3. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi.
4. Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi.
Qayta qurish va uning bosqichlari.
KPSS MK Aprel (1985-y.) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi.
Qayta qurishning birinchi bosqichi
(1985-1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarni an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi.
Mazkur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirish mo‘ljallangan edi.
Qayta qurishning ikkinchi bosqichi (1987 – 1989-yillar) jamiyatning barcha jabhalarini kompleks tarzda isloh qilishni kun tartibiga qo‘ydi.
1987-yil yanvar va 1988-yil iyunda bu vazifalar yanada konkretlashtirildi va uning asosiy maqsadi sovet jamiyatini to‘liq demokratlashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Qayta qurish oshkoralik, demokratiya va fikrlar xilma-xilligining ma’lum ma’noda kuchayishiga imkoniyat yaratdi.
Ammo mamlakatda tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy inqirozning keskinlashuvi
Ana shunday sharoitda O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbariyati Markaz oldida o‘zining no‘noq va noshudligini ko‘rsatdi.
Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxirigacha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holatning sabablari quyidagicha edi:
Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish oson edi.
Birinchidan, qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi.
Uchinchidan, qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa ham Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi. Kreml ittifoqdosh respublikalarning SSSRdan ajralib, mustaqil davlat tuzishlariga qarshi jon-jahdi bilan qattiq turdi.
To‘rtinchidan, M.S.Gorbachyov g‘oyasi asosida qayta qurishni amalga oshirish mumkin emas edi.
Farg‘ona fojiasi va uning mohiyati
Markaz jilovni qo‘ldan bermaslik uchun butun imkoniyatlarni ishga solayotgan bir sharoitda 1989-yil may-iyun oylarida Quvasoyda yoshlar o‘rtasida bo‘lgan bezorilik vodiyda millatlararo to‘qnashuvni (mesxeti turklari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida) keltirib chiqardi.
1989-yil 7-8-iyunda Qo‘qon shahrida mahalliy aholi qatnashgan tinch namoyish harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida 50 dan ziyod namoyishchilar halok bo‘ldi.
1990-yil iyunda Farg‘ona vodiysining O‘sh va O‘zgan shaharlarida (qo‘shni Qirg‘iziston hududida) qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida etnik mojaro kelib chiqdi.
Bu mojaro (O‘sh qirg‘ini) natijasida minglab gunohsiz o‘zbeklar halok bo‘ldi. Markaz murakkab etnik vaziyatdan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishga intildi, azaliy qon-qardosh hisoblangan turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo‘ydi.