Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani
44-umumiy o`rta ta’lim
maktabining Ona tili va adabiyot fani
o`qituvchisi Xo’janova Gulhayoning
9-sinf adabiyot fani fanidan
“Xoja hikoyatlari mazmuni ” mavzusida bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu :Xoja hikoyatlari mazmuni
Darsning maqsadi :
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Xoja hikoyatlari mazmuni haqida bilimlar berish .
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilar axloqiy tarbiya berish , vatanparvarlik ruhini uyg`otish .
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni nutqini o’stirish , mustaqil ishlash,o`z ustida ishlash,erkin fikrlash malakalarini rivojlantirish.
Kompetensiya:
Tayanch kompetensiya: Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiya, O`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasi
- Dars turi: Yangi bilimlarni shakllantish;
- Dars metodi: ”Savol-javob”, ”Suhbat”, “Sahna ko’rinishi ”, “Zakovat ”, “Zinama-zina”
- Dars jihozi(darsda foydalanilgan jihozlar):
Ko`rgazmali qurollar , tarqatma materiallar , slayd , ko`rgazmalar , AKT - Baholash: o`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e`lon qilinadi
Darsning borishi - I. Tashkiliy qism:
- Salomlashish
- Davomatni aniqlash
- Sinf tozaligini tekshirish
- O`quvchilarni darsga hozirlash
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash “Zinama-zina” metodi orqali savol-javob , sahna ko’rinishi asosida . Dostoni haqida Xojaning “Maqsad ul-atvor” nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514–1520-yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan bo‘lib, Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining birinchi dostoni “Maxzan ul-asror”ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan.
Yangi mavzuning bayoni
1-hikoyatda adolat bilan ish qilishning savobi naqadar ulug‘ligi aytilgan. 2-hikoyatda xo‘jayiniga sadoqat bilan xizmat qilmagan odam ikkinchi xo‘jayiniga sodiq bo‘lmasligi haqida. Bunda xoinlik, vafosizlik qoralangan. 3-hikoyatda adolat qilishda ikki arzgo‘y tarafning shikoyatini birdek tinglash lozim ekanligi aytiladi. 4-hikoyatda ertasini o‘ylagan kishi hech qachon xonavayron bo‘lmasligi aytiladi. ASARLARI HAQIDA - “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti” 1508–1510 yillar) - Temur Sultonga atalgan falsafiy-axloqiy asari
- “Gulzor” (1538 yil) - Kistan Karo Odilga bagʻishlangan falsafiy-axloqiy asari
- Jonibek Sultonga atalgan “Maqsad ul-atvor” (1514–1520 yillar) axloqiy didaktik masnaviy dostoni
- bir necha gʻazallari yetib kelgan.
- Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkir al-ahbob” tazkirasida keltirilipshcha, Xoja “Layli va Majnun” nomli asar ham yozgan, ammo bu asar haligacha topilgani yoʻq.
“Gulzor” asari - Shoirning “Gulzor” asari ham mazmun va koʻtarilgan muammolarning dolzarbligi bilan “Miftohul-adl”ga oʻxshab ketadi. Xoja “Gulzor” asarini Balx davlatining shayxulislomi lavozimida turib, xonning din borasidagi maslahatchisi boʻlgan paytida yozgan. Din homiylari esa u paytlarda katta nufuzga ega boʻlganlar. Binobarin, Podshoxoja asari ham beklar uchun davlatni boshqarish, xalq bilan qanday munosabatda boʻlish haqida bitilgan oʻgitlar toʻla asar hisoblanadi.
“Maqsad ul-atvor” dostoni - Xojaning “Maqsad ul-atvor” dostoni uning dunyoqarashini oʻrganishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.
- Xoja insonni faqat yaxshilik qilish uchun yaratilgan, deb biladi va undagi salbiy illatlarni aql-zakovat va donolik yordamida yoʻqotish mumkinligiga ishonadi. Xoja zeb-ziynat, boylik va martaba insonga maʼnaviy fazilat bermaydi, degan xulosaga keladi. Shuning uchun ham u oʻz qarashlarida xon, bek va katta mol-dunyo egalari boʻlgan kishilarni insofli, diyonatli, saxovatli boʻlishga chaqirib, beva-bechoralar, kambagʻal qashshoqlar haqidan qoʻrqmaydigan sitamgar, zolim, qonxoʻr, xasis kishilarni fosh qiladi.
- Adib oʻzining “Maqsad ul-atvor” degan asarida din va ilm kishini rostgoʻylikka, halollikka, poklikka, yomonni yaxshidan ajratishga olib keladi, degan fikrni ilgari suradi
Mustahkamlash
1.Qaysi ijodkor Bahovuddin Naqshband qabri yonida dafn qilinadi.
A) Turdi B) Xoja C) Mahtumquli D) Ogahiy
2. Kim XII asrda Buxoroda Abduxoliq G‘ijduvoniy asos solgan mashhur “xojagon”
silsilasining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan edi?
A) Navoiy B) Bobur C) Xoja D) Turdi
3.Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab dovruqli
murshidlarni yetkazib bergan. Mashhur silsilaning nomi qaysi javobda tog’ri berilgan?
- Naqshbandiya B) Xojagon C) Yassaviya D) Kubraviya
4. Xojaning qanday devoni bor?
A) Turk, arab B)Turk, fors arab C) Faqat turkiy D)Forsiy, turkiy
5.Kechadur radifli g’azalini kimga yuboradi?
- Navoiyga B) Boburga C) Husayin Boyqaroga D) Shayboniyxonga
Baholash .
Uyga vazifa : Mavzuni o`qib kelish . ________ bet
Do'stlaringiz bilan baham: |