidan dalolat beradi.
Isteriya
(grekcha hystera-bachadon). (Qadim grek shifokorlari ayollarda isteriyaning ko'p uchrashini bachadon funksiysining buzilishi bilan bog'laganlar). U ko'proq ayollarda ucharaydi. U shaxsning xaddan ortiq talabchanligi, da'vogarligi va ayni vaqtda ob'ektiv br imkoniyatlarni va atrofdagilar talabini inkor etish bilan harakterlanadigan nevrotik nizo bilan ifodalanadi
Adekvat (mos bo'lmagan) xatti-harakat.
Bemorlar ortiqcha sezuvchan, hissiyotli, o'z-o'ziga va boshqalarga tezda ishonuvchan, fe'l- atvorining noturg'unligi bilan harakterlanadi. Isterik hissiyotlar-kechinmalar, ma'lum holatlarga mo'ljallangan xulq-atvorni “namoyish etish” va ularni yasama kuchaytirib, bo'rttirib ko'rsatishga intilish bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |