Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
@itspecuzDecember 11, 2017
Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan “qaynoq klavishalari”
@itspecuz
Klaviaturadagi kombinatsiyalardan foydalanish kompyuterda ishlashni yanada qulaylashtirishi va unumdorlikni oshirishi har bir tajribali foydalanuvchiga ma’lum. Ushbu maqolada biz sizlar uchun barcha foydalanuvchilarga foydasi tegadigan Windows 10’ning eng foydali qaynoq klavishalarini to‘pladik.
Pastroqda keltirilgan ro‘yxat orqali siz oldingi versiyalardan sizga tanish bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari bilan bir qatorda, Windows 10 bilan birga paydo bo‘lganlarini topishingiz mumkin. Ularning barchasini yodlab olishning hecham keragi yo‘q, bu albatta oson ish emas. Shunchaki siz eng ko‘p foydalanadigan 3-4 operatsiyani tanlang, ularga mos bo‘lgan klavishalarni stikerga yozib, doimiy ko‘rinib turadigan joyga yopishtirib qo‘ying. Ularning tez orada miyangizda muhrlanib qolishini sezmay ham qolasiz, keyinchalik ularsiz ishingizni tasavvur qilishingiz qiyin bo‘lib qoladi. Bu amalga oshganidan so‘ng esa keyingi qaynoq klavishalar kombinatsiyasini o‘rganishga kirishishingiz mumkin.
Oynalar va ilovalarni boshqarish
Win + ← (strelka chapga) — ilova oynasini ekranning chap tomoniga joylashtirish.
Win + → (strelka o‘ngga) — ilova oynasini ekranning o‘ng tomoniga joylashtirish.
Win + ↑ (strelka tepaga) — ilova oynasini butun ekranga yoyish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u tepa qismda ekranning chorak qismini egallaydi.
Win + ↓ (strelka pastga) — aktiv oynani pastga tushirish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u pastki qismda ekranning chorak qismini egallaydi.
Eslatma: Pastga tushirish deganda biz oynani vazifalar paneliga tushirishni nazarda tutmoqdamiz, ya’ni: Свернуть окно в панель задач.
Win + D — ish stolini ko‘rsatish va berkitish (oynalarni boshqarish orqali).
Win + Shift + M — pastga tushirilgan oynalarni qayta tiklash (oynalar ekranda egallab turgan avvalgi holatiga qaytadi).
Win + Home — aktiv oynadan tashqari qolgan barcha oynalarni pastga tushirish (qayta bosganda barcha oynalarni avvalgi holatiga tiklash).
Alt + Tab — ishga tushirilgan ilovalar o‘rtasida o‘tish.
Alt + F4 — aktiv oynani yopish.
Win + Shift + ← (strelka chapga) yoki → (o‘ngga) — oynani boshqa monitorga o‘tkazish.
Win + T — vazifalar panelida ketma-ket ikonkalar bo‘yicha o‘tish. Ilovani ishga tushirish uchun Enterni bosing.
Win + 0…9 — vazifalar panelidagi joylangan ikonkaning tartib raqamiga mos tarzda ilovani ishga tushirish.
Проводник oynasi
Win + E — fayl menejerini ishga tushirish.
Ctrl + N — yangi oynani ochish.
Ctrl + sichqoncha g‘ildiragi — elementlar ko‘rinishini o‘zgartirish (ikonkalar, jadvallar, eskizlar va hokazo).
Alt + ↑ (strelka tepaga) — bitta bosqichga tepaga ko‘tarilish.
Alt + ← (strelka chapga) — oldingi papkani ko‘rish.
Alt + → (strelka o‘ngga) — keyingi papkani ko‘rish.
Virtual ish stollari
Win + Ctrl + D — virtual ish stolini qo‘shish.
Win + Ctrl + ← (strelka chapga) — virtual ish stollari o‘rtasida o‘ngdan chapga o‘tish.
Win + Ctrl + → (strelka o‘ngga) — virtual ish stollari o‘rtasida chapdan o‘ngga o‘tish.
Win + Ctrl + F4 — ishlatilayotgan virtual ish stolini yopish.
Win + Tab — barcha ish stollari va ulardagi ilovalarni ko‘rsatish.
Windows
Ctrl + Shift + Esc — диспетчер задач’ni ishga tushirish.
Win + R — “Выполнить” komanda kiritish oynasini ochish.
Shift + Delete — fayllarni savat (корзинка)ga yubormasdan o‘chirish.
Alt + Enter — tanlangan element xususiyati (свойства)ni ko‘rsatish.
Win + probel — kiritish tili va klaviatura raskladkasini o‘zgartirish.
Win + A — “Центр поддержки”ni ochish.
Win + S — qidiruv oynasini ochish.
Win + H — “Поделиться” panelini chaqirish.
Win + I — “Параметры” oynasini ochish.
Skrinshotlar va o‘yinlar
Win + PrtScr — skrinshot yaratish va uni rasmlar papkasiga saqlash.
Win + Alt + PrtScr — o‘yin ekranini rasmga olish.
Win + G — o‘tish jarayonini yozib borish uchun o‘yin panelini ochish.
Win + Alt + G — aktiv oynadagi oxirgi 30 soniyani yozib olish.
Win + Alt + R — yozib olishni boshlash yoki to‘xtatish.
Win + P — namoyish etish rejimlari o‘rtasida o‘tish (ikkinchi displey mavjud bo‘lgan taqdirda).
----------------------------------------
E’tiboringiz uchun rahmat!
Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz
Do'stlaringiz bilan baham: |