Qarshimaxsusenergomontaj” mchJ tarixi haqida umumiy ma’lumotlar



Download 395,36 Kb.
bet12/12
Sana16.06.2022
Hajmi395,36 Kb.
#675903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Alisher ilmiy amaliyot hisobot

Tokdan qutqarish
Elektr qurilmalarining tok oʻtib turgan qismlariga tegish koʻpincha muskullarning beixtiyor tortishib qisqarishi (tirishish) ga sabab boʻladi. Shunga koʻra, shikastlangan kishi simni ushlagan boʻlsa uning barmoqlari qattiq mushtlanib qoladiki, u simni oʻzicha qoʻyib yubora olmaydi.
Agar shikastlangan kishi tok oʻtib turgan qismlarga tegib turgan boʻlsa, dastlab uni elektr toki taʼsiridan qutqarish kerak. Ayni vaqtda, tegishli ehtiyot choralarini koʻrmay turib, tok taʼsirida boʻlgan kishiga tegish hayot uchun xaflidir. Buni hamisha yodda tutmoq kerak.
Birinchi chora—qurilmaning shikastlangan kishi tegib turgan qismini darhol tokdan ajratishdir. Bunda quyidagilarni nazarda tutmoq lozim:
a) agar shikastlangan kishi balandda boʻlib, qurilmalarni tokdan. ajratish uning yiqilib tushishiga sabab boʻlsa, uni yiqitmaslik uchun chora koʻrish lozim, aks holda u tokdan ajratish vaqtida yiqilib, battar shikastlanishi mumkin;
b) qurilmani tokdan ajratgan vaqtda elektr chiroqlar oʻchib qoladigan boʻlsa, fonar, fakel sham, avariya chirogʻi, akkumulyatorli fonarlarni tayyorlab qoʻyish kerak, lekin bu qurilmani tezlik bilan tokdan ajratishga, shikastlangan kishiga birinchi yordam berishga aslo xalaqit bermasligi lozim.
Agar qurilmani tokdan tez ajratishning iloji boʻlmasa shikastlangan kishini unga tegib turgan tok oʻtkazuvi qismlardan ajratish chorasini koʻrish lozim.
Past kuchlanishli tok urganda
Shikastlangan kishini tok oʻtkazuvchi qismlardan ajratish yoki simni undan ajratish uchun quruq kiyim, quruq arqon, quruq yogʻoch takta yoki oʻzidan tok oʻtkazmaydigan boshqa biror narsadan foydalanish kerak. Bu maqsadda metall yoki hoʻl buyumlarni ishlatish mutlaqo yaramaydi. Tok urgan kishini etagi (kiyimining badanga tegmay turgan joyi) dan tortib simdan ajratsa ham boʻladi, ammo bunda uning kiyimi quruq boʻlishi lozim; shu bilan birga tevarak-atofdagi metall buyumlarga va tok urgan kishi badanining ochiq joyiga tegib ketmaslik uchun juda ehtiyot boʻlish kerak. Shuningdek dastavval qoʻlni yaxshilab izolyatsiyalamay turib, tok urgan kishini oyogʻidan tortish ham yaramaydi, chunki uning poyafzali hoʻl boʻlishi, poshnasidagi mixlardan tok oʻtishi mumkin.
Tok urgan kishiga yordam berish uchun uning badanining ochiq joyiga qoʻl tegizish zarur boʻlsa, qoʻlga rezinka qoʻlqop va oyoqqa kalish kiyish yoki qoʻlga sharf oʻrash, yengni tushirish lozim va hokazo, juda boʻlmaganda, tok urgan kishining ustiga rezinka, oddiy quruq materiya tashlash kerak. Oyoq tagiga (quruq taxta yoki oʻzidan tok oʻtkazmaydigan quruq taglik solish, kiyimni va boshqalarni oʻrab qoʻyish ham mumkin.
Mumkin qadar, bir qoʻl bilangina ish qilish kerak. Past kuchlanishli tok urganda kishi qoʻllari bilan bir simni qattiq ushlagan va tok uning gavdasi orqali yerga oʻtayotgan boʻlsa, uning oyoqlari tagiga quruq taxta qoʻyish, oyogʻiga arqon yoki kiyim solib uni yerdan uzish va tokdan qutqarish kerak. Biroq bunda yordam berayotgan kishi ham oʻziga nisbatan, ham shikastlangan kishiga nisbatan yuqorida aytilgan ehtiyot choralarini koʻrishi lozim. Zarur boʻlsa past kuchlanishli simlarni dastasi quruq bolta bilan chopib uzish yoki izolyatsiyalangan tegishli asbob bilan qirqish kerak. Bu vaqtda juda ehtiyot boʻlish lozim (simga tegmasdan, qoʻlga rezinka qoʻlqop oyoqqa kalish kiyib, har qaysi simni alohida qirqish kerak).

Yuqori kuchlanishli tok urganda


Shikastlangan kishini yerdan uzish yoki qurilmaning tok oʻtib turgan qismidan ajratish uchun, qoʻllarga rezinka qoʻlqop va oyoqlarga etik kiyib, kuchlanishga moʻljallangan shtangadan foydalanish kerak.
Elektr uzatish liniyalarida tok urgan kishini yuqorida atib oʻtilgan usullarning biridan foydalanib tok taʼsiridan tez va xavfsiz qilib qutqarishning iloji boʻlmasa, liniyaning hamma simlarini (ustiga boshqa sim tashlash yoʻli bilan) qisqa tutashtirish va yer bilan (xavfsizlik texnikasi boʻyicha umumiy qoidalarga muvofiq) yaxshilab birlashtirish zarur; bunda liniya simlari ustiga tashlanadigan simlar qutqaruvchi kishiga tegib ketmasligi uchun tegishli choralar koʻrish lozim.
Bundan tashqari quyidagilarni nazarda tutish kerak:
1. Tok urgan kishi baland joyda boʻlganida uning yiqilib ketmasligi uchun tegishli choralarni koʻrish kerak;
2. Tok urgan kishi faqat bitta simga tegib turgan boʻlsa, uni tok taʼsiridan qutqarish uchun shu simning oʻzini yerga tutashtirish ham koʻpincha kifoya qiladi;
3. Liniya simlarini qisqa tutashtirganda yoki yerga tutashtirganda shunga ishlatiladigan simni oldin yer bilan birlashtirish, soʻngra yerga tutashtiradigan liniya simlarining ustiga tashlash kerak;
4. Shuni ham esda tutish lozimki, liniyadagi tokning sigʻimi katta boʻlsa, bu tok manbadan ajratilgandan keyin ham liniyada kishining hayoti uchun xavfli zaryad saqlanib qolishi mumkin. Bunday hollarda liniyani yaxshilab yerga tutashtirish kerak;
Sunʼiy nafas oldirishga amal qilinadigan majburiy va asosiy qoidalar
Shikastlangan kishi mutlaqo nafas olmayotgan boʻlsa yoki oʻlim oldidagidek sust siyrak va oʻqtin-oʻqtin nafas olayotgan boʻlsa yoki uning nafas olishi asta sekin yomonlashib borayotgan boʻlsagina unga suniy nafas oldirish kerak.
Sunʼiy nafas oldirishni shikastlangan kishi tok taʼsiridan qutqarilishi bilanoq boshlash va samarali natija berguncha (shikastlangan kishining nafas olishi rostlanguncha) yoki oʻlimning shubhasiz belgilari koʻringuncha (qotib qolish, murda dogʻlari singari belgilar paydo boʻlguncha) davom ettirish zarur.
Tokdan shikastlanib oʻlikdek yotgan kishilarni bir necha soatdan keyin ham hayotga qaytarish hodisalari koʻp boʻlgan.
Sunʼiy nafas oldirganda shikastlangan kishining yuziga qarab turish lozim. Agar u lablarining yoki qovoqlarini qimirlatsa yoki yutinsa uning oʻzi nafas ola olmasmikan deb tekshirib koʻrish zarur.
Shikastlangan kishi oʻzicha bir tekis nafas ola boshlagandan keyin, sunʼiy nafas oldirishni toʻxtatish lozim, aks holda sunʼiy nafas oldirish zarar qilishi mumkin.
Agar bir necha lahza kutib turgandan keyin ham shikastlangan kishi nafas olavermasa, oʻsha zahoti sunʼiy nafas oldirishni yana davom ettirish zarur.
Suniy nafas oldirshga kirishishdan oldin quyidagi choralarni koʻrish lozim:
- shikastlangan kishining nafas olishiga xalaqit beradigan kiyimlari ortiqcha vaqt sarf qilmay boʻshatish — yoqasiniig tugmalarini yechish, sharfini ochish, shimining tugmalarini yechish lozim va hakazo;
- shikastlangan kishining ogʻzida protez yoki boshqa yot jismlar boʻlsa, bularni ham tezda olib tashlash lozim;
- agar shikastlangan kishining ogʻzi qattiq yopilgan boʻlsa, pastki jagʻini oldinga tortib ochish kerak. Pastki jagʻni koʻtarib, bir oz oldinga tortish uchun ikkala qoʻlning toʻrttala barmogʻini pastki jagʻ burchaklarining orqasiga qoʻyiladi, boshmaldoqlar esa jagʻning ikkala chetiga bosiladi va jagʻ pastki oldingi tishlar yuqorigi oldingi tishlarning oldiga chiqadigan qilib suriladi.
- agar shikastlangan kishining ogʻzini shu yoʻl bilan ochib boʻlmasa, uning keyingi oʻzak tishlar orasiga taxtacha, metall plastinka yoki qoshiq dastasi va hokazolarni tishlarga zarar yetkazmay tiqib, ogʻizni ohista ochish kerak;
Sunʼiy nafas oldirish yoʻllari
Birinchi usul. Agar yordam beruvchi kishi bir oʻzi sunʼiy nafas oldiradigan boʻlsa, birinchi usulni qoʻllanish maʼqul. Birinchi usulning afzalligi shundaki, bu usul oddiy va yengil boʻlib, uni ozroq mashq qilish bilan osongina oʻrganib olish mumkin.
Birinchi usulda shikastlangan kishini qorni bilan yerga yotqiziladi, boshi yon tomonga qaratilib tirsagidan bukilgan qoʻli ustiga qoʻyiladi, ikkinchi qoʻli boshi tomoniga uzatiladi, boshining tagiga biror narsa yoziladi. Iloji boʻlsa, shikastlangan kishining tili tortib chiqariladi, biroq uni ushlab turish zarur emas, chunki til tortib chiqarilgandak keyin shu holicha turaveradi Yordam beruvchi shikastlangan kishi ikki oyoq orasiga olib tiz choʻkadi, bunda uning yuzi shikastlangan kishining boshi tomoniga qaragan boʻladi.
Shuningdek, ikkinchi usulda shikastlangan kishining qoʻllarini kuch bilan qattiq siltash ham yaramaydi, chunki bunday hollarda qoʻlni chiqarib, hatto sindirib qoʻyish mumkin.
Sunʼiy nafas oldirishning har ikkala usulida ham shikastlangan kishi badanining sovqotishiga yoʻl qoʻyish, uni yerga, tosh, beton yoki temir polga biror issiq narsa yozmasdan yotqizish yaramaydi.

Jarohatlanganda birinchi yordam berish


Har qanday jarohat jarohatlovchi buyumdagi, jarohatlanuvchi teridagi, shuningdek chang, tuproqdagi, yordam beruvchining qoʻllaridagi, bogʻlov materialidagi mikroblar bilan ifloslanishi mumkin.
Koʻpincha oʻlimga sabab boʻladigan ogʻir kasallik — stolbnyak yuqishining oldini olish uchun, tuproq bilan ifloslangan jarohatlarga eʼtibor qilish kerak.
Darhol vrachga murojaat qilib, stolbnyakka qarshi zardob emlatish bu kasallikning oldini oladi.
Jarohat yiring boylamasligi uchun, uni boylaganda quyidagi qoidalarga qattiq rioya kilish lozim:
Jarohatlangan kishi birinchi yordam berganda qoʻlni sovun bilan yaxshilab yuvish, agar biror sababga koʻra qoʻlni yuvishning iloji boʻlmasa, barmoqlarga yod nastoykasi surish kerak. Biroq yuvilgan qoʻlni ham jarohatga tekkizish yaramaydi.

Xulosa

Biz “Qarshimaxsuselektromontaj” MCHJ da amaliyot davrida o’zimizning ta’lim yo’nalishimiz bo’yicha olgan nazariy bilimlarimizni amaliy jihatdan to’liq o’rganib chiqdik va kelgusi ish faoliyatimizda qo’llay olamiz. Korxona faoliyati asosan elektr uzatish liniyalarini qurish va demonaj qilish ishari bilan shug’ullanib keladi. Biz u yerda tayanchlar, izolyatorlar, elektr o’tkazgich simlar, transformatorlar va ularni o’rnatish jarayonlarida bevosita ishtirok etdik va kerakli malakaga ega bo’ldik. Amaliyot davrida korxonaning malakali mutaxassislaridan o’zimizni qiziqtirgan barcha savollarimizga yetarlicha javob oldik. Shuningdek, yangi elektr uzatish liniyasini qurish jarayonida ishtirokimiz davomida , liniya qurishda ishlatiladigan konstruktiv elementlarning qanday vazifalarda ishlatilishi haqida ham o’zimizga kerakli bilimlarga ega bo’ldik. Korxonada ish jarayonlari qat`iy tartib asosida olib borilishiga guvoh bo’ldik, chunki biz u yerga amaliyot boshlanishi kunidan yetib bordik va bizga korxona xodimlari tomonidan elektr xavfsizligi bo’yicha umumiy yoriqnomalar o’tildi. Bu xavfsizlik qoidalari xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ish davomida turli xildagi noxush holatlarga tushib qolishining oldini olishiga amin bo’ldim. Men amaliyot davrida uzunligi 17 km dan ortiq bo’lgan 10 kV li elektr uzatish liniyasini qurishda bevosita ishtirok etdim, bunda yerga aporalarni qo`ydik. Shu jarayonlarda simlarni qanday tortish, tarangligini hisobga olish, izolyatorlarni tayanchlarga qotirish, simlarni bir briga mahkamlash, izolyatorlarga o’tkazgichlarni bog’lash usullarini o’rgandim.


Bu korxona elektr tarmoqlari qurishda viloyatimizda yetakchi hisoblanadi bu bizga korxona tarixidan ham ma’lum bo’ldi, shuning uchun aytish mumkinki korxona yildan yilga rivojlanib borayotgan energetika tizimida quriladigan yangi yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurishda o’zining faolligi bilan qatnashib, bundan keyin ham mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’sha oladi.
Download 395,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish