III-bob.Organizm va tashqi muhit.
Ekologik omillarni to’g’ri juftlanganini toping ?
a-biotik, b-antropogen, s-abiotik
1.inson, 2.o’simliklar, 3.yorug’lik, 4.hayvonlar, 5.harorat, 6.namlik
a) a-2, b-1, s-6 b) a-4, b-5, s-2
s) a-3, b-6, s-1 d) a-4, b-1, s-2
Tirik organizm moslashgan, yaxshi ko’payadigan muhit qanday muhit deyiladi ?
a) qulay muhit b) noqluy muhit s) yashash muhiti
d) organizm ko’payadigan muhit
Baliqlar tanasini suyri shaklda bo’lishi ular uchun qanday ahamiyatga ega ?
a) suv qarshiligini yengishga yordam beradi
b) suvda uzoq vaqt suzishga yordam beradi
s) hech qanday ahamiyati yo’q
d) a va b to’g’ri
Tabiiy jamoaga nimalar kiradi ?
a) o’simliklar b) barcha javob to’g’ri
s) hayvonlar, namlik d) yorug’lik, harorat
Biotsenozga nimalar kirishligini belgilang ?
a) o’simlik va hayvonlar b) harorat, o’simliklar
s) mikroorganizmlar d) namlik, yorug’lik
Konsumentga xos xususiyatni aniqlang ?
a) avtotrof oziqlanadi
b) aktiv harakat qiladi
s) organik modda hosil qiladi
d) vakili-mimoza
Biotsenoz tarkibi nechta ?
a) 2 ta b) 4 ta s) 5 ta d) 3 ta
Produtsenga qaysi organizmlar kiradi ?
a) hayvonlar b) bakteriyalar
s) yashil o’simliklar d) zamburug’lar
O’zidan oldingisini yeb, keyingilari uchun ozuqa bo’ladigan organizmlar nimani hosil qiladi ?
a) ozuqa zanjirini b) biotsenozni
s) jonsiz tabiatni d) produtsentni
Ozuqa zanjiri eng kamida nechta halqadan iborat bo’ladi ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 5 ta
Ozuqa zanjirini birinchi (a), ikkinchi (b), uchinchi (s) halqasida nimalar joylashadi ?
a) a-konsument, b-produtsent, s-redutsent
b) a-redutsent, b-konsument, s-produtsent
s) a-produtsent, b-konsument, s-redutsent
d) a-produtsent, b-redutsent, s-konsument
Redutsentga berilgan to’g’ri ta’rifni aniqlang ?
a) organik
moddalarni mineral moddalarga aylantiradi
b) organik moddalarni hosil qiladi
s) iste’mol qiluvchilar
d) to’g’ri javob yo’q
Chigirtka (a), ilon (b), baqa (s) nima yeydi ?
a) a-bug’doy, b-burgut, s-chigirtka
b) a-bug’doy, b-baqa, s-chigirtka
s) a-bug’doy, b-chigirtka, s-ilon
d) a-bug’doy, b-chigirtka, s-chigirtka
Rasmda nechta ozuqa halqasi aks etgan ?
a) 5 ta
b) 4 ta
s) 3 ta
d ) 6 ta
Ozuqa halqasida qaysi qism bir nechta halqani hosil qilishi mumkin ?
a) produtsentlar b) redutsentlar
s) konsumentlar d) barchasi
Tayyor organik moddalarni iste’mol qiluvchilar qaysi raqamda ifoda etilgan ?
a) 2,4
b) 1,6
s) 3,5
d) a va s
Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligida qo’ylarning soni kamayib borayotgan- ligi aniqlandi. Tekshirish natijasida bunga sabab bo’rilar ekanligi taxmin qilindi. Bu muammo
muhokama qilinib, bo’rilarni yo’qotishga qaror qilindi. Bo’rilar o’ldirilgach, dastlab qo’ylar soni ortdi, lekin ma’lum vaqtdan keyin qo’ylardan tashqari, boshqa tuyoqli hayvonlar ham kasallik- dan qirilib keta boshladi. Nima sababdan bunday holat yuz berdi ? Bu muammoni qanday hal qilish mumkin edi ? Siz qanday yo’l tutgan bo’lar edingiz ?
a) yirtqichlar nimjon va kasallangan hayvonlarni yeb, podani turli kasallanishdan saqlab turadi
b) yirtqichlarni sonini mavsum davomida qirib tashlash kerak
s) biotsenozni muvozanatini insonlar boshqarishi lozim edi
d) yirtqichlar orqali turli kasalliklar yuqmasligi uchun ularni o’ldirib tashlash lozim
Rasmdagi 1940 yildan so’ng tulkilar sonida qanday o’zgarish bo’ladi ?
a) tulkilar soni kamayadi
b) tulkilar soni ko’payadi
s) hech qanday o’zgarish bo’lmaydi
d) qirilib ketish xavfi kelib chiqadi
Rasmdagi hayvon oziq halqasining qaysi bosqichida joylashadi ?
a) 1
b) 2
s) 3
d) 4
Ushbu rasmdagi burgut oziqa halqasining qaysi bosiqichli konsumenti hisoblanadi ?
a) 2 b) 1 s) 3 d) 4
Oziqa halqasining 1-bosqichida qaysi organizm bo’lishi lozim edi ?
a) karam b) xlorella s) qo’ng’iz d) bug’doy
Rasmda nechta produtsent (a), nechta konsument (b) keltirilgan ?
a) a-yo’q, b-4 ta b) a-1 ta, b-3 ta
s) a-4 ta, b-yo’q d) a-3 ta, b-1 ta
Barcha tirik organizmlar tashqi muhitdan nimalar qabul qiladi ?
a) karbonat angidrid, azot
b) ozuqa, yorug’lik
s) kislorod, ozuqa
d) karbonat angidrid, suv
Odamlar dastlabki davrlarda geterotrof oziqlanuv- chi organizmlarning qaysi qismi bilan oziqlangan
a) o’simlik urug’i va mavasi
b) o’simlik ildizmevasi
s) o’simlik mevasi
d) xom go’sht
Odamlar olovdan foydalanishiga nima turtki bo’ldi ?
a) havo sovushi b) isinish uchun
s) ovqat tayyorlash d) barchasi to’g’ri
Odamning doimiy yashash joyiga ega bo’lishi nimani rivojlanishi hisobiga sodir bo’lgan ?
a) dehqonchilik b) sanoat
s) chorvachilik d) a va s
Orol dengizini qurishiga nima sabab bo’ldi ?
a) g’o’zani sug’orish
b) hayvonlarni suv atroflarida boqish
s) to’qaylarni kesish
d) odamlar suvni ko’p iste’mol qilishi
Insonlarni tabiatga bo’lgan ijobiy (a) va salbiy (b) ta’sirlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?
a) a-daraxtlarni ko’plab kesilishi, b-sersut hayvon zotlarini olish
b) a-serhosil o’simliklarni olish, b-go’shtor hayvonlarni olish
s) a-yangi navlar yaratish, b-cho’llarni o’zlashtirish
d) atmosferani zaharli chiqindilar bilan ifloslantirish, b-yovvoyi hayvonlarni ovlash
Ozon qatlami qanday vazifani bajaradi ?
a) gazlarni bosimini saqlaydi
b) kislorodni miqdorini belgilab turadi
s) foydali gazlarni o’tkazmaydi
d) zararli gazlarni yerga o’tkazmay turadi
Yerda havo haroratini ko’tarilishiga nima sabab bo’lmoqda ?
a) yer aylanishini o’zgarishi
b) havoda karbonat angidridni ko’payishi
s) cho’llarni o’zlashtirilishi
d) o’rmonlarni ko’plab kesilishi
Odamlarda terining havfli o’sma kasalligi kelib chiqishiga nima sabab bo’lmoqda ?
a) havodagi karbonat angidridning ko’payishi
b) daraxtlarni kesish
s) quyoshning zararli nurlari
d) daryo suvlaridan noto’g’ri foydalanish
Maktab hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi- ning mavsumiy o‘zgarishlarini kuzatish uchun kerakli jihozlarni to’g’ri berilganini aniqlang ?
a) daftar, ruchka belkurak b) daftar, lupa
s) mikroskop, belkurak d) mikroskop, lupa
O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanish qaysi qonunlarga asosan amalga oshiriladi ?
a) Konstitutsiya b) hayvonlarni muhofaza qilish
s) o’simliklar olami d) yerni himoya qilish
Muhofaza qilinmaydigan hududlarni aniqlang ?
a) dehqon ho’jaligi b) qo’riqxonalar
s) milliy bog’lar d) barchasi
Ushbu ta’rif qaysi muhofaza qilinadigan hududga tegishli ? Odamning xo‘jalik faoliyati cheklangan hudud. Bu yerdagi tabiiy muhit qanday bo‘lsa, shunday ligicha saqlanadi. Bu hududda mol boqish, mevalarni terish, hayvonlarni ovlash qat’iyan ta’qiqlangan.
a) buyurtmaxona b) qo’riqxona
s) milliy bog’ d) tabiat yodgorliklqari
Qaysi muhofaza etiladigan hududda ma’lum bir davrlarda hayvonlarni ovlashga ruxsat beriladi ?
a) buyurtmaxona b) tabiat yodgorliklari
s) qo’riqxona d) milliy bog’
Biosfera qo’riqxonasini belgilang ?
1.chotqol, 2.surxon, 3.kitob, 4.qizilqum
a) 2 b) 3 s) 1 d) 4
Geologiya qo’riqxonasini belgilang ?
a) zarafshon b) hisor
s) nurota d) kitob
Milliy bog’ga tegishli xususiyatni aniqlang ?
a) g‘orlar, sharsharalar, daralar kiradi
b) Xo‘jakentdagi qoyatoshlarga chizilgan
rasmlar kiradi
s) Bunday joylarda o‘simliklarga chiroyli shakl berish, manzarali gullarni ekish mumkin
d) ma’lum davrlarda hayvonlarni ovlashga ruxsat beriladi
Mamalaktimizda 400 dan ortiq hududi ro’yxatga olingan. Gap nima haqida ketyapti ?
a) tabiat yodgorliklari b) milliy bog’lar
s) qo’riqxonalar d) buyurtmaxonalar
O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” qachon ta’sis etilgan ?
a) 1983-yil b) 1979-yil
s) 1984-yil d) 2003-yil
Archa, qarag‘ayning ko‘chatlarini yetishtirish, mo‘ynasi uchun ondatrani qaysi hududda ko‘paytirish mumkin.
a) milliy bog’da b) buyurtmaxonada
s) qo’riqxonada d) tabiat yodgorliklarida
Qizil kitobning “Umurtqali hayvonlar” haqidagi jildiga nechta hayvon turi kiritilgan ?
a) 13 ta b) 163 ta s) 63 ta d) 301 ta
Uzunligi 30 metrgacha yetadigan, o’ralib o’sadi- gan o’simlik haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang ?
a) to’pguli ro’vak
b) mevasi iyunda pishadi
s) bargi oddiy panjasimon
d) urug’i va vegitativ yo’l bilan ko’paytiriladi
1984-yilda nashr etilgan “Qizil kitob” ga nechta o’simlik turi kiritilgan ?
a) 63 ta b) 163 ta s) 32 ta d) 113 ta
Ushbu ta’rif qaysi o’simikka tegishli ? Bo‘yi 150 sm ga yetadigan piyozli, ko‘p yillik o‘t. Barglari cho‘ziq, poyada halqa hosil qilib joylashgan. Gullari qo‘ng‘iroqsimon, soyabon to‘pgulda joylashgan.
a) yovvoyi tok b) safsan xurmosi
s) xolmon isirg’aguli d) boshpiyoz
Dala, toshloq yerlarga o‘ralib o‘sadi. Bargi oddiy, panjasimon. To‘pguli ro‘vak. Mevasi turli rang
va shaklda. May-iyun oyida gullab, iyul-oktabr oylarida mevasi pishadi. Ushbu ta’rifga tegishli o’simlik nima uchun soni kamayib ketyapti ?
a) chorva mollarini boqilishi
b) piyozi iste’mol qilinganligi sababli
s) qurilishga va o’tin sifatida ishlatilishi
d) guli chiroyliligi tufayli terib olinganadi
Qaysi so’z lotincha so‘z bo‘lib, zahar degan ma’noni anglatadi ?
a) bakteriya b) virus s) tallom d) zamburug’
Hayvonga o‘xshab faol harakatlanadigan xivchinli spora nima deyiladi ?
a) sista b) harakatlanadigan spora
s) zoospora d) xlamidamonada
Xongulga xos xususiyatlarni aniqlang ?
a) aprel oyida bolalaydi
b) urg’ochisining shohi 200 kg gacha og’ir bo’ladi
s) bolalari bir yilcha onasidan ajramaydi
d) barchasi to’g’ri
Ushbu ta’rifga tegishli o’simlik qaysi oilaga mansub ? Barglari cho‘ziq, poyada halqa hosil qilib joylashgan. Gullari qo‘ng‘iroqsimon, soyabon to‘pgulda joylashgan. Aprelda gullab, may oyida urug‘ hosil qiladi.
a) uzumdoshlar b) loladoshlar
s) xurmodoshlar d) ra’nodoshlar
Qaysi javobda safsan xurmosiga tegishli ma’lumot keltirilgan ?
a) Gullari sarg‘ish, mevasi etli, qo‘ng‘ir-qizil rangda
b) Gullari qizil, chiroyli bo‘lgani uchun terib olingan
s) May-iyun oyida gullab, iyul-oktabr oylarida mevasi pishadi.
d) Madaniy navlar yaratishda qo‘llaniladi.
Qaysi o’simlik(lar) o’tin sifatida ko’p ishlatilishi tufayli soni kamayib ketmoqda ?
a) safsan xurmosi b) xolmon isirg’aguli
s) yovvoyi tok d) a va s to’g’ri
Qaysi o’simlik(lar) urug’i va vegitativ yo’l bilan ko’paytiriladi ?
a) yovvoyi tok b) xolmon isirg’aguli
s) safsan xurmosi d) a va b
Yo’rg’a tuvaloq qaysi turkumga kiradi ?
a) turnasimonlar b) tuvaloqlar
s) oqqushlar d) qushlar
Yo’rg’a tuvaloq qaysi oylarda tuxum qo’yadi ?
a) iyun b) avgust s) fevral d) may
Qaysi hayvon to‘qaylarning qisqarishi va brakonyerlik tufayli kamayib ketgan ?
a) xongul b) tuvaloq s) tovus d) a va b
Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ?
Bo‘yi 15–20 metrli daraxt. Bargi cho‘ziq qalin, uzunligi 15 sm gacha boradi.
a) xolmon isirg’aguli b) yovvoyi tok
s) safsan xurmosi d) lola
Qadimda mavjud bo’lgan organizmlarni o’rganuvchi olimni qanday ataladi ?
a) arxeolog b) paleontolog
s) zoolog d) tarixchi
Qubbameva qaysi o’simliklarga tegishli ?
a) yopiq urug’lilar b) suvo’tlar
s) ochiq urug’lilar d) yo’sinlar
Lotin tilida olinga so’zlarni belgilang ?
a) mikroskop, vakuola b) selluloza, karantin
s) prokariot, rizoid d) virus, kutikula
Eukariot so’zining ma’nosi nima ?
a) yadrogacha b) haqiqiy yadroli
s) vakuolaga ega d) plastidasi bor
Avtotrof usulda oziqlanuvchilarni belgilang ?
a) zamburug’lar b) o’smliklar
s) hayvonlar d) odamlar