Qaysi olimning asarida pedagogika alohida fan maqomiga EGA bo‘ldi?


O‘qituvchi faoliyatida kasb mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni belgilang?



Download 59,09 Kb.
bet5/10
Sana21.06.2022
Hajmi59,09 Kb.
#689522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
201-guruh Jaksilikov Nurasqan Pedagogika

O‘qituvchi faoliyatida kasb mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni belgilang?

  1. Jismoniy, intelektual, mehnat, ijtimoiy, psixologik.

  2. Ta’limiy, nazoratli, umumlashtiruvchi; tarbiyaviy,rivojlantiruvchi; ijodiy; kommunikativ, tashhisli, kasbga yo‘nalganlik

  3. Fanli, syujetli, rasmli, ishbilarmonlik, immitatsion, drammatik.

  4. Kompyuterli, televizorli, o‘qitishning texnik vositalarli; harakat qiluvchi texnikali.



TEST JAVOBLARI

1

2

3

4

5

20. 6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

D

D

A

A

A

B/A

A

C

B

D

A

C

A

H

H

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

29

30

E

E

E

F

E

E

G

F

D

C

B

A

C

E

D


2-TOPSHIRIQ.
Savollarga yozma ravishda javob bering.

1. Abu Rayxon Beruniyning ilmiy –pedagogik qarashlari.
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy х asrning ikkinchi
yarmi va хИ asrning boshlarida, g`oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu
Rayhon Beruniy 362 yil 3-iyulda (milodiy 973 yil 4-sentyabr) Xorazmning Qi yod
(Kot) shahrida dun yoga keldi. Berun yoki birun so`zi ―tashqari degan ma’noni anglatadi.
X asr boshlarida Xorazmda bo`lgan mashhur sa yoxatchi va geograf Yoqut
Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini xorazmiyliklar
―Beruniy laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu an’anaga ko`ra uning nomiga
qo`shilib qolgan bo`lsa ehtimol. Chunonchi, olimni shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul
Fazil Bayhaqiy unga nisbatan ―Beruniy laqabini qo`llamay, faqat ―Abu Rayhon deb
ataydi. ―Abu Rayhon esa ―marhamatli, ―rahmatli, ―rahmdil ma’nolarini
bildiradi, - degan fikrlarni aytadilar.
Abu Rayhon Beruniy boshlang`ich ta’limni olgach, o`sha davrda fan – madaniyat
taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorzam tili bilan birga sug`diy, forsiy, sur yoniy, Yunon, qadimgi yahudiy
tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o`rgangan. U Yunon klassik ilmi,
astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, falsafa va
filologiyadan ham chuqur bilim oladi.
Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning
astronomik ta’limotlaridan dars olgan
Bundan tashqari o`zidan oldin o`tgan matematik, munajjim va geografiya olimi
Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg`oniy (Их asr), Marvaziy
(X asr), Javhariy (X asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo
Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), Abu Muhammad Hamid
Xo`jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o`rganadi.
995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalrini hal
etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib Er va Osmon globusini yasadi va astronomiyaga
oid bir necha kitob yozdi (―Kartografiya, ―Globus yasash kitobi , ―Erdagi joylarning
uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola va boshqalar).
Beruniy hali juda yosh olim bo`lishiga qaramay, Kot shahrida 994-995 yillarda
astronomik kuzatishlar o`tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o`zi astronomik asboblar ixtiro
etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarshi hujum qiladilar.
Urganch amiri Ma’mun И tomonidan Beruniy ijod eta yotgan Kot shahri zabt etilib (bu
shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo`lgan), yagona Xorazm davlati tashkil topadi.
Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo`lgan Beruniy ham boshqa olimlar kabi Kotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-sharqi)da, so`ng Rayda (Tehron
yaqinida) yashaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va kelajakdagi ustozi Abu Sahl
Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
O`sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh
olimga xayrixohlik ko`rsatadi. ―Shams al-Maoliy (―Oliy martabalar qu yoshi) laqabi
bilan mashhur bo`lgan bu podshohga bag`ishlab Beruniy ―Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O`rta
Sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi
va uning yaqin maslahatchisi bo`lib qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda ―Ma’mun akademiyasi nomli ilmiy markaz tashkil
etiladi va u erda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko`rsatadi.
Beruniy bir necha yil kam yob metallar va qimmatbaho toshlar ustida kuzatishlar va
tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida ―Mineralogiya
asarini yaratadi.
1017-1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda
qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Afg`onistonda Mahmud G`aznaviy (998-
1030) xukmronligi o`rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo`lib qoladi.
Ma’mun akademiyasidagi ko`plab olimlar qatori Beruniy ham G`aznaga olib
ketiladi va u erda ko`p qiyinchiliklar bilan o`z ijodini davom ettiradi.
Beruniy bu erda o`zining ―Xorazmning mashhur kishilari , ―Tahdid nihot alamokin li tashih masofot al – masokin, (―Turar joylar orasidagi masofani
tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash , ya’ni ―Geodeziya) asarini
yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik
kuzatishlar natijalari ham ba yon qilingan.
Beruniyning yana bir muhim asari ―Munajjimlik san’atidan boshlang`ich
tushunchalar dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar,
ma’lumotlar bergan.
Ma’lumki, Mahmud G`aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini olib
borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G`aznaivyga hamroh bo`lib
bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo`ldi va bu mehnatlari
natijasida 1030 yilda o`zining Sharq va G`arbda keng e’tirof qilingan mashhur
―Hindiston asarini yaratadi.
Kitobning to`liq nomi ―Kitobu fi taxqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av
marzulatin , ya’ni ―Hindlarning aqlga sig`adigan va sig`maydigan ta’limotlarini
aniqlash kitobi bo`lib, aytishga qulay bo`lishligi uchun qisqacha ―Tahqiqu mo - mil
hind - (―Hindistonga oid tadqiqlar yoki ―Hindiston ) deb yuritiladi.
Uning bu shoh asari G`arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind
olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen ―Sharq va G`arbning
qadimgi va o`rta asrdagi butun ilmiy adabi yoti orasida bunga teng keladigan asar yo`q , -
deb baholasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim haqida gapirib, ―Hind madaniyatining
chigal muammolarini biron-bir o`rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon
Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib etmagan. Uning ―Hindiston asari
qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo`lib qoladi.
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o`z ifodasini topgan.
O`sha yili (1030) Mahmud G`aznaviy vafot etadi. Uning kichik o`g`li Muhammad voris
sifatida taxtga o`tirgan bo`lsa-da, ko`p o`tmay Mahmudning katta o`g`li Mas’ud (1030-
1041) ukasini taxtdan ag`darib, o`zi xokimiyatni qo`lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm
ahlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o`z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit
yaratib beradi.
Beruniy astronomiyaga oid ―al – Qonun al-Mas’udiy (―Mas’ud qoununi ) nomli
yirik asarini shox Mas’udga bag`ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va
astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo`yadilar. O`sha asr
olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: ―Mas’ud qonuni kitobi matematika va
astronomiya bo`yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o`chirib yuborgan deydi.
Beruniy yana ―qimmatbaho toshlarni bilib olish bo`yicha ma’lumotlar to`plami
(―Mineralogiya), ―Dorivor o`simliklar haqida Kitob , ―Kitob as Saydona fi – t-tibb
kabi asarlarni ham yozdi. ―Mineralogiya Sharqdagina emas, Evropada ham qimmatbaho
toshlarni izlash usullari va ular bilan savdo qilish, konlarni o`rganish, er osti
boyliklarini tekshirish haqida ma’lumot bersa, ―Saidona nomi bilan mashhur bo`lgan
keyingi asarda Sharqdagi dorivor o`simliklarning tavsifi ba yon qilingan.
Beruniy ―Saidona kitobida o`zining 80 yoshdan oshganligini yozadi, shunga ko`ra uni
1050-1051 yillarda vafot etgan deb taxmin etish mumkin. Ba’zi manbaalarda esa, 1048
yil 13 dekabrda G`azna shahrida vafot etgan deb ko`rsatiladi.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi fikrlari
hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O`quvchiga bilim berishda:
o`quvchini zeriktirmaslik;
bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o`rgatavermaslik;
uzviylik, izchillik;
tahlil qilish va taqqoslash;
ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;
takrorlash;
yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko`rgazmali ba yon etish va hokazoga e’tibor
berish kerakligi o`qtiriladi.
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha
boyliklarni qunt bilan o`rganishga da’vat etadi.
Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o`zi sezishi mumkin
bo`lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan ochko`zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o`qtirgan.
Shuningdek, har bir xalqning o`ziga xos ta’lim usullari, yo`llari, shakllari
borligini ta’kidlash bilan birga har bir xalqning ham o`qitish tizimi alifbodan
boshlanishini ko`rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o`qitishga oid qimmatli
fikrlar ba yon etadi.
Beruniy til va adabi yot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya
fanlari, tibbi yot va dorishunoslik, fizika, falaki yot ilmiga oid tadqiqotlarini o`zi
targ`ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amali yotda sinab ko`rib, fanda
haqiqat ustivor turishini ta’kidladi.
U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallashda
esa shaxsda intilish va qiziqish, muhitni alohida ta’kidlaydi.
Bilim olishda tushunib o`rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya etishiga
alohida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog`liq degan
g`oyani ilgari so`radi.
Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog`laydi. Zero, insonda
komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir.
Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o`rnini ta’kidlashini
uning yuqorida qayd etilgan ―O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar , ―Hindiston ,
―Mineralogiya , ―Kitob as - Saidona , ―al – Qonuni al - Mas’udiy , ―Giodeziya va
boshqa asarlarida ko`ramiz.
Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo`lishi kerak. Bu
xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o`zaro muloqoti, ijtimoiy muhit –
jamiyat taraqqi yoti jara yonida tarkib topadi.
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan xolda
ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida
namo yon bo`ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik insonning xulqatvorini belgilaydigan mezon sifatida qo`llaniladi.
U yaxshi xislatlarga to`g`rilik, odillik, o`zini vazmin tutish, insof, kamtarlik,
lutf, sobitqadamlik, ehti yotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda
adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.
Yomon illatlarga esa xasadgo`ylik, baxillik, nosog`lom raqobat, o`z manfaatini
ko`zlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.
Beruniy faxrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, ―Yodgorliklar da shunday
deydi: ―Faxrlanish - haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu
xikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda
shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular etishmasa, hukm uning
zarariga bo`ladi.
Demak, Beruniy insonning ma’naviy qi yofasidagi barcha axloqiy xislatlarni
yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo`ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr
taraqqi yotida ―qizil ip bo`lib o`tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy
tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir.
Beruniy saxovat (o`zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik),
muruvvat (odamlarga xayrixoh bo`lish, halollik va haqgo`ylik, o`z mehnati bilan kun
ko`rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko`rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Insonning axloqiy kamolga etishi muammosi butun ta’lim-tarbiya tizimida
markaziy masala bo`lib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to`sqinlik qiluvchi ziqnalik, yolg`onchilik

munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, boylikka ruju


quyish va ta’magirlik, g`azab va johillik inson uchun eng ashaddiy dushman deb qaraydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda
adolat o`rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor bo`lishi
kerak, deydi.
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir axloqan
barkamol inson o`zining turmush tarzini ham uyg`un, go`zal eta oladi. uyg`unlik, go`zallik
va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi – ozodlik,
tarbiyalilik bo`lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi deydi. Shuning uchun
inson o`z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko`rsatadi. Bunda insonning
ichki dun yosi bilan tashqi go`zalligi, turmush tarzidagi go`zallikning uyg`un bo`lishini
talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurishturushi, so`zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining go`zal bo`lishi ta’kidlangan.
Har bir shaxsda sharm-ha yo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat,
shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning yanada go`zal bo`lishiga olib keladi.
Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik
jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go`zal
bo`lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin deydi. U ozodlik va arosatlikni
olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb
ta’kidlaydi. Bunda inson o`zini boshqara olishga qodir bo`lishi, har bir etuk inson
uchun zarur bo`lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo`lishi zarur,
deydi. ―Minerologiya asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi. ―Inson o`z
ehtiroslariga xukmron, ularni o`zgartirishga qodir, o`z jon va tanini tarbiyalar ekan,
salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta – sekin, axloq
haqidagi kitoblarda ko`rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga
qodirdir . Beruniy insonni kamolotga etaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb
ko`rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson
sifatida muomala qilishni nazarda tutadi.
Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida
muhim fikrlarni ba yon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga
bo`ladi. Og`ir mehnat sifatida binokor, ko`mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari
mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish,
hayrixoh bo`lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa
qo`shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og`ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida
gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag`batlantirib
turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshoxlar bunday mehnat ahliga g`amho`r bo`lishi
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining
tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o`rgatish metodlari, yo`llari haqida ham fikr yuritadi.
Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o`rgatish kerak deydi. Mehnat
tarbiyasida o`sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni
E.To`raqulov va S.Rahimovlar ―Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim-tarbiya haqida
nomli risolalarida juda yaxshi ba yon etishgan. Beruniyning ―Mineralogiya asarida
faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird
tayorlash jara yoni, ustalarning hunar o`rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar
Lotin - Крилл, [18.05.2022 17:37]
metodidan foydalangani, ish jara yoni bevosita ham nazariy, ham amaliy
jihatdan ustaxonaning o`zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo`lib
etishishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Shuning uchun ham o`sha davrda Xuroson va
Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to`quvchilik, zebi-ziynat buyumlari yasash, qog`oz
va oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dun yo bozorida nom chiqargan.
Hunarmandchilikning bunday yakka holda o`rgatilishi malakali kasb egalarining
etishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yo`llaganki, bu
insonning kamolga etishiga muhim pog`ona bo`lgan. Zero, qadimdan har bir etuk inson u
shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan.
Shunga ko`ra buyuk shoxlar ham, beklar ham, mol-mulk egalari bo`lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o`z farzandini bilimli bo`lishi bilan birga, hunarli bo`lishiga ham e’tibor
bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati
paydo bo`lgandan boshlab, kishilar o`z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur
bo`lgan va bu ha yot taqozosi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo`lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo`lishi ham kerak deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ma’lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor
etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o`z zamondoshlari – buyuk
mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim
deb hisoblaydi. Ya’ni u insonning kamolotga etishida ilmu ma’rifat, san’at va
amali yot asosiy rol o`ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush
qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga etishining eng muhim omillari ilmma’rifatli bo`lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim
metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o`ziga xos maktab yaratdi.
Yoshlarni tarbiyalashda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila
tarbiyasi, insonning shaxsiy gigienasi, xalqlar o`rtasidagi do`stlik, hamkorlik
haqidagi tushunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida
yaxshilik, to`g`rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do`stlik va hamkorlik,
mehnat va hunar egallash, poklik, go`zallikka intilish kabilarni ilgari surgan.
Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog`lab
tushuntirgan.
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni
shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o`z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’limtarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
Zero, uning o`zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, ha yoti
va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta ma’naviy
me’ros qoldirdi.
Beruniy ―Sharq Renessansi davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom
qozondi.
Mashhur Amriqolik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida хИ asrning
birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Shuningdek, uni o`z davrining jahondagi
birinchi donishmandi deb baholaydi. Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning o`rinli ekanligini tasdiqlaydi.



Download 59,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish