Xolislar: 1. _______________ M.Safarov
2. ______________ X.Xidirov
Bayonnoma tuzdim
Kontrabandaga qarshi kurashish
va bojxona auditi bo‘limi
katta tezkor vakili___________________ M.Po‘latov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING QASHQADARYO VILOYATI BO‘YICHA BOSHQARMASI
190111, Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi 286. tel.: (0376) 225-24-51 faks: (0376) 225-26-05
elektron pochta manzil: qarshi@customs.uz e-xat:surxon_bojxona@exat.uz
2021-yil 17-noyabr №22/03-22-00205
Qasgqadaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari
adliya katta maslahatchisi
X.X.Akbarovichga
Xurmatli Xushnudbek Xurshedovich,
Ushbu orqali Sizga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Dadaboyev Baxrom Alimovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan qo‘zg‘atilgan 220017/2020-66QX-sonli jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPKning 345-moddasi tartibida tegishlilik masalasini hal etish uchun yuborilmoqda.
Ilova: 220017/2020-66QX-sonli jinoyat ishi 1 jild, __varaqda.
Xurmat bilan,
Boshliq,
bojxona xizmati polkovnigi U.N.Kenjayev
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i,
bojxona xizmati polkovnigi
U.N.Kenjayevga
B I L D I R G I
Ushbu orqali Sizga shuni ma’lum qilamanki, 2021-yil 16-noyabr kuni soat 22:54 larda , Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi katta tezkor vakili M Po‘latov , bo‘lim xodimlari Maqsudov Amir va Fayzullayev Anvarlar tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotga asosan viloyat IIB va DXX hodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida, O‘zbekiston fuqarosi
(28.041979-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug‘ilgan, so‘zidan muqaddam JPKning 273-moddasi 5- qismi bilan sudlangan, millati o‘zbek, oilali, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, AB32259617 raqamli passport 26.04.2017-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumani IIB tomonidan berilgan, Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Muqumiy” mahallasida yashovchi)
Dadaboyev Baxrom Alimovich 2021-yil 16-noyabr kuni soat 22:54 da ,olingan tezkor malumotlar doirasida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida o‘tkazilagan “Qoradori 2021 “ tezkor tadbiri doirasida olib borilgan tergov harakatlari natijasida Toshkent shaxrida giyohvandlik vositasini sotish uchun fuqaro Sharipov Malik boshqaruvidagi avtotranspor vositasida Surxandaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kellayotganda “Umukay “ maskanida harakatlaninb ketayotganda ko‘zdan kechirilib, xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazilganda, chap oyog‘idagi paypog‘i ichida 2 dona oq rangli selofan paket parchasiga o‘ralgan to‘q jigarrang, o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar, egnidagi kurtkasining ichki cho‘ntaklari ichida 2 dona oq rangli selofan paket parchasiga o‘ralgan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli “marixuanna” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, “Digital” nomli elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganda “gashish” giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar qadog‘i bilan og‘irligi 246,81gr, “marixuanna” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda qadog‘i bilan og‘irligi 8,53gr ekanligi aniqlandi .Shundan so‘ng, fuqaro Dadaboyev Baxrom Alimovich harakatlaninb kelayotgan fuqaro davlat raqami 75Q597MA bo‘lgan SHaripov.Mga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashina ham shubxa ostiga olininb xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi va uning haydovchisi SHaripov.M ham shaxsiy tintuvdan o‘tkazildi ,ushbu tergov harakatlari mobaynida shubhali va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan narsalar anqlanmadi.
Ushbu tezkor tadbir davomida olingan giyohvandlik vositasiga o‘xshash ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olinditomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlarini qayd etish Shakl-2 kitobida 2021-yil 17-noyabr kuni 588-raqam bilan ro‘yxatga olingan.
To‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 330-moddasi tartibida qaror qabul qilish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, Sizdan ushbu hujjatlarni “E-material” tizimiga ro‘yxatga olishga ruxsat berishingizni so‘rayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |