Samarqand olimpiya zahiralar kolleji 9,,G’’ sinf rahbari Qodirova Gulnoza tomonidan ,,Konstitutsiya –huquqlarimiz kafolati’’mavzusida o’tkazilgan ma’naviyat soati
Bayonnomasi
Qatnashdilar: 9,,G’’sinf o’quvchilari
Sana: 4.12.2020 yil
Kun tartibi:
1.,,Konstitutsiya - huquqlarimiz kafolati’’ mavzusida suhbat.
2.Har xil masalalar
Eshitildi:
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari Qodirova Gulnoza so’zga chiqdi.O’quvchilarga savol bilan murojaat qildi. ,,Konstitutsiyaviy huquq va burch qanday tushuncha?’’
O’quvchilar orasida ushbu savol bahs-munozaraga aylandi.,,Har kim avvalo bilim olish huquqiga ega.’’
,,Bepul davolanish huquqiga ega’’.Har bir o’quvchi konstitutsiyamiz haqida ma’lumot berib o’tishdi.Amonov Abdulla Konstitutsiya haqida yodlagan she’rlaridan na’munalar keltirishdi.
Mustaqillik ne’matdir
QADRIN BILGAN AHADDIR
O’qib o’rgansang baxtdir.
Bizning konstitutsiya
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf sardori:Tursoatov Ibrohim so’zga chiqdi.
,,O’quvchilarimizning tartib qoidalari hozirgi kunda yaxshi.Darslarga ba’zi kasal o’quvchilarimizdan tashqari barcha o’quvchilarimiz kirishyapti.Kundaliklariga baholarini olishyapti.Har bitta o’quvchining baholari tekshirilmoqda.’’
Bu masalaga sinf rahbari Qodirova Gulnoza qo’shimcha qildi.,,Har bir o’quvchi o’z ustida ishlashi va olgan bilimlarini mustahkamlab,baholarini qo’ydirib borshi zarur.Har kunlik sport mashg’ulotlaridan keyin sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish zarur’’ deb o’z fikrini yakunladi.
Sinf rahbari: Qodirova G
Sinf sardori: Tursoatov Ibrohim
Samarqand olimpiya zahiralari kolleji 9,,G’’sinf rahbari Qodirova Gulnozaning ,,Davlatimiz ramzlari-shonu shavkatimiz !’’mavzusida o’tkazgan ma’naviyat soati
BAYONNOMASI
Sana: 11 .12.2020
Qatnashdilar: Sinf rahbari Qodirova G
9,,G’’sinf o’quvchilari
Kun tartibi:
1.,,Davlatimiz ramzlari – shonu- shavkatimiz!’’ mavzusida ma’ruza
2.,,Perotexnika vositalari –umr zavoli.’’mavzusida suhbat.
Eshitildi:
Birinchi masala yuzasidan sinf rahbari Qodirova Gulnoza so’zga chiqdi. ,,Har bir millatning o’z ramzlari bo’lganiday har bir davlatning o’z belgilari bor,ya’ni ramzlari.Davlat gerbi,Konstitutsiyasi,davlat bayrog’I va davlat madhiyasiga egadir.Har bir davlat ushbu ramzlari orqali taniladi.Har bir fuqaro o’z davlat ramzlari bilan birga faxrlanishi va yutuqlarga erishganida ko’klarga ko’tarishi kerak.
1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilindi.Madhiya uchun bir nechta nomzod shoirlardan takliflar kelib tushgan.Shular orasidan A.Oripov qalamiga mansub bo’lgan madhiya ma’qul deb topilgan.Abdulla Oripov so’zi,Mutal Burxonov musiqasi bilan bastalangan ushbu madhiyamiz qabul qilingan.
Ikkinchi masala yuzasidan 9,,G’’ sinf rahbari Qodirova Gulnoza so’zga chiqdi.,Yangi 2021 yilga ham sanoqli kunlar qolmoqda.Har bir o’quvchi o’z hayotining xavfsizligiga o’zi javobgarligini his qilgan holda xavfsizlik choralarini ko’rishi, har xil perotexnika vositalaridan foydalanmasligi zarur.Perotexnika vositalari chiroyli ko’rinishi mumkin lekin sal ehtiyotsizlikdan katta zarar keltirishi,salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shunday ekan bunday zararli vositalardan foydalanmasligimiz va foydalanayotganlarni bunday yo’ldan qaytarishimiz zarur’’ deb o’z so’zini yakunladi.
Sinf rahbari: Qodirova Gulnoza
Sinf sardori: Tursoatov Ibrohim
Samarqand olimpiya zahiralari kolleji 9,,G’’sinf rahbari Qodirova Gulnozaning ,,Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo’lidadir’’ mavzusida o’tkazgan ma’naviyat soati
BAYONNOMASI
Sana: 12.2020
Qatnashdi: 9,,G’’sinf o’quvchilari,sinf rahbari
Qodirova G
Kun tartibi:
1.,,Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo’lidadur’’mavzusida ma’ruza
2.Har xil masalalar.
Eshitildi:
1.Sinf rahbari Qodirova Gulnoza tomonidan ,,Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo’lidadur’’mavzusida ma’ruza qildi.O’quvchilar tomonidan tinglandi.O’quvchilarning kelajak orzulari haqida fikrlari eshitildi.Har bir o’quvchi o’z orzu niyatlari bilan o’rtoqlashishdi.O’quvchilar o’z usti
Samarqand olimpiya zahiralari kolleji 9,,G’’sinf rahbari Qodirova Gulnozaning
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha qilingan ishlar yarim yillik
HISOBOTI
2020-2021 o’quv yili pandemiya sharoiti bilan onlayn boshlandi.O’quvchilar bilan onlayn bog’lanib,muloqotda bo’lib turdik.Tashkil etilgan sinf gruppasida o’quvchilarimiz faol bo’lishdi.Pandemiya sharoiti tufayli ,,1-sentabrMustaqillik kuni’’, ,,2-sentabr Bilimlar kuni’’ni onlayn tarzda nishonladik.
9,,G’’sinfda 27 nafar o’quvchi bor.Shundan 1 nafari qiz bola.Har bir o’quvchining bayramni nishonlashda oz bo’lsada o’z hissalarini qo’shishdi.
Onlayn tarzda ma’naviyat soati mavzulari : ,,Men nechun sevaman O’zbekistonni?’’, ,,Ijtimoiy tarmoqlarda n samarali foydalanish va tahdidlar’’’, ,,Vatan taraqqiyotiga mening hissam’’, ,,Kasblar ichida eng ulug’I’’, ,,Inson psixologiyasi va shaxs etikasi haqida tushunchalar’’, ,,Yoshlarning ota –ona,oila hamda mahalla oldidagi burch hamda majburiyatlari’’, ,,Tozalik-sog’lik garovi’’, ,,Til-fikr libosidur’’ mavzulari to’liq onlayn tarzda o’tildi.
II chorak 10 noyabr sanasi bilan boshlandi.Muhim sanalardan 18 noyabr Bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan kollejimizda ,,Bayrog’imiz –faxrimiz ‘’deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi.
O’quvchilarimiz bilan ma’naviyat soatida ham mavzu haqida suhbatlashdik.Mavzu doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari mustahkamlandi.
II chorakda ,,Til-fikr libosidur’’, ,,Sog’lom fikrlash psixologiyasi’’, ,,Zamon bilan hamnafas’’, ,,Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy psixologik xususiyatlari’’, ,,Kasblar haqida tushuncha’’, ,,Konstitutsiya –huquqlarimiz kafolati’’, ,,Davlatimiz ramzlari shonu- shavkatimiz!’’, ,,Kelajak buyuk ma’naviyat egalari qo’lidadur’’, ,,Yangi yil tilaklarim sizga, do’stlar!’’mavzulari asosida ma’naviyat soati o’tkazildi.O’quvchilar mavzu yuzasidan o’z bilim va ko’nikmalari bilan o’rtoqlashishdi.
O’tilgan har bir mavzudan o’quvchilar o’zlariga kerak bo’lga bilim va ko’nikmalarni olishdi.O’quvchilarimiz muhim sanalarga alohida tayyorgarlik ko’rishdi.O’z ijod na’munalari bilan ishtirok etishdi.
Sinf rahbar Qodirova G
Do'stlaringiz bilan baham: |