Masalan : T - jadval bitta konsepsiyali ma’lumotlarni 2 la tomoni afzalliklari va kamchiliklarini solishtirib chiquvchi universal grafikli organayzer hisoblanadi. Bu solishtirish jadvalidir .
T - jadval individual to’ldiraladi Masalan : Isitma T - jadval
Ahamiyati
Asoratlari
Himoya reaksiyasi
Gipertermik sindrom
Mikroblar ko’payishigato’sqinlik qiladi
Diurez kamayadi
Fagositoz aktivlashadi
Kollaps
Rezistentlik oshadi
Gallyusinasiyalar
Antitanalar ishlab chiqadi
Intoksikasiya
Ajratilgan vaqt oralig’ida tartibda (juftlikda) to’ldiradi, uning o’ng tomoniga esa chap tomondagi ifodaga qarama - qarshi fikrlar yoziladi. O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ish: Oq kalamushlarining teri ostiga pirogenal yuborib, isitma jarayonining rivojlanishi ,a’zolar faoliyatining buzilishlari va h.k larni ko’zatish.
Termometrda tana haroratini o’lchash.
Isitma Isitma -bu gomoyotermli jonivorlarga xos issikdik hosilbo’lishi va ajratilishiga oid murakkab reaktsiyalar idora etilishining buzilishi, aslida himoyaviy ahamiyatga ega va gomeostazni tashqi tomondan, asosan tana haroratining oshishi bilan xarakt erlanuvchi tipik patologik jarayon.Isitma gomoyotermlilar evolyutsiyasi davomida, birinchi navbatda infektsion agentlarga nisbatan moslashuv reaktsiyasi sifatida shakllangan, umuman organizmning tabiiy rezistentligi bilan bevosita bog’liq jarayondir. Isitma ayrim hollarda o’z oqibatiga ko’ra faqat himoyaviy emas, balki nihoyatda kuchli shikastlovchi omil hamdir, Tana haroratining ko’tarilishi bilan o’tadigan kasalliklar qadimdan «isitma» deb nomlangan. Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham ba'zi kasalliklar hamon isitma deb ataladi (masalan, bezgak isitmasi; «sariq isitmasi», Ku isitmasi va h.k.). Isitmaning sabablari va rivojlanish mexanizmlari XIX asrda organizm va tashqi muhit o’rtasidagi issiqlik almashinuvi haqida ma'lumotlar olingandan keyin chuqur o’rganila boshladi. XX asrning ikkinchi yarmida har xil bakteriyalarning pirogenlik xususiyatlari o’rganildi. 1950 yillarda bakterial preparatlar organizmga kiritilganda qon va limfada ikkilamchi (endogen) pirogenlar hosilbo’lishi va ularni leykotsitlar ishlab chiqarishi aniqlandi. 12.1 A'zo va tizimlarda sodir bo’ladigan o’zgarishlar. Markaziy nerv sistemasi tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar: uyqusizlik, charchash, bosh og’rig’i, chil-parchinlikni sezish, hushni yo’qotish, alaxsirash va gallyutsinatsiyalar. Bu o’zgarishlar qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari o’zgarishi natijasida yuzaga kelib, bir tomondan, isitma, ikkinchi tomondan, intoksikatsiya darajasiga ham bog’liqdir. Isitmada ayniqsa simpato-adrenal sistema faoliyatining o’zgarishlari sezilarli bo’ladi. qon da adrenalin va noralrenalin mikdori orta boshlaydi, pirogen moddalar, nihoyat, isitma ja-rayonining o’zi kuchli stress omili bo’lganligi uchun, xuddi umumiy adaptatsion sindromga o’xshash mchki sekretsiya bezlari sistemasida nomaxsus o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bunda, chunonchi buyrak usti bezi po’stloq qismining giperplaziyasi, AKTG mikdorining oshishi, glyukokortikoid gormonlarning ko’payishi, limfotsitlarning kamayib ketishi kabi o’zgarishlar yuz beradi-ki, ular ana shundan dalolat beradi.Qon aylanish sistemasi. Tana haroratining 1oS ga ko’tarilishi pulsni 1 minutda 8 - 10 ga ortishiga olib keladi. Bu sinus tuguni isishi hamda simpatik nerv tonusining oshishi bilan bog’liqdir. Ayrim kasalliklarda (ich terlama, qaytalama tif) intoksikatsiya hisobiga isitma vaqtida taxikardiya o’rniga bradikardiya bo’ladi. Isitmaning birinchi bosqichida teri tomirlarining spazmi xisobiga qon bosimi oshadi, ikkinchi davrida ana shu holat saqlanadi, uchinchi davrida harorat birdaniga tushib ketganda qon bosimi birdapiga ko’tarilib, kollaps holati yuz berishi mumkin. Tashqi nafas olish birinchi bosqichda biroz sekinlashsa-da, harorat ko’tarilganda bosh miya haroratining oshishi hisobiga nafas olish tezlashadi. hazm sistemalarida anchagina o’zgarishlar bo’ladi: so’lak ajralish buzilgani uchun til guruh va karash qoplagan bo’ladi, oshqozon shirasi miqdori va kislotaliligi kamayib ishtaha yo’qoladi. Bu o’zgarishlar ham isitma, ham bakterial intoksikatsiyalar hisobiga bo’ladi. 104 Moddalar almashinuvi tomonidan bo’ladigan o’zgarishlar asosiy almashinuvning oshishi, avvaliga uglevodlarning yonishi kuchayib, keyinchalik yog’larning oksidlanishi kuchayadi va keton tanachalari yiqilishi bilan xarakterlanadi. Oqsil almashinuvi uchun xos bo’lgan oqsillarning parchalanishi va mochevinaning siydik bilan ko’p ajralishi, manfiy azot balansi kabi o’zgarishlar ham isitmaga hamda intoksikatsiyaga bog’liqdir. Suv-elektrolit almashinuvi tomonidan isitmaning birinchi davrida art erial bosim ortishi natijasida diurez ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa aldosteron ko’p ishlab chiqarilgani uchun to’qimalarda Natriy ushlab holinib diurez kamayadi. Uchinchi davrida esa xloridlar va Natriy ko’p chiqarilishi bilan birga siydik va ter ko’p ajraladi. Isitmaning ahamiyati. Isitma organizmning himoya reaktsiyasi bo’lishi bilan birga ayrim hollarda zararli ham bo’lishi mumkin. Isitma patofiziologiyasi sohasida ko’p yillar ilmiy ishlar olib borgan taniqli olim P. N. Veselkinning fikricha, isitmalash qobiliyati evolyutsion rivojlanish nuqtai nazaridan biron-bir populyatsiyaning saqlanishi uchun kerakli xususiyatdirki. Agar u yuz bermagan taqdirda gomoyotermli hayvonot olami tabiiy tanlanish jarayonida yo’qolib ketgan bo’lardi. Umumlashtirib aytilgan bu fikrda isitmaning asosiy biologik mohiyati ko’rinib turibdi. Yuqori harorat ko’pgina mikroblarning ko’payishiga to’sqinlik qiladi. 40°S da tubsrkulez tayog’chasiga streptomitsinning ta'siri 37"S dagiga nisbatan 300 barobar yuqoridir. Isitmada fagotsitoz aktivlashadi, antitanalar, interferonlar ishlab chiqarish kuchayadi, immunokompetent hujayralarning reaktivligi ortadi, viruslar reproduktsiyasini bosib turuvchi hujayra ichidagi fermentlar faollashadi. Isitma organizmga stress sifatida ta'sir qilgani uchun organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi. Shuning uchun xam tozalangan pirogenlar (pirogenal, piroefir va b.) zaxmning o’tib ketgan turlarida, suyak-bo’g’im silida, o’pkaning kavernali silida va boshqa larda piroterapiya uchun ishlatiladi. Shunga ko’ra isitmaning ijobiy ta'siri tufayli neyrozaxm, so’zak, psixoz, dermatit, allergiya, tromboflebit kabi kasalliklarda bemor ahvoli yaxshilanib, u shifobaxsh ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun undan amalda foydalanadilar. Issiq urishi (sinonimlari: organizmning qizib ketishi, gipertermiya). Bu holatlar issiqlik balansining buzilishi natijasida organizmda issiqlik mikdorining oshishi bilan xarakt erlanadi. Buning isitmaga aloqasi yo’q, unga qarama-qarshi holat bo’lib organizmning kompensator imkoniyatlari qurigandan keyin yuzaga keladi. Isitmada termoregulyatsiya haroratning ko’tarilishiga qaratilgan bo’lib, gipertermiyada esa organizm bunga qarshilik qiladi.Bunda pirogen moddalar rol o’ynamaydi. Issiq urishi - bu tashqaridagi issiq omillar ta'sir qilganda organizmning qizib ketishi bilan tavsiflanadigan holatdir. U tashqaridan ortiqcha issiqpik tushishi natijasida t ermoregulyatsiyaning buzilishidan kelib chiqadi. Issiqlikni uzatishga to’sqinlik qiluvchi va issiqlik hosilbo’lishini kuchaytiruvchi omillar tananing qizib ketishini tezlatuvchi omillardir. Issiq urishi issiq sexlarda ishlovchilarda, sayyoxdarda uchrashi mumkin. Oftob nurlarining boshga to’gri dan-to’gri ta'sir qilishi natijasida oftob urishi yuzaga keladi. Issiq yoki oftob urishlarining klinik belgilari deyarli bir xil bo’lgani uchun ularni alohida holat deb qaralmasa ham bo’ladi. Issiq urishi kuchli ter ajralishi natijasida qon ning quyuqlanishi va suv-elektrolit almashinuvining buzilishi bilan boradi. Markaziy nerv sistemasida miya to’qimasi va pardalarida giperemiya va shish bo’lgani uchun nevrologik simptomlar bilan o’tadi. Issiq urgan odamlarga beriladigan yordam asosan organizmdan issiqlik yo’qotishni tezlatishga qaratilgan bo’lishi kerak. Gipertermik sindrom. Bu gipotalamusda t ermoregulyatsiyaning buzilishi natijasida birdan tana haroratining 40°S va undan yuqoriga ko’tarilib ketishi bilan tavsiflanadi. Bu sindrom bosh miya o’smalari, shikastlarida, qon quyilganda, infektsiyalarda va shu kabilarda gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazlariiing zararlanishidan kelib chiqadi. Bulardan tashqari, narkotik moddalar va miorelaksantlar birgalikda berilganda ham kuzatilishi mumkin. Isitma - bu gomoyotermli jonzotlarga xos tipik patologik jarayon bo’lib, organizmni temperatura gomeostazini idora etilishini qayta qurilishi (perestroyka) natijasida tana temperaturasini oshishi bilan xarakterlanadi. Isitma gomoyotermli jonzotlar evolyutsiyasi davrida infektsion agentlarga nisbatan moslashuv reaktsiyasi shaklida yuzaga kelib, organizmni tabiiy rezistentligini oshiradi. Ayrim vaqtlarda zarar ham keltirishi mumukin. Tana temperaturasini ko’tarilishi bilan o’tadigan hamma kasalliklar qadimdan "isitma" deb atalgan.Isitma hozir mustaqil kasallik deb hisoblanmasa ham, ba'zi kasalliklar hamon isitma deb
ataladi(masalan bezgak isitmasi, iskabtopar isitmasi, Ku isitmasi).Isitmaning sabablari va rivojlanish mexanizmlari 19 asrda organizm va tashqi muhit o’rtasidagi issiqlik almashinuvi haqidagi ma'lumotlar paydo bo’lgandan keyin chuqur o’rganila boshladi. 20 asrning ikkinchi yarmida har xil bakteriyalarning pirogenlik xususiyatlari o’rganildi.Mikroblarning patogenligi va pirogenligi o’rtasida bog’liqlik yo’h.kuchli pirogen gram manfiy mikroblarning endotoksini bo’lib, termostabildir.1950 yillarda bakterial preparatlar organizmga kiritilganda qon va limfada ikkilamchi(endogen) pirogenlar hosilbo’lishi aniqlandi.Uning farqi termolabilligidadir.Bu moddadalarni donador leykotsitlar ishlab chiqarishi aniqlandi. Termoregulyatsiya Ma'lumki, qon va ichki organlar harorati 37oS, kun davomida 1,0-1,2oS ga o’zgarib turadi. Bu farq 2,5-3,0oS atrofida bo’lsa, kishi yomon ahvolga tushadi, 43oS da hayot tugaydi. haroratning ma'lum bir darajada o’zgarmagan holda ushlab turilishi, ya'ni gomotermiya(yoki issiqlik gomeostazini) ta'minlash,uni hosilqilib ajratib turish,umumlashtirib aytganda kimyoviy va fizikaviy boshqa rish omillari hamda mexanizmlari orqali amalga oshiriladi. Issiqlikni asosiy manbai oziq-ovqat moddalaridir.Organizmda hosilbo’lgan energiyaning deyarli 30-40% bevosita issiqlik ko’rinishidagi holidir.Bu ikkilamchi issiqlikdir. Ximiyaviy termoregulyatsiya-bu quyidagilar hisobiga issiqlik hosilbo’lishi bilan xarakterlanadi:
skelet mushaklarining maxsus qisqarishi xisobiga. Mas., odam tinch yotganida mushaklarini taranglasa issiqlik hosilbo’lishi 10% ga oshadi,ozroq harakat qilsa 50-80% ga oshadi.O ir ish qilganda issiqlik hosilbo’lishi 400-500% gacha oshadi.
sovuqdan mushaklar titrasa issiqlik hosilbo’lishi 2-3 barobar ortadi.
sovuqda jigar va buyrakda issiqlik hosilbo’lishi ortadi.
Fizikaviy termoregulyatsiya- bu 3 yo’l-mexanizm orqali amalga oshiriladi: 1.issiqlikni u yoki bu qismga (muhitga) o’tkazish; 2.issiqlikni nurlanish orqali atrofga tarqatish;
Terlash va nafas yo’li bilan bulatish. Bu quyidagi yo’llar bilan uzatiladi:
tomirlarda qonning to’lishi, oqish tezligining ortishi hisobiga teri orqali issiqlik yo’qotiladi.
105
teri orqali peripiratsiya hisobiga, ya'ni epiteliylar orqali suv chiqib bulanishi hisobiga 20% issiqlik yo’qotiladi. 1g suv bulansa, 0,58 kkal energiya yo’qotiladi.
tana holatini o’zgarishi hisobiga. Mas., hayvonlar sovuqda bukla nib oladilar.
sovuqda "oz terisi" bo’lganda teridagi tuklar ko’tarilib, katalgalar hosilqilinib, issiqlik ushlab holinadi.Haroratni idora etish va bir me'yorda ushlab turish issiqlik hosilqilish va uni ajratish jarayonlarini o’zaro munosabatlarini, ularning bir biriga muvofiqligini,qolaversa muvozanatini idora etish nerv va endokrin tizimlari, ularning turli bo’limlari, bo’g’imlari orqali amalga oshiri- ladi..Bundan tashqari bu zonalar harorat o’zgarishlarini to’gri dan-to’ri ham sezadilar.Gipotalamusning orqa qismida esa harorat ma'lumotlari int egratsiyalanadi va fizik hamda ximik termorugulyatsiyalarni boshqa ruvchi effektor stimullar hosilbo’ladi.Bu markazlar uchun mustaho’zalishni o’tkazuvchi maxsus moddalar: atsetilxolin, serotonin, noradrenalin. Natriy, kaliy ionlari kontsentratsiyasining bosh miya qorinchalarida ortishi bu neyronlar qo’zg’aluvchanligini o’zgartiradi.Odamda sovuq va issiq sezuvchi retseptorlar qo’zg’alganda termoregulyatsiya markaziga impulslar keladi. Bu impulslar simpatik nerv yo’llari orqali moddalar almashinuvini,ion almashinuvini o’zgartiradi, titrash va hansirashlarga olib keladi.
Etiologiyasi. Isitma ko’p kasalliklarning tipik simptomi bo’lib,organizmga mikroblar,ularning toksinlari, qon, oqsil, yog’lar quyilganda yuzaga keladi. Klinikada infektsion va noinfektsion isitmalar tafovut etiladi. Isitma chaqiruvchi moddalar pirogen moddalar deyiladi. Ular ikki xil bo’ladi: l.Birlamchi pirogenlar:
mikroblarning endotoksinlari. Gram manfiy mikroblarning endotoksinlari 3 qismdan iborat: lipoid, polisaxarid va oqsil. Lipoid qismi intoksikatsiya va isitma chaqiradi.
asseptik yallig’lanish va infarktlarda
viruslar, rikketsiyalar, spiroxetalar va oqsillar
Bu moddalarning o’zi isitma chaqirmaydi,lekin ular ta'sirida organizmdagi hujayralarda ikkilamchi pirogenlar ishlab chiqariladi. 2.Ikkilamchi pirogenlar:granulotsit va monotsitlarda birlamchi pirogenlar ta'sirida hosilbo’ladi.Ular endogen leykotsitar pirogen yoki interleykin-l deyiladi. In vitro sharoitida pirogen moddalar ta'sirida neytrofillar l6-l8 soat davomida, monotsitlar esa 35 soat davomida leykotsitar pirogenni ishlab chiqaradi. Ulardan tashqari yana interferon, lizotsim, PG va boshqa lar ham ishlab chiqariladi. Patogenezi. Isitmaning asosida leykotsitar pirogenlar tomonidan termoregulyatsiya markazlari ishining qayta qurilishi yotadi. Bu esa markazning o’ziga kelayotgan signallarni(sovuq,issiq) sezish bo’sag’asining o’zgarishi bilan xarakterlanadi, ya'ni sovuqqa sezgir neyronlarning aktivligi oshadi, issiqqa sezgir neyronlarniki esa tormozlanadi..Isitmada teromoregulyatsiya markazi faoliyatining qayta qurilishi quyidagicha tushintiriladi: odatda periferiyadan kelgan impulslar termoregulyatsiya markazida integratsiyalanib fizik va ximik termoregulyatsiyaga ta'sir qiladi. Pirogen moddalar markazning termosezgirmas neyronlari faoliyatini buzadi,natijada markazning sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlari signallarini solishtiruvchi faoliyati o’zgaradi.Bu esa harorat gomeostazi nuqtasini o’zgartiradi.
harorat gomeostazining nuqtasi sovuqqa va issiqqa sezgir neyronlarning funktsional holati bilan ifodalanadi.Pirogenlar sovuqni sezuvchi neyronlarning aktivligini oshiradi,issiqni sezuvchi neyronlarnikini esa pasaytiradi.Natijada markazning sovuqni sezish bo’sag’asi pasayadi va normal harorat pasaygan deb qabul qilinib,issiqlikning ajratish yo’llari berkitiladi,tana haroratinin ko’tarilishi kuzatiladi.
Amaliy qism. 1-tajriba.Oq kalamushlarining teri ostiga pirogenal yuborib, isitma jarayonining rivojlanishi, a’zolar faoliyatining buzilishlari va h.k larni kuzatish. 106Maqsad: Isitmaning eksperimental (tajribaviy) modelida uning sabablari, bosqichlarining rivojlanish mexanizmlari va isitma jarayonida a’zolarda yuz beradigan o’zgarishlarni o’rganish. Kerakli anjomlar:Pirogenal,6 ta oq kalamush,elaktrotermometr,shpritslar Ishning borishi: Oq kalamushlarining teri ostiga pirogenal yuborib, isitma jarayonining rivojlanishi, a’zolar faoliyatining buzilishlari va h.k larni kuzatish. Ularning kelib chiqish mexanizmlari, mohiyati haqida tushuncha hosil qilish. Buning uchun voyaga yetgan (og’irligi 120gr dan k am bo’lmagan ) oq kalamushning dastlab to’g’ri - yo’go’n ichagi haroratini elektrotermometr 106 H.Y.Karimov., Saidov.S.A., SH.SH. Bobojonova. Patologiya. T., “Tafakkur qanoti”, 2014y. 97 -99b bilan o’lchanadi. So’ng 10 ml pirogenaldan teri ostiga yubo riladi. Keyin har 10-15 daqiqada yuqorida aytilgan usul bilan tana harorati o’lchanib, hayvonning nafas olishi, harakatlari kuzatiladi va ularning natijalari bayonnomada belgilanadi. 2-tajriba: Maqsad:Termometrda tana haroratini o’lchash. Tibbiyotda simobli va raqamli termometrlardan foydalaniladi. 17-rasm. Kerakli anjomlar: Raqamli va simobli termometr Ishning borishi: Talabalar qo’ltiq ostiga 10 minut termometr qo’yib tana haroratlarini o’lchab, daftarga yozib qo’yadilar. Topshiriqlar: Tajribadan olingan natijalar bayonnomaga yozilib, xulosa chiqariladi.