Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulashch shtangalari
2.1.6. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalariga qoʻyilgan umumiy texnik talablar GOST 20494-75 da qayd etilgan.
2.1.7. Izolyatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, oʻlchov ishlarini (izolyatsiya holatini va elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi ulagichlarni tekshirish uchun), razryadnik detallarini oʻrnatish va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangandir. Izolyatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish uchun almashtirib olib qoʻyishga moʻljallangan kallakli (ishchi qismli) universal boʻlishi mumkin.
2.1.8. Izolyatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolyatsiyalovchi qismlardan va dastakdan iborat. Ishchi qismining konstruksiyasi ushbu shtanga bilan bajariladigan ishlarga muvofiq aniqlanadi. oʻlchov shtangasining ishchi qismi oʻlchov qurilmasidir.
Shtanganing izolyatsiyalovchi qismi 1.1.6-bandda koʻrsatilgan materiallardan yasalishi zarur. Dastak esa shtanga bilan yaxlit yoki alohida boʻlak holida yasalishi mumkin.
2.1.9. Elektr yoyini oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalar 110 kV va undan yuqori kuchlanishli haavo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida taʼmirlashda oʻchirilgan fazani yerga ulash uchun moʻljallangan. Bundan tashqari, shtanga ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil boʻladigan elektr yoyini oʻchirish vazifasini ham bajaradi. Hamma shtangalar yerga ulagich shtangalariga qoʻyilgan talablarni qondirishi zarur.
Elektr yoyini oʻchiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar izolyatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini oʻchiruvchi qurilmali ishchi qism va ilgak (pantografik va boshqa konstruksiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi simdan tashkil topgan. Izolyatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi 2.1-jadvalda keltirilgan.
Yerga ulovchi simning koʻndalang kesimi mexanik mustahkamligi boʻyicha 25 mm2 dan kam boʻlmasligi lozim. Elektr yoyini oʻchiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi moʻljallangan elektr uzatish tarmogʻini kuchlanishi va elektr yoyini oʻchiruvchi qurilmaning nominal toki koʻrsatilgan boʻlishi zarur.
2.1.10. Izolyatsiyalovchi shtangalar oʻlchami 2.2-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam boʻlmasligi, yerga ulagich shtangalar oʻlchami esa 2.1-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam boʻlmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha moʻljallangan chinni izolyatorli va elektroizolyatsiyalovchi materialdan qilingan uzaytirgichlar shtangalarning minimal izolyatsiyalovchi qism uzunligiga (2.2-jadval) izolyator uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha boʻlgan qismi kiradi.
ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANGANLARGA VA BOSHQA BAXTSIZ HODISALARGA UCHRAGANLARGA BIRINCHI YORDAM BERISH
Birinchi yordamning muvaffaqiyatli boʻlishi aosan yordam beruvchining chaqqonligi, ziyrakligi va mohirligiga bogʻliqdir. Mohirlik bilan muvaffaiyatli yordam berishni tegishlicha mashqlar qilish va malaka orttirish yoʻli bilangina oʻrganish mumkin. Qoidalarni bilib olishning oʻzigina birinchi yordam berish uchun kifoya qilmaydi.
Shikastlangan kishini saqlab qolish aksariyat holatlarda uni tokdan qanchalik tez qutqarishga‚ unga birinchi yordamni naqadar tez va toʻgʻri berishga bogʻliq boʻladi. Vaqtni oʻtkazib, yordam berishga uzoq tayyorgarlik koʻrish shikastlangan kishining oʻlimiga ham sabab boʻla oladi.
Shikastlangan kishida nafas olish, yurak urish, puls singari hayot belgilarining koʻrilmasligi uni oʻlgan deb hisoblash uchun asos boʻla olmaydi va shunga koʻra unga yordam berishdan voz kechish mutlaqo yaramaydi. Elektr tokidan shikastlanganda kishining oʻlimi koʻpincha soxta boʻladi; shikastlangan kishining chindan ham olamdan oʻganligini faqat vrach aniqlab, yordam berishning foydasiz ekanligini ayta oladi.
Shu sababli, elektr qurilmada xizmat qiladigan hamma xodimlarga elektrning xavfliligi birinchi yordam berish choralari toʻgʻrisida vaqti-vaqti bilan yoʻl-yoʻriqlar berib turish kerak. Bunda xodimlarga tokdan qutqarish va sunʼiy nafas oldirish usullarini amalda koʻrsatib oʻrgatish lozim. Mashgʻulotlarni ixtisosli tibbiyot xodimlari bilan texnika xodimlari birga oʻtkazishlari lozim. Mashgʻulotlarni tashkil etish masʼuliyati sex, uchastka, podstansiya boshliqlari zimmasiga yuklatilishi zarur.
Doimiy navbatchilik qilinadigan joylarda:
a) birinchi yordam berish uchun eng avvalo zarur dori-darmon va asboblar solingan maxsus yaщik (kichkina shkaf);
b) birinchi yordam berish qoidalari, chunonchi sunʼiy nafas oldirish qoidalari yozilgan va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilgan plakatlar boʻlishi lozim.
Mutaxassis boʻlmagan kishilarniig birinchi yordamni toʻgʻri bera bilishi uchun quyidagi tadbirlarni oldindan koʻrib qoʻyish zarur:
a) har bir korxona, sex va hokazolarda dori-darmon shkaflariga qarab turadigan maxsus kishilar belgilanadi, ular shkaflardagi dori-darmonlarning kamini toʻldirib turish, hamma smenalarda shkaflarning bekamu koʻst boʻlishi uchun javobgardir.
b) har bir smenada maxsus kishilar ajratilib. ular birinchi yordam berishga oʻrgatiladi, bu kishilar ham shkaflarning oʻz smenasida yaxshi ahvolda boʻlishi uchun javobgardir.
v) tibbiyot xodimlari:
- birinchi yordam berish qoidalarining toʻgʻri bajarilishini;
- shikastlangan kishining oʻz vaqtida, albatta, tibbiyot punktiga yuborilishini;
- shkaflarning aholi va dori-darmonlarning bekamu koʻstligini hamisha qatʼiy nazorat qiladilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |