●Qattiq jismlarning xossalari Reja: - 1-Qattiq jismlar
- 2-Qattiq jismlarning tuzilishi
- 3-Qattiq jismlarning elektr xossalari
- 4-Kristal panjaralar
- 5-Yarim o'tkazgichlarning kristall tuzilishi
- 6-Miller indekslari
Barcha zamonaviy elektron asboblar, shu jumladan mikro va nano elektron asboblar asosan har xil funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan qattiq jismlar negizida tayyorlanadi. Qattiq jismlar noyob xossalarga ega bo‘lib, bu esa ularni fanning har xil sohalarida foydalanishga imkon beradi.
Qattiq jism – bu moddaning agregat holati bo‘lib, shaklini barqarorligi va atomlarining issiqlik harakatini o‘ziga xosligi bilan tavsiflanadi, ya’ni atomlar o‘zining muvozanat vaziyati atrofida kichik tebranishlar sodir etadi.
1-Qattiq jismlar
Kristall – qattiq jism bo‘lib, uzoq va yaqin tartibga ega atomlarning muvozanatli joylashishi fazoviy davriylik bilan tavsiflanadi. Monokristall – qattiq jism bo‘lib, butun shaklga (hajmga) egadir, ya’ni bunda atomlar bir xil tartibda va davriylikda joylashadi. Polikristall – qattiq jism bo‘lib, u juda ham mayda o‘lchamli monokristallardan tashkil topadi. Amorf jism – qattiq jism bo‘lib, amorf holatda bo‘ladi (kristall holatdan farqli ravishda), ya’ni unda atomlar va molekulalar joylashishi uzoq tartibga ega bo‘lmaydi.
2-Qattiq jismlarning tuzilishi
Metall – qattiq jism bo‘lib, odatdagi sharoitlarda o‘ziga xos metalli xossalarga egadir, ya’ni yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik, qarshilikning musbat harorat koeffitsienti shular jumlasidandir. Harorat pasaytirilganda jismlarning elektro‘tkazuv-chanligi oshadi, shuningdek ular elektromagnit to‘lqinlarni o‘zidan yaxshi qaytaradi.
Yarimo‘tkazgich – qattiq jism bo‘lib, o‘zining solishtirma o‘tkazuvchanligi bo‘yicha o‘tkazgich va dielektrik o‘rtasida joylashadi va o‘tkazgichlardan solishtirma o‘tkazuvchanligini kirishmalar konsen-tratsiyasi, harorat, har xil turdagi nurlanishlarga kuchli bog‘liqligi bilan farq qiladi hamda katta sezgirlikka egadir. YArimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi haroratga kuchli bog‘liq bo‘ladi va eksponensial qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi.
Dielektrik – qattiq jism bo‘lib, o‘zidan elektr tokini yaxshi o‘tkazmaydi yoki butunlay o‘tkazmaydi. Dielektrikning asosiy xossasi tashqi elektr maydonida qutublanish xususiyatiga ega bo‘lishidir.
3-Qattiq jismlarning elektr xossalari
Do'stlaringiz bilan baham: |