Qavatqal`a vohasi. XII-XIII asrning boshlari. O`zining markaziy qal`asi
Qavatqal`aning nomi bilan atalgan voha Govxo`ra kanali buylab uzunligi 15, eni 3-4
kilometr maydonda joylashgan.
Bu atrofda bir necha ming yillar davomida tirikchilik bo`lgan. Vohada VII-VIII
asrlarga tegishli madaniy qoldiqlar ko`p uchraydi. IX-X asrlarda xalq jipslasha
boshlagan, XII-XIII asrning boshlari vohaning eng rivojlangan davri bo`lgan. Mana
shu buyuk Xorazmshoxlar davrida bu atrofda xar xil saroylar, bog`lar, hovlilar va
xokazo qurilishlari jadallashgan. Uning markaziy bo`limida 90 ga yaqin hovli 3
qo`rg`on joylashgan. Ular asosan, kanallarga yaqin yoki kanallar bo`yida
joylashgan. Kavatqal`a atrofida dehqonchilik qishloqlar, qabristonlar, porxanlarning
xonasi, masjid va shunga o`xshash diniy jamoatchilik o`rinilar ham bo`lgan.
Qabriston g`arbida kanallarning kesishgan joyida maydoni 200 x 150 m bo`lgan eski
bog` joylashgan. Voha xalqlari asosan, dehqonchilik bilan shug`ullangan,
shuningdek, hunarmandchilik ham rivojlangan. Uning sharqiy chegaralarida
kulolchilik pechlari, shimoli-g`arbida esa shisha yasovchilarning ustaxonalari
joylashgan. Voha 1937, 1940,1956, 1966, 1970, 1972 yillari o`rganilgan.
Kichik Qavatqal`a atrofidagi kulolchilik buyumlarini ishlab chiqarish joylari
XII-XIII asrlarga to`g`ri keladi. Kichik Qavatqal`a atrofidagi maydonda kulol
pechlari, undan chiqqan ko`pchilik qoldiq saqlangan. Hozir bu erlar ekin
maydonlariga aylantirilgan. Yodgorlik 1956 yili tekshirilgan.
Qal`a atrofidagi 90 dan ziyod dehqon istehkomlari bo`lgan. Ular ham feodal
hokim majburiyatlarini bajarganlar.
Qavatqal`aning o`zi o`rta asrlarga tegishli Xorazm uchun feodal qurg`on shahar
bo`lgan. Qal`aning ichki tomonidan har xil rangdagi naqshlar bilan bezatilgan ulkan
saroy binosi topilgan. Qal`aning atrofini aylanib oqadigan kanal xam bo`lgan. Qal`a
atrofida 4 qo`rg`on bo`lib, qo`rg`onlarda saroy qoldiqlari borligi xam aniqlangan.
73
Qavatqal`aning to`g`ri to`rtburchakli shakldagi bir burchagi turtib tashqariga
chiqqan, o`q-yoyga o`xshash ark burchaklarida kichkina uyumlari, to`rtburchak
shaklidagi istehkomlar bor bo`lgan. Qo`rg`onning turar joylari 4 burchak shaklida
bo`lgan
Teshikqal`a. VII-VIII asrlar. Qal`a hududida joylashgan. U 4 burchakli loyiha
bo`yicha qurilgan bo`lib, maydoni 90 x 100 m. U loy paxsadan tiklanib, xozirda 8-9
m balandlikda saqlangan devorlarining 4 burchagida minoralar joylashgan. Uning
qoq markazi xom g`ishtdan (35-37 x 9 sm) o`rilgan. Maydoni 20 x 24 m bo`lib,
saroy joylashgan. Devorlari gadoradolar bilan bezalgan. Saroyning darvozasi
shimoliy - g`arbiy tomonida joylashib, qal`a bilan darvozasi yonidagi osma ko`pir
orqali bog`langan. Saroy ichida 8 xona bor. Markaziy xonada pishgan g`isht bilan
o`rilgan quduq bor.
Qo`rg`on ichida saroyni aylanib qurilgan 2 xonali joylar bir qator joylashgan.
Tadqiqod davrida ko`p sonli idishlar, kiyimlarning qoldiqlari, suyak va metalldan
ishlangan qurollar, Xorazm podsholari Chagan va Shausharadalarning nomidan
quyilgan mis tangalar topilgan. Meva daraxtlarining danaklari, uzumning danagi,
jo`xori va tariqning doni qal`a xalqining dehqonchilik, bog`dorchilik bilan
shug`ullanganligidan darak beradi. Topilmalar ichida loyga bosilgan muhrning
tamg`asida to`rt xolli xudoning va yovvoyi hayvonni ov qilish jarayoni tasvirlangan.
Teshikqal`a 1937 -1938 yillari o`rganildi.
Ellikqal`aga tegishli Qirqqiz xo`jaligi hududidagi O`rdakxona ko`lining janubiy
Do'stlaringiz bilan baham: |