A N I Q L A D I M :
Toʻplangan ish hujjatlarga koʻra, 2021-yil 16-noyabr kuni soat tahminan 22:54 larda oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan fuqaro Dadaboyev Baxrom Alimovich tezkor malumotlar asosida Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontirabandaga qarshi kurshish va bojxona auditi bo‘limi hodimlari ,viloyat IIB,DXX xodimlari bilan hamkorlikda “Chiriqchi” tumanida o‘tkazilgan “Qoradori 2021” keng qamrovli tadbirda , surxondaryi-toshkent yo‘nalishida xarakatlanib kelayotgan fuqaro SHaripov.M boshqaruvidagi davlat raqami 75Q597MA bo‘lgan “kobalt” rusmli avtomashina old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida kelayotganida uning paypoqlari ichida 2 dona selofan bo‘lagiga o‘ralgan o‘tkir hidli ,toq jigar rangli giyoxvandlik moddasiga oxshash moddalar hamda egnidsagi kurtkasining chontagida 2 dona selofan bo‘lagiga o‘ralgan o‘tkir hidli , to‘q jigar rangli saqichsimon moddalar borligi anqlandi va ushbu moddalar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olib qoʻyilgan.
Daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan 246,81 gramm va 8,53 gramm bo‘lgan ko‘rinishidan giyohvandlik moddasiga o‘xshash moddalar giyohvandlik moddalar turkumiga kirish yoki kirmasligini, ularning sof vazni va turini aniqlashda maxsus bilimga ega ekspertlarning xulosalarini olish lozim boʻladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 391, 172, 173, 174 va 180-moddalari talablariga rioya qilib:-
Q A R O R Q I L D I M :
I. Tezkor tadbir davomida daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan ashyolar giyohvandlik moddalari turkumiga kirish yoki kirmasligini aniqlash yuzasidan Sudga oid kimyoviy ekspertiza tayinlansin va uni oʻtkazishlik Oʻzbekiston Respublikasi IIV EKBMning ekspertlari zimmasiga yuklatilsin.
Ekspertlarga Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 68-moddasida koʻrsatilgan huquq va majburiyatlari tushuntirilsin va ular xulosa berishdan boʻyin tovlaganlik hamda bila turib yolgʻon xulosa berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKning 238, 240-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortilishlari hususida ogohlantirilsin.
II. Ekspertlar ixtiyoriga quyidagi savollar qoʻyilsin:
1) tezkor tadbir natijasida fuqaro Dadaboyev Baxrom Alimovich sumkasi ichidan daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan 246,81 gramm bo‘lgan modda rostdan ham giyohvandlik moddalari turkumiga kiradimi?
- agarda giyohvandlik moddalari turkumiga kirsa, turi, guruhi va sof vazni aniqlansin.
- agarda giyohvandlik moddalari turkumiga kirsa, turi, guruhi va sof vazni aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |