Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘
tumani hokimining
Qarori
Yakkabog‘ Tumanining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2013-y., 52-I-son) 28-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 22-oktabrdagi 991-II sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi
Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 13-noyabrdagi SQ-453-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2014-y., 50-son 590-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi X-376/12-sonli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2270-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2014-y., 50-son 590-modda) va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2014-yil 11-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjet parametrlari to‘g‘risida”gi IV/44-143-sonli qarori, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi X-376/12-sonli qarori, Xalq deputatlari Yakkabog‘ tuman kengashining 2014-yil 19-dekabrdagi “Tuman mahalliy budjetining 2014-yildagi kutilayotgan ijrosi hamda 2015-yilgi budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi IV-33\73-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetining asosiy parametrlari 2-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetining daromadlari
va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va o‘tkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
Tuman mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
Tuman mahalliy budjeti aylanma kassa mablag‘ining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy
ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman iqtisodiyot bo‘limi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozining bajarilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borsin.
4. Yakkabog‘ tuman hokimligi moliya bo‘limi (N. Mo‘minov), tuman g‘aznachilik bo‘linmasi (Sh. Ro‘ziboyev), tumandagi barcha tegishli banklar bilan birgalikda 2015-yilning yanvar oyida o‘tkaziladigan operatsiyalarni 2014-yilgi mahalliy budjetning ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotda aks ettirgan holda, 2014-yilgi mahalliy budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni o‘tkazsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlar to‘plami, 2014-y., 50-son, 590-modda)ning 36-ilovasiga muvofiq 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi va 2015-yil 1-yanvardan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar
kiritilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2016-yil 1-yanvargacha uzaytirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimining 2014-yil 11-fevraldagi X-110/02 sonli qarori 2015-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari B. Doverov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. JO‘RAYEV
Yakkabog‘ t.,
2015-yil 6-yanvar,
X-11/01-son
Tuman hokimining 2015-yil 6-yanvardagi X-11/01-sonli
qaroriga
1-ILOVA
Yakkabog‘ tumanining 2015-yilgi asosiy makroiktisodiy ko‘rsatkichlari