Abdurahimov umidjon MARKETING TADQIQOTLARI Marketing tadqiqotlarining maqsadi, vazifalari va strategiyasi Marketingda quyidagi vazifalarni hal etish bilan shug‘ullaniladi: - tovarlarga bo‘lgan ichki va tashqi talabni o‘rganish; - xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o‘rganish va aniqlash; - korxonaning iste’molchilarini istalgan ehtiyojlariga moslashish; - tovarlar reklamasi, xaridorlarni ularni sotib olishga ko‘proq qiziqishini orttirish; - tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalgam oshirishni nazorat qilish.
Abdurahimov U Marketing tadqiqotlarining strategiyasi. Yuqorida keltirilgan tamoyillarga asoslanib, korxona marketing strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Korxona marketing strategiyasi uzoq muddatli davrga mo‘ljallangan tovar va xizmatlar sotuvi va ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirlarning ko‘p tomonlama tizimini ifodalaydi. Bunda korxonaning texnologiya va ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda tovar va xizmatlar hajmini va sifatini oshirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Ko‘rsatilgan imkoniyatlarni hisobga olgan holda korxonaning rivojlanish istiqbollarini va eng optimal maqsadlarini aks ettiruvchi strategiyasi ishlab chiqiladi. Korxona marketingi strategiyasini aniqlashda asosiy ko‘rsatkich korxona tovar va xizmatlar hajmi, uning ulush, foiz stavkasi, foyda va hokazoni hisobga olish kerak. Strategiya — uzoq muddatli rivojlanish va harakat rejasi bo‘lib, yuqori natijalarga erishishga qaratilgandiR. Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari Ko‘pchilik marketing tadqiqotlari (Magketing Research) bilan bozor tadqiqotlarini (Magket Research) bir xil faoliyat deb tushunishadi. Ma’lumki, «bozor tadqiqotlari» bozorning o‘zini miqdoriy baholash va tahlil qilishni o‘z ichiga olsa, marketing tadqiqotlari tovar va xizmatlar marketingiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni ham qamrab oladi. Ya’ni, u o‘z ichiga reklama va sotish kanallarining samaradorligini o‘rganishni, tovarlar va raqobatchi firmalar marketing usullarini tahlil qilishni va shuningdek, iste’molchilarning o‘zlarini tutishlari bilan bog‘liq barcha muammolarni oladi. Marketing tadkikotlarining shakl va usullari Har qanday ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishda ma’lumotlar olish uchun axborotlarning ikki manbaidan — birlamchi va ikkilamchi turidan foydalaniladi. Ikkilamchi manbalar — bu doim birinchi navbatda o‘rganish zarur bo‘lgan mavjud ma’lumotlardir. Amerika bozorni o‘rganish jamiyati o‘tkazilgan tadqiqot hisobotiga quyidagi majburiy mazmundagi talablarni ishlab chiqqan: - Tadqiqot maqsadi.
- 2. Tadqiqot kim uchun va kim tomonidan o‘tkazilgan.
3. Tadqiqot qamrab olgan bosh umumiy ob’ektni bayon qilish. 4. Tanlash hajmi va xarakteri, shuningdek qo‘llanilayotgan tanlash usulini bayon qilish. 5. Tadqiqot o‘tkazish vaqti. 6. Foydalanilgan so‘rov usuli. 7. Tadqiqot o‘tkazgan shaxslar va barcha qo‘llanilgan nazorat usullarining adekvativ tavsifnomasi. 8. Anketa nusxasi. 9. Haqiqiy natijalar. 10. Foizni hisoblash uchun foydalanilgan asosiy ko‘rsatkichlar. 11. O‘tkazilgan so‘rovlarning geografik taqsimlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |