IV. Falsafada milliylik umuminsoniylik tamoyili
Dunyoda o’z milliy falsafa maktabini yaratgan xalqlar bor. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, ingliz falsafasi kabilar shular jumlasidandir. Milliy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bo’lgani kabi milliy falsafaning ham bo’lishi tabiiy. Ammo bu – falsafa milliy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan sifatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug’ullanayotgan aniq shaxs – faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifodalaydi. Millat ozod bo’lsa, o’z turmush tarziga mos fikrlasa, olamni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o’z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatlarini aql – idrok, mafkura yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni, mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota – onasi va yor – birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik – vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham – milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlik degani emas.
Lekin sizning hayolingida beixtiyor “Milliy falsafa bo’lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta’rif beriladi-ku?” – degan savollar charx urishi mumkin. Bu – o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsa, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.
Falsafa adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik mahdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsafa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsafani yoqlab chiqadi.
Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning barchasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Nazarimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizatsiyaga uzviy qo’shilish jarayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhimi – falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish evaziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib boradi.
Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy falsafalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib xissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutganidan keyin o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lgan Yevropa mamlakatlarida, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi.ular umumyevropa hududida, Qadimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. Ularda Yevropa xalqlariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon, avvalo, Italiya va Angliyada, so’ngra Fransiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va P. Dekart, B. Cpinoza va J. J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tarixida o’chmas nom qoldirdilar. Ular, avvalambor, o’z yurti, millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkuraning shakllanishiga xissa qo’shgan.
Xuddi shunday, XVIII – XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt Avstrya – Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu ulka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’laroq I. Kant, I. Gegel, Fixte, Shelling, Fayerbax kabi donishmandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Keyinchalik bu falsafa Nitshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyondasi hisoblangan Gegel ta’limoti esa, o’z davrida Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsaning o’tkinchi ekanligini nihoyatda yaxshi biladigan, yangi zamonning Arastusi nomini olgan Gegel Pruss monarxiyasining o’tkinchi ekanligini bilmasmidi? Nima sababdan u dealektlik ta’limot emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemaning mukammalroq bo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar haligacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.
Xo’sh, nima sababdan Gegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Gegel o’z davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati – Pruss monarxiyasi, davrining mahsuli, ushbu davr falsafasining namoyondasi edi. U “Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyinki qo’ziqorinlardek yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalq yaratadi”, degan ida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Gegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss monarxiyasi, garchi monarxiya shaklida bo’lsa-da, nemis davlati ekanligini o’z millatining ongi va dunyoqarashining tarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuflardan biri edi. Uning “Aqlga muvofiq narsalarning barchasi voqedir, biroq bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir”, degan so’zlarini ham ana shu ma’noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektlik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.
O’sha davrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proq tarqoq hududlarga bo’linib, Avstriya – Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi milliy davlat edi. Uning shakli – shamoyili kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis millati davlati tarzida saqlanib qolishi uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g’oyasi hech qachon so’nmaydi. Garchand yurtni yovlar arslar davomida bosib tursalarda, u qachondir baribir qad rostlaydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Gegl o’z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o’sha davlatning shakl – shamoyili va mazmun – mohiyatini singdirib keta olgan faylasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoldi. Milliylik va umumyevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o’z jozibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.
Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl farzandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasining adabiyot falsafasiga, mustaqil davlat tilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontira olgan edi. Bugungi kunda Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta–qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbexlar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.
Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin milliy falsafani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliq falsafasini rivojlantirishning ob’yektiv va sub’yektiv shart – sharoitlari mavjud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida bugungi o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berilayotganini alohida takidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldidagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.
Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:
Xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqligi;
Mamlakatimizning buyuk kelajagiga ishonchi;
Muqaddas qadriyatlarimizga ishonch – e’tiqodi;
Mehnatsevarligi, intellektual salohiyati va boshqalar.
O’zbekiston falsafasining yanada taraqqiy ettirish vazifalarini amalga oshirish quyidagi masalalarning yechimini topishga bog’liq:
- Birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoitida soxtalashtirilgan falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini xaqqoniy yoritish, holis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, o’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qiligani yoki ayovsiz talon – taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;
- ikkinchidan, ko’plab manbalar ingliz, arab yoki fors tillarida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malakali tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bahramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;
- uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyalarini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, milliy istiqlol g’oyasini kishilar qalbiga sindirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.
Xullas. Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafani rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millatning haqiqiy farzandi bo’lgan, uning kamolini o’ylaydiga chinakam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demokratik jamiyat barpo etish jarayonlaridagi ma’naviyatning tarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.
Ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta ma’suliyat yuklamoqda. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlar nuqtai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi.
V. XULOSA
Falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilmlardan biridir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida baxs yuritadigan fikrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |