4.1 – rasm. Fotoo’tkazuvchanlik.
Ko’rinib turibdiki, tajriba natijalariga asoslangan nazariy natijalardan tubdan farq qiladi. Biz bunda ∆n(t) bog’lanishni 3 sohaga bo’lishimiz mumkin. 1− sohada ya’ni yoritish vaqti juda kam bo’lganda bo’lganda, nazariy va tajriba natijalari bir – biriga mos tushadi. 2 – sohada tajriba natijalari nazariy olingan qiymatlarda ancha kam va ∆n(t) bog’lanishi to’g’ri chiziqli emas, balki ancha sekin o’sayotganini ko’ramiz. 3 – sohada ∆n qiymati umuman yoritilganlik vaqtiga bo’g’liq bo’lmay bir xil doimiy qiymatga ega bo’lar ekan.
4.2-§ Zaryad tashuvchilarning yashash vaqti
Tajriba natijalari shundan dalolat beradiki, fotogenerasiya natijasida paydo bo’layotgan erkin elektronlar o’tkazuvchanlik sohasida hamma vaqt fotogeneratsiya bo’lsa, ham o’zgarmas qolar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |