Aholi yashaydigan joy – kirish va chiqish yo`llari 5.22 – 5.25 belgilari bilan belgilangan hudud.
5.22-5.23 belgilari oralig`idagi hududda harakatlanish qoidalarining aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadi.
5.24-5.25 belgilari oralig`ida aholi yashaydigan joylarda harakatlanish tartibini belgilovchi talablarga amal qilinmaydi, balki yuqori tezlik yo`l harakatiqoidalari bilan belgilanadi.
Belgilangan yo`nalishli transport vositasi – belgilangan yo`nalishli va bekatlari bo`lgan, yo`lovchi tashish uchuch mo`ljallangan umumiy foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, avtobus, tramvay, yo`nalishli taksi).
Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi – yo`l harakati qoidalarining 5.2 bandi talablariga muvofiq, yo`lda bir yo`nalishda, birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.
Reversiv harakat – yo`l qatnov qismining maxsus ajratilgan, 5.35-5.37 yo`l belgilari, 1.9 chiziqlar bilan belgilangan yoki ustida reversiv svetofor o`rnatilgan bo`lagida harakat yo`nalishining qarama-qarshi tomonga o`zgarishi.
Ruhsat etilgan to`la vazn – aslahalangan transport vositasining yuki, haydovchi va yo`lovchilari bilan birga, ishlab chiqaruvchi korhona tomonidan belgilangan eng yuqori vazni (miqdori).
Tartibga soluvchi – tegishli guvohnomasi va belgisi (maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari: qo`l bog`ichi, jezl, qizil ishorali yorug`lik qaytargich yoki yorug`lik qaytargichsiz gardish, qizil chiroq yoki bayroqcha) bo`lgan militsiya, harbiy avtonazorat xodimi, yo`ldan foydalanish idoralarining hizmatchisi, temir yo`l kesishmasi va sol kechuvlari (parom) navbatchisi, jamoatchi avtonazoratchi hamda militsiyaning shtatdan tashqari hodimi.
Temir yo`l kesishmasi – yo`lning temir yo`l bilan bir sathda kesishgan joyi.
Transport vositasi – odamlarni, yuklarni tashishga yoki mahsus ishlarni bajarishga mo`ljallangan qurilma.
Transport vosirasining egasi – transport vositasiga mulk xuquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shahs.
Trotuar – yo`lning qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq mahsus to`siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun ajratilgan qismi.
Tirkama – mehanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga mo`ljallangan yurgizgich bilan jihozlanmagan transport vositasi.
Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |