Qaysi hayvonga nina ta’sir ettirib, nerv sistemasi o’rganiladi ?
a) tufelka b) gidra s) evglena d) planariya
Qaysi hayvon tanasi pishiq qobiq bilan qoplangan
a) meduza b) amyoba s) askarida d) aktiniya
Quyidagi hayvonlar odamning qaysi organlarida parazitlik qilib yashaydi ?
1.askarida, 2.bo’rtma nematoda, 3.rishta
a) 1-ichki organlarida, 2-oyoq terisida, 3-terida
b) 1-oyoq terisida, 2-tanasining tashqi qismida
s) 1-ichki organida, 2-kartoshka ildizida, 3-terida
d) 1-ichki organlarida, 3-oyoq terisida
Qaysi hayvon tuproq hosil bo’lishida qatnashadi ?
a) planariya b) zuluk
s) yomg’ir chuvalchangi d) b va s
O’simlik chirindilari bilan oziqlanuvchi va tuproqqa havo kirishini ta’minlovchi hayvon mansub bo’lgan tip uchun xos xususiyat to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?
a) tibbiyotda qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi
b) kutikula qoplamiga ega
s) otiluvchi hujayrasi bor
d) o’simlikning yashil qismi bilan oziqlanadi
Qon aylanish sistemasi rasmdagi qaysi hayvonlarda ilk bor boshlangan ?
a) s b) 5 s) 1 d) 4
Ushbu ta’rif rasmdagi qaysi hayvonga tegishli ? hujayrasida hazm qiluvchi, qisqaruvchi vakuolasi bor, asosan ikkiga bo’linib ko’payadi.
a) 3 b) 1 s) 4 d) B
Ushbu ta’rif qaysi tip vakillari uchun xos ?
Tanasining orqa qismi o’rtadan chetga tomon yassilashib boradi, ikki tomonlama simmetriyaga ega. Tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Hazm tizimi og’iz, halqum va ichakdan iborat.
a) halqali chuvalchanglar b) mollyuskalar
s) yassi chuvalchanglar d) bo’g’imoyoqlilar
Qaysi tip vakillari odam va o’simliklarda parazitlik qiladi ?
a) yassi chuvalchanglar tipi
b) mollyuskalar tipi
s) to’garak chuvalchanglar tipi
d) halqalilar chuvalchanglar tipi
Qaysi hayvonlarning hazm qilish jarayoni ikki bosqichda boradi ?
a) sodda hayvonlar b) bo’shliqichlilar
s) yassi chuvalchanglar d) mollyuskalar
Qaysi hayvonlarning tanasi tashqi va ichki qavatdan iborat ?
a) tufelka b) meduza s) planariya d) rishta
Qaysi hayvonlar taassurotlarga sekin javob beradi
a) gidra b) evglena s) nematoda d) amyoba
Qaysi hayvon chuchuk suvda erkin yashaydi ?
a) baqachanoq b) shilliqurt
s) jigar qurti d) planariya
Qaysi hayvon avtotrof oziqlanuvchi, eukariot organizmda parazitlik qiladi ?
a) rishta b) qoramol tasmasimon chuvalchangi
s) bo’rtma nematoda d) askarida
Qaysi hayvonda ilk bor qon aylanish sistemasi paydo bo’lgan ?
a) nereida b) shilliqurt s) baqachanoq d) amyoba
Ushbu ta’rif qaysi tip uchun xos ? Ko’pchilik vakillari 3 qavatli chig’anoqqa ega. Chig’anoq tashqi – organik, o’rta – ohakli, ichki – kamalak rangda tovlanuvchi qismlardan iborat. Terisi shilimshiq bilan qoplangan bo’lib, harakatlanishiga yordam beradi.
a) bo’g’imoyoqlilar b) halqali chuvalchanglar
s) mollyuskalar d) sodda hayvonlar
Ta’rifga mos hayvon bilan bitta tipga kiruvchi hayvonga xos ma’lumot to’g’ri berilgan qatorni toping. Ikki yon tomonda joylashgan uzun tuklarga ega. Bu tuklar suv tubida harakatlanishga yordam beradigan dastlabki oyoqlar hisoblanadi ?
a) o’simlikni yashil qismi bilan oziqlanadi
b) tibbiyotda qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi
s) suvdagi organik modddalari bilan oziqlanadi
d) a va b to’g’ri
Ushbu ta’rif qaysi tipga tegishli ? Tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tashqi skeleti xitindan iborat.
a) bo’shliqichlilar b) to’garak chuvalchanglar
s) sodda hayvonlar d) bo’g’imoyoqlilar
Qaysi hayvon chuchuk suvda yashab sanitarlik qiladi ? a) daryo qisqichbaqasi b) planariya
s) amyoba d) jigar qurti
O’rgimchak harakatlanayotganida to’ridagi qaysi ipdan yuradi ?
a) aylanasiga to’qilgan b) uzunasiga to’qilgan
s) har ikkalasidan d) o’zi uchun alohida ipi bor
Nima uchun sirg’anchiq baliqlarni ham sakkizoyoq osonlik bilan tutadi ?
a) tezkorligi uchun b) terisi yopishqoqligi uchun
s) terisida so’rg’ichi bor d) terisi tangachali
Qaysi hayvon suvga siyoh chiqarib qochadi ?
a) qisqichbaqa b) planariya
s) sakkizoyoq d) baliq
Qaysi tipni o’rgimchaksimonlar, qisqichbaqasi monlar, hasharotlar kabi sinflari bor ?
a) mollyuskalarni b) bo’g’imoyoqlilarni
s) yassi chuvalchanglarni d) bo’shliqichlilar
Qaysi tip vakili suvni organik qoldiqlardan tozalaydi ?
a) halqali chuvalchanglar b) sodda hayvonlar
s) mollyuskalar d) to’garak chuvalchanglar
Qaysi hayvonda dastlabki oyoq paydo bo’lgan ?
a) nereida b) planariya s) evglena d) tufelka
Qaysi hayvonning og’zidagi suyuqlik qonni suyultiradi ?
a) jigar qurti b) zuluk s) o’rgimchak d) nereida
Qaysi eukariot, geterotrof oziqlanuvchi organizm ning tanasi shilimshiq bilan qoplangan ?
a) mollyuska b) spirogira s) sakkizoyoq d) a va b
Mollyuskalarni ozuqasini aniqlang ?
1.baqachanoq, 2.shilliqurt, 3.sakkizoyoq
a-organik qoldiqlar, b-yashil o’simliklar, s-baliq
a) 1-a, 2-b, 3-s b) 1-b, 2-s, 3-a
s) 1-s, 2-a, 3-b d) 1-a, 2-s, 3-b
Qaysi hayvon shira bitlarini yeb foyda keltiradi ?
a) qisqichbaqa b) o’rgimchak
s) xonqizi qo’ng’izi d) baqachanoq
Rasmda qasyi tip vakili keltirilgan ?
a) yassi chuvalchanglar
b) halqali chuvalchanglar
s) mollyuskalar
d) bo’g’imoyoqlilar
Rasmdagi hayvonga xos xususiyatlarni aniqlang ?
a) ilk bor oyoq paydo bo’lgan
b) tanasi ikki qavat
s) bir hujayrali
d) barchasi
Rasmdagi hayvon qaysi tipga mansub ?
a) sodda hayvonlar
b) bo’shliqichlilar
s) mollyuskalar
d) bo’g’imoyoqlilar
Rasmdagi qaysi hayvon rangi bilan ogohlantiradi
a) E b) F s) d d) S
Qaysi tip vakillari parazitlik qilib yashaydi ?
a) halqali chuvalchanglar b) mollyuskalar
s) to’garak chuvalchanglar d) sodda hayvonlar
Qaysi tip vakilllarining tashqi skeleti xitindan iborat ?
a) bo’shliqichlilar b) mollyuskalar
s) bo’g’imoyoqlilar d) sodda hayvonlar
Qaysi hayvon “sassiq suyuqligim bor menga tegma” degandek ogohlantiradi ?
a) baqachanoq b) xonqizi
s) evglena d) o’rgimchak
Rasmdan suvarakning lichinkalik bosqichini toping ?
a) 2
b)1
s) 4
d) 3
Chala o’zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarni belgilang ?
a) termit, ninachi b) chumoli, pashsha
s) suvarak, kapalak d) qo’ng’iz, qandala
Qaysi raqamda urg’ochi suvarak keltirilgan ?
a) 3 b) 2 s) 4 d) 5
S uvaraklar asosan qayerda ko’p uchraydi ?
a) tashlandiq yerlarda b) oshxonalarda
s) issiq uylarda d) molxonalarda
Qaysi hayvonlarni rivojlanish jarayonida tuxum-lichinka-g’umbak-voyagan yetgan davrlari bo’ladi a) pashsha b) qandala s) ninachi d) chigirtka
Suvarak lichinkasi bir mavsumda necha marta tullaydi ?
a) 3 marta b) 4 marta s) 5 marta d) 6 marta
Nima uchun suvaraklarni yo’qotish kerak ?
a) ozuqa mahsulotlarini yeb tugatib qo’yganiga
b) odamlarni bezovta qilganligiga
s) kasallik keltirib chiqarganligi uchun
d) barchasi
To’liq o’zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarda qanday bosqichlar kuzatiladi ?
a) tuxum-g’umbak-lichinka
b) g’umbak-lichinka-tuxum-voyaga yetgan davr
s) tuxum-lichinka-g’umbak-voyaga yetgan davr
d) lichinka-g’umbak-yoyaga yetgan davr
Kapalak (a) va qo’ng’iz (b) qanday o’zgarish bilan rivojlanadi ?
a) a-to’liq, b-to’liq b) a-chala, b-to’liq
s) a-to’liq, b-chala d) a-chala, b-chala
Rasmdagi 3-raqamda asalarining qaysi rivojlanish bosqichi aks etgan ?
a) tuxum
b) asalari suti bilan oziqlantirilayotgan lichinka
s) gul changi va asal bilan oziqlanayotgan lichinka
d) rivojlanayotgan g’umbak
Asalari uyasini qaysi moddadan yasaydi ?
a) loydan b) mumdan
s) asaldan d) gul changidan
Asalari lichinkasini dastlab nima bilan boqadi ?
a) asalari suti bilan b) gulchangi va asal bilan
s) faqat gul nektari bilan d) barchasi bilan
Rasmda g’umbaklik davri qaysi raqamda berilgan
a) 2
b) 4
s) 7
d) 5
Asalarining hayot sikli nechta bosqichdan iborat ?
a) 3 ta b) 4 ta s) 6 ta d) 7 ta
To’liq o’zgarish bilan rivojlanayotgan hasharotlarda qaysi bosqich bo’lmaydi ?
a) g’umbaklik b) tuxum
s) lichinka d) barchasi bo’ladi
Termitlar qanday bosqichlar bilan rivojlanadi ?
a) tuxum-lichinka-g’umbak- yetuk hasharot
b) lichinka-g’umbak-yetuk hasharot
s) g’umbak-lichinka-yetuk hasharot
d) tuxum-lichinka-yetuk hasharot
Rasmda suvarakning qaysi rivojlanish bosqichi aks etgan ?
a) voyaga yetgan bosqichi
b) lichinkalik bosqichi
s) tuxumlik bosqichi
d) g’umbaklik bosqichi
Rasmda erkak suvarak qaysi raqamda berilgan ?
a) 4 b) 3 s) 5 d) 2
Umurtqali hayvonlarning sinflarini ko’rsating ?
a) qushlar, bo’shliqichlilar
b) baliqlar, yassi chuvalchanglar
s) sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar
d) suvda va quruqlikda yashovchilar, mollyuskalar
Rasmdagi hayvonga xos xususiyatni aniqlang ?
a) qon aylanishi yopiq doirali
b) o’pka bilan nafas oladi
s) terisi muguz tangachali
d) a va s
Ushbu ta’rif qaysi hayvonga tegishli ? Qon aylanish sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga qo’yadi
a) ilon b) salamandra s) manta d) tovus
Tuxumini bosib yotadigan (a) va tuxumi sariqlikka boy bo’lgan sovuqqonli hayvonga xos xususiyatni aniqlang ?
a) a-tanasi jun bilan qoplangan, b-suvda yashaydi
b) a-vakili burgut, b-tanasi suyri shaklda
s) a-ularga ilon kiradi, b-yuragi to’rt kamerali
d) a-havo xaltachalari bor, b-yuragi uch kamerali
Ushbu ta’rifga mos hayvonni aniqlang ? Tanasi jun bilan qoplangan. O’pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon
a) kiyik b) tovus s) triton d) qilquyruq
Sudralib yuruvchilar haqida keltirilgan noto’g’ri ma’lumotni aniqlang ?
a) manta shu sinfga mansub emas
b) tuxumlarini qilquyruq yashaydigan muhitga qo’yadi
s) yuragini kameralari tritonning yuragi kamerasi soniga teng emas
d) asosan o’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan
Ushbu ta’rifga mos keluvchilarni belgilang ? O’pkasi katakchalarga bo’lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi.
a) salamandra b) tovus s) kaltakesak d) ot
Rasmdan ushbu ta’rifga mos hayvonni toping ?
Jabrasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doiradan iborat.
a) 3 b) 4 s) 8 d) 6
Bir marta olgan havosidan 2 marta nafas oladi,
yuragi 4 kamerali bo’lgan hayvonni aniqlang ?
a) baqa b) burgut s) salamandra d) ot
Ushbu ta’rifga tegishli hayvonlar sinfiga xos to’g’ri keltirilgan ma’lumotni belgilang ? Tanasi jun bilan qoplangan. O’pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli hayvon.
a) yuragi qushlarnikiga o’xshash tuzilgan
b) terisi baliqnikiga o’xshash tangachali
s) nafas olishida jabra ham qatnashadi
d) bu sinfga triton ham kiradi
Tuxum qo’yib ko’payadigan, yuragi uch kamerali hayvonni belgilang ?
a) tovus b) ilon s) baliq d) barchasi
Qaysi sinf vakillari asosan o’rta Osiyo cho’llarida keng tarqalgan ?
a) sutemizuvchilar b) sudralib yuruvchilar
s) baliqlar d) qushlar
Qaysi tip vakillaridan ilk bor tana bo’shlig’i rivojlangan ?
a) xordalilar b) halqali chuvalchanglar
s) bo’shliqichlilar d) yassi chuvalchanglar
Qaysi tip vakillaridan qon aylanish sistemasi paydo bo’ldi ?
a) yassi chuvalchanglar b) sodda hayvonlar
s) halqali chuvalchanglar d) xordalilar
Qaysi tip vakillarida ilk bor ko’p hujayralar hosil bo’lgan ?
a) sodda hayvonlar b) bo’shliqichlilar
s) yassi chuvalchanglar d) xordalilar
Qaysi hayvonda hazm qilish organlari ilk bor o’giz, halqum, ichakdan iborat bo’ldi ?
a) jigar qurti b) baqachanoq
s) manta d) planariya
Yomg’ir chuvalchangi qayerga in quradi ?
a) tuproq yuzasiga b) tuproq ostiga
s) chirigan o’simlikka d) in qurmaydi
Geterotrof oziqlanuvchi-qonni suyultiruvchi (a), avtotrof oziqlanuvchi-qonni suyultirish (b) xususiyatiga ega organizmlarni juftlang ?
a) a-qilquyruq, b-yalpiz b) a-na’matak, b-zuluk
s) a-zuluk, b-na’matak d) a-planariya, b-isiriq
Molluskalarning chig’anoq qavatlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?
a) tashqi-oxak, o’rta-qattiq, ichki-yumshoq
b) tashqi-qattiq, o’rta-yumshoq, ichki-kamalak
s) tashqi-organik, o’rta-kamalak, ichki-yumshoq
d) tashqi-organik, o’rta-oxakli, ichki-kamalak rang
Qaysi hayvon chig’anog’ida organik modda bor va o’zi ham organik qoldiqlarni tozalaydi ?
a) shilliqurt b) baliq s) baqachanoq d) ilon
Tanasi shilimshiq bilan qoplangan umurtqasiz hayvonni belgilang ?
a) manta b) shilliqurt s) qilquyruq d) a va s
Qaysi hayvonlarning harakati xarorat ortganida tezlashadi ?
a) ilon b) tovus s) kiyik d) ot
Qaysi hayvonlarning yuragida faqat venoz qon oqadi ?
a) triton b) timsox s) kaltakesak d) manta
Terisi (a), tanasi (b) shilimshiq bilan qoplangan organizm(lar)ni belgilang ?
1.zog’ora baliq, 2.salamandra, 3.manta, 4. triton, 5.qilquyruq, 6.shilliqurt
a) a-1, 6 b-3, 5 b) a-5, 6 b-2, 4
s) a-6, b-3 d) a-3, 5 b-1, 6
Qaysi hayvonlarda birinchi marta qon aylanish
2 ta doiradan iborat bo’lgan ?
1.tovus, 2.salamandra, 3.baqa, 4.yo’lbars, 5.triton
a) 1, 3 b) 2, 4 s) 1, 5 d) 2, 5
Quruqlikka tuxum qo’yadigan, yuragi uch kamerali hayvonlarni belgilang ?
a) manta, triton b) qilquyruq, ilon
s) kaltakesak, ilon d) salamandra, burgut
Hasharotxo’rlar (a), primatlar (b) qaysi sinfga kiradi ?
a) a-sudralib yuruvchilar, b-sutemizuvchilar
b) a-qushlar, b-sudralib yuruvchilar
s) a-sutemizuvchilar, b-qushlar
d) a-sutemizuvchilar, b-sutemizuvchilar
Issiqqonli, tuxum qo’yuvchi hayvonlarni belgilang
a) tovus, qilquyruq b) burgut, kaptar
s) ilon, salamandra d) triton, manta
Qaysi hayvonlardan ilk bor tana harorati doimiy bo’ldi ?
a) yo’lbars, ot b) tovus, burgut
s) triton, ilon d) timsoh, kaptar
Yuragi 4 kamerali issiqqonli (a), 3 kamerali sovuqqonli (b) hayvonlarni belgilang ?
1.ilon, 2.baqa, 3.burgut, 4.ot, 5.kaptar, 6.triton, 7.manta, 8.kiyik, 9.qilquyruq
a) a-1,3,4; b-2,6,8 b) a-4,5; b-7,9
s) a-5,8; b-1,2,6 d) a-1,2,6; b-5,8
Suvda va quruqlikda yashovchilar nima sababdan suvdan uzoqqa keta olmaydi ?
a) suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
b) tuxumini suvga qo’yadi
s) o’pka orqali suvda nafas olgani uchun
d) lichinkasi suvda ko’payadi
Quyidagi hayvonlardan qaysilari cho’lda (a), suvda (b), suv yaqinida (s) yashaydi ?
1.baqa, 2.tovus, 3.manta, 4.triton, 5.kaltakesak, 6.qilquyruq, 7.salamandra, 8.ilon
a) a-2,5; b-1,6; s-3,7,8 b) a-5,8; b-4,6; s-1,7
s) a-8; b-3,6; s-1,5,7 d) a-5; b-3,6; s-1,4
Terisi shilimshiq bilan (I), pat bilan (II), muguz tangacha bilan (III), jun bilan (IV) qoplangan hayvonlarni to’g’ri juftlangan qatorni belgilang ?
1.ot, 2.burgut, 3.triton, 4.timsoh, 5.qilquyruq, 6.kaptar, 7.salamandra, 8.manta, 9.ilon
a) I-5,8; II-2,6; III-4; IV-1
b) I-8, II-2,7; III-5,9; IV-3
s) I-5, II-6,8; III-3,9; IV-4
d) I-5,8; II-6; III-9; IV-7
Chumchuq (a), hakka (b) nima bilan oziqlanadi ?
1.olchani etli qismi, 2.bodom mag’zi bilan, 3.gilosning danagi bilan, 4.olchaning danagi bilan, 5.gilosning etli qismi bilan
a) a-1,5; b-3,4 b) a-2,3; b-4,5
s) a-3,4; b-1,5 d) a-1,2; b-3,4
Rasmdagi hayvonga xos xususiyatni aniqlang ?
a ) umurtqasizlar guruhiga kiradi
b) mayda suvo’tlari bilan oziqlandi
s) ulg’ayib sudralib yuruvchiga aylanadi
d) baliqlar sinfiga mansub
Itbaliq necha oyda voyaga yetadi ?
a) 3 oyda b) 6 oyda s) 12 oyda d) 36 oyda
Baqaning tuxumi qora rangda bo’lishi unga qanday imkoniyat beradi ?
a) dushmanlardan himoyalanish
b) atrof-muhit rangiga moslashadi
s) quyosh nurini ko’proq yutadi
d ) isib ketmaslikka xizmat qiladi
Rasmdagi hayvonga xos bo’lmagan ma’lumotni aniqlang ?
a) yuragi 3 kamerali
b) terisi nafas olishda qatnashmaydi
s) lichinkasi baliqqa o’xshaydi
d) avlodi 1 hujayralilar bilan oziqlanadi
Nima uchun baqa suv yaqinida yashaydi ?
a) o’pkasi qurib qolmasligi uchun
b) tuxumini suvga qo’yganligiga
s) terisi suvda nafas olganligi uchun
d) barcahsi
R asmda qaysi sinf vakillarini rivojlanishi keltirilgan ?
a) suvda va quruqlikda yashovchilar
b) sudralib yuruvchilar
s) sutemizuvchilar
d) qushlar
Ta’rifga mos hayvonni toping ? Voyaga yetganida o’rgimchak, qo’ng’iz bilan oziqlanadi, to’liq o’zgarish bilan rivojlanadi, lichinkasi mayda suvo’tlarini yeydi .
a) qisqichbaqa b) ninachi
s) baqa d) termitlar
Olcha va gilos uchun qaysi hayvon(lar) foydaliroq
a) chumchuq b) qaldirg’och
s) hakka d) foydasi yo’q
Yoz oylarida qaysi baqa qurillab sayraydi ?
a) yosh voyaga yetmaganlari b) erkak baqalar
s) urg’ochi baqalar d) hech biri sayramaydi
Itbaliq rivojlanishida baqaga xos bo’lgan qaysi organ birinchi hosil bo’ladi ?
a) orqa oyoq b) oldingi oyoq
s) dumi yo’qolishi d) o’pka hosil bo’lishi
Baqa embrioni nima bilan oziqlanadi ?
a) bir hujayrali hayvonlar bilan
b) mayda suvo’tlari bilan
s) tuxumdagi sariqlik bilan
d) oziqlanmaydi
Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig’indisi nima deyiladi ?
a) to’qima b) organ
s) organizm d) hujayralar to’plami
Qon-tomir devorini qaysi to’qimalar hosil qiladi ?
a) epiteliy b) muskul s) biriktiruvchi d) barchasi
Qon aylanish sistemasi qaysi organlardan iborat ?
a) yurak, arteriya, halqum b) vena, kapillyar
s) kapillyar, traxeya d) burun, yurak
Tayanch-harakat sistemasiga qaysi a’zolar kiradi ?
a) skelet va tomirlar
b) nerv va nafas olish a’zolari
s) skelet va muskullar
d) muskul va hazm qilish organlari
Odam skeleti nechta qismdan iborat ?
a) 2 ta b) 3 ta s) 4 ta d) 6 ta
Suyakning ko’mik qismida qaysi hujayralar hosil bo’ladi ?
a) jigar hujayralari b) suyak hujayralari
s) qonni shaklli elementlari d) muskul hujayrasi
Qo’lni bilak qismidan bukish uchun qaysi muskul qisqaradi (a), qaysi muskul bo’shashadi (b).
a) a-ikki boshli, b-uch boshli
b) a-uch boshli, b-to’rt boshli
s) a-patsimon muskul, b-to’g’ri muskul
d) ikki boshli, b-ikki qorinli
Yurakka kiruvchi qon-tomir qanday nomlanadi ?
a) arteriya b) vena s) kapillyar d) a va b
Yelkadagi uchboshli muskul qisqarsa …….
Jumlani davom ettiring.
a) bilak yoziladi b) kaft-bilak sohasida yoziladi
s) bilak bukiladi d) barmoqlar yoziladi
Yurakdan chiquvchi qon-tomir qanday ataladi ?
a) arteriya b) kapillyar s) vena d) limfa tomiri
Odamning qon aylanish sistemasiga xos to’g’ri javobni toping ?
a) yopiq, 1 ta doira b) ochiq, 2 ta doira
s) yopiq, 2 ta doira d) ochiq, 1 ta doira
Ovqatni og’iz bo’shlig’ida maydalanishiga qaysi organlar yordam beradi ?
a) tish b) til s) lab d) a va b
Kapillyar qon-tomiri haqidagi to’g’ri fikrni aniqlang ?
a) yurakdan chiquvchhi tomir
b) yurakka keluvchi tomir
s) to’qimalar orasida joylashgan
d) barchasi to’g’ri
Qaysi organlar hazm qilish sistemasiga kirmaydi ?
a) og’iz boshlig’i, halqum b) yurak, taloq
s) qizilo’ngach, ichak d) barchasi
Organizmni boshqarishda qaysi sistemasi katta ahamiyatga ega ?
a) limfa b) hazm qilish s) qon aylanish d) nerv
Gaz almashinuvi qaysi sistemaning organlarida boradi ?
a) limfa-qon aylanish b) nafas olish-qon aylanish
s) qon aylanish-nerv d) tayanch harakat-nerv
Odam nafas chiqarib-nafas olganida qaysi gazni chiqaradi va yutadi ?
a) kislorod, karbonat angidrid b) azot, kislorod
s) karbonat angidrid, kislorod d) kislorod, azot
Hazm qilish sistemasiga qaysi organlar kiradi ?
a) halqum, ichak, oshqozon, og’iz bo’shlig’i
b) burun bo’shlig’i, ichak, o’pka
s) traxeya, qizilo’ngach, halqum
d) orqa miya, muskul, alveola
Nerv sistemasi nechta qismga bo’linadi ?
a) 3 ta b) 4 ta s) bo’linmaydi d) 2 ta
Markaziy nerv sistemasiga nima kiradi ?
a) nerv tugunlari b) nervlar
s) bosh miya d) barchasi
Jumlani davom ettirng . Ichki organlardagi nerv tugunlari yig’indisi ……
a) boshqa nervlarni oziqlantiradi
b) ta’sirni o’tkazmaydi
s) markaziy nerv sistemsini hosil qiladi
d) periferik nerv sisteamsini hosil qiladi
O’quvchilar ko’pchilik bo’lib ochiq xonada o’tirsa qanday belgilar paydo bo’ladi ?
a) yuragi behalovat bo’ladi b) boshi og’riydi
s) darsda o’tirgisi kelmaydi
d) hech qanday o’zgarish bo’lmaydi
Qaysi sistemaning vazifasi havoni mikroblardan tozalab berish hisoblanadi ?
a) qon aylanish b) nafas olish
s) tayanch-harakat d) limfa
Limfotsitlar qaysi organda hosil bo’ladi ?
a) yurak b) o’pka s) taloq d) orqa miya
Limfa sistemasiga qaysilar kiradi ?
a) limfa tugunlari, limfa suyuqligi
b) taloq, halqum, ichaklar
s) o’pkalar, limfa tomirlari
d) barchasi kiradi
Qon aylanish bilan limfa aylanishga xos xususiyatlarni aniqlang ?
a) ular bir xil vazifani bajaradi
b) qon aylanish yurakdan, limfa aylanish esa organlardan boshlanadi
s) ikkalasi ham qonni tashiydi
d) mikroblarga qarshi kurashadi
Organizmga kirgan mikroblar qayerda ushlab qolinadi ?
a) yurakda b) limfa tomirlarida
s) ichaklarda d) limfa tugunlarida
Adrenalin garmoni qaysi bezdan ajraladi ?
a) gipofizdan b) buyrak usti bezidan
s) epifizdan d) ayrisimon bezdan
Organizmni gumoral boshqarishda nimalar qatnashadi ?
a) epifiz bezi b) ayrisimon bezi
s) gipofiz bezi d) barchasi
Insonda himoya refleksi hosil bo’lishida qaysi bez qatnashadi ?
a) epifiz bezi b) buyrak usti bezi
s) gipofiz bez d) qalqonsimon bez
Umurtqa pog’onasi kanali ichida qaysi organ joylashgan ?
a) bosh miya b) ichak
s) orqa miya d) nerv tugunlari
Qaysi organlar gormon ishlab chiqaradi ?
a) yurak b) oshqozon s) ichak d) gipofiz bezi
Ushbu rasmda qaysi muskul qisqargan holatda ?
a) yelkaning 2 boshli muskuli
b) bilakning 3 boshli muskuli
s) yelkaning 3 boshli muskuli
d) tirsakning 2 boshli muskuli
Rasmda qaysi muskul bo’shashgan holatda ?
a ) yelkaning 2 boshli muskuli
b) bilakning 3 boshli muskuli
s) yelkaning 3 boshli muskuli
d) tirsakning 2 boshli muskuli
Rasmda ovqat hazm qilish sistemasi qaysi raqam bilan berilgan ?
a) 2 b) 3 s) 5 d) 7
Rasmdagi 7-raqamda qaysi sistema aks etgan ?
a) qon aylanish b) nerv sistemasi
s) tayanch-harakat d) limfa sistemasi
Rasmdan tayanch-harakat sistemasi qaysi raqam(lar)da ekanligini aniqlang ?
a) 3 b) 1 s) 4 d) 1 va 4
Rasmdan nafas olish sistemasini toping ?
a) 3 b) 6 s) 7 d) 2
Limfa sistemasi (a), qon aylanish sitemasi (b) ga xos xususiyatlarni juftlang ?
a) a-limfa suyuqligi oqadi, b-limfa tuguniga ega
b) a-qon oqadi, b-limfa oqadi
s) a-ochiq, b-yopiq
d) a-yopiq, b-2 ta doiradan iborat
Tasavvur qiling oldingizdan katta it chiqib qoldi, siz har qanday to’siqdan ham o’tib ketasiz. Bu qaysi organlar sistemasi hisobiga boshqariladi ?
a) yurak qon-tomir b) nerv sistemasi
s) endokrin sistemasi d) tayanch-harakat
Organizmga kirgan virus va bakteriyalarga qarshi kurashda(a), oz miqdorda modda ishlab , u tufayli moddalar almashinuviga ta’sir etadigan sistemalar (b) ni belgilang ?
a) a-tayanch-harakat, b-yurak qon-tomir
b) a-limfa sistemasi, b-endokrin sistema
s) a-endokrin sistema, b-hazm qilish sistemasi
d) a-limfa sistemasi, b-hazm qilish sistemasi