Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?



Download 71 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2022
Hajmi71 Kb.
#391338
  1   2   3




18-variant

1. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?

A) Bolalar uning bo‘shangligini bilib, baravar tortishishdan sira qolmasdi.

B) Oradan qancha zamonlar o‘tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz.

C) Ular xozir, o‘smirlik chog‘idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi.

D) Manzilga yetkach sen bilan alohida gaplashaman.

2. Quyidagi qaysi gaplarda tushum kelishigining belgisiz qo‘llanishi kuzatilmaydi?

1. Bolalariga ertak va naqllar aytib bera boshladi. 2. Biz uchun Vatanni sevmoq sharafdir.

3. Bugungi ishni ertaga qo‘yma. 4. Mevazorlar gulini to‘kmoqda. 5. Bugun do‘kondan kitob sotib olish kerak.

A) 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 2, 4, 5

3. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?

A) Avval ular bizga yetib olishsin keyin birga jo‘naymiz.

B) Yer dehqonning qonidir – suv joni.

C) Vaqting ketdi – baxting ketdi.

D) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.



4. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar hisoblanmaydi?

A) Maktabda “O‘tkir zehnlilar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Uning o‘tkir boltasi bo‘lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib tashlasa.

B) Bir yil ichida yigitning bo‘yi ancha o‘sdi.

Bog‘dagi gullarning muattar bo‘yi kishiga huzur bag‘ishlaydi.

C) Raqib darvozasiga ketma-ket to‘p kiritildi.

Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtirdi.

D) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi.

Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.

5. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosida qo‘llangan?

A) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim.

B) U do‘stini bekatda ko‘rib qoldi-yu, ko‘rmaslikka oldi.

C) U shuncha urinsa ham atrofdagilarni bunga ishontira olmaydi.

D) Bir vaqt qarasam, ko‘zimning yoshini to‘xtata olmayapman.

6. Bunda na g‘am bor, na azob, unda yashash quvonchi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. Ushbu gapda nechta tub mavhum ot bor?

A) 6 ta B) 5 ta C) 1 ta D) 4 ta

7. Biroz yurishgandan so‘ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so‘rabdilar. Ushbu gapda qatnashgan fe’llar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.

A) Gapda fe’l nisbatlarining ikki turi qatnashgan.

B) Gapda fe’l vazifa shakllarining ikki turi qatnashgan.

C) Gapdagi barcha fe’llar tub fe’llar sanaladi.

D) Gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar sanaladi.

8. Qaysi javobda tushum kelishigi bir o'rinda belgili va bir o'rinda belgisiz qo'llangan?

A) O'nta bo'lsa, o'rni boshqa.

B) San'atkorning muvaffaqiyati barchani xursand qildi.

C) Dangasaning non yeyishini ko'r.

D) Vatan haqda she'r yodladik.

9. Shunchaki sevilmoq – baxtiqarolik,

To‘la tole uchun bu kemtik, bu kam.

Mening qalbim shunday sevgiga molik:

Bir charsillab yonay, so‘ngra so‘nsam ham.

Ushbu she’riy parchada qatnashgan yasama fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?



A) kesim B) ega C) hol D) aniqlovchi

10. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar bo‘g‘inga to‘g‘ri ajratilgan?

A) shtan-ga, ko‘r-di-ngiz, ton-gi

B) yen-gil-di, ber-din-giz, kon-gress

C) tu-ngi, ya-ngi, si-ngli

D) de-ngiz, jon-ga, kon-gress

11. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan bir nechta kalitga ega bo‘lishdir.

Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?

A) fe’l, ot, olmosh

B) ravish, ot

C) ravish, fe’l, ot

D) ot, olmosh

12. Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar, o‘qituvchilar, hisobchilar, iste’dodli qalamkashlar tashrif buyurishadi.

Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan?

A) 5 ta B) 6 ta C) 4 ta D) 3 ta



13. Asal//ari, dev//qomat, Besh//ariq, jigar//rang, olib//kelmoq, sher//yurak, qo‘l//qop, bayon//etmoq, och//ko‘z. Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?

A) 5 tasi B) 7 tasi C) 8 tasi D) 6 tasi



14. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?

A) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.

B) Negadir ishtaham qochib ketdi.

C) Tez orada "Sohibqiron" sahna yuzini ko‘radi.

D) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.

15. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Ushbu gap qaysi uslubga xos?

A) publitsistik uslub

B) ilmiy uslub

C) so‘zlashuv uslubi

D) rasmiy uslub

16. Quyidagi qaysi gap(lar)da yotmoq fe’li ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi tarkibida yetakchi fe’l bo‘lib kelgan?

1. Yorug‘, keng xonadagi karavotlarning birida qirq yoshlar chamasidagi ayol yotardi.

2. Atrof ko‘m-ko‘k bo‘lib, yo‘l chetida qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg‘os ochilib yotar edi.

3. Bola chalqancha yota olmay qiynaldi.

A) 3 B) 2 C) 2, 3 D) 1, 3

17. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?

A) “Ko‘cha changitib yurgan yillaring ortda qoldi, bolam”, – dedilar bobom.

U milliy madaniyatimiz tarixida mashhur changchi sifatida nom chiqargan edi.

B) Anor butasimon mevali daraxtlar sirasiga kiradi.

Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.

C) Bir kechik topish kerak daryodan o‘tgani.

Kechki shabada uning tanasiga huzur bag‘ishlamoqda edi.

D) Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi.

U bog‘li poyabzal sotib olishni mo‘ljallagan edi.

18. Quyida berilgan so‘zlardan qaysilari to‘g‘ri yozilgan?

1) xolvafurush, 2) hordiq, 3) xarom, 4) tuhfa, 5) muxtoj, 6) chehra.

A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 6

19. Qaysi javobda modal, undov va taqlid so‘zlarning har biriga misol berilgan?

A) qars-qurs, kisht, dod

B) yilt-yilt, shekilli, albatta

C) oh, g‘iyq, avvalambor

D) dag‘-dag‘, g‘a-g‘a, haqiqatan

20. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan?

A) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.

B) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.

C) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?

D) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish