Nazorat savollari.
1.IESning bosh tarixi (plani)
2.IESning bosh binosi va unda asosiy yordamchi jihozlarining joylashishi.
3.IESning bosh loyixasida shamol esishini belgilash nima uchun kerak.
4.Bosh bosh binosidagi asosiy jihozlarni aytib bering.
5.Yoqilg’i xo’jaligi haqida ma‘lumot bering.
6. Temir va avtomabil yo’llari nima uchun qo’yiladi.
14 – Mavzu: IESNI ISHLATISHNI TASHKIL QILISH
14. IESni ishlatishni tashkil qilish
14.1.IESning ish holatlari
14.2.IESning o’z ehtiyojlariga ishlatadigan energiyasining sarfi
14.3.IESni ishlatishni tashkil qilish
Tayanch iboralar: turbina, energetik, stantsiya, texnik, optimal, diagramma.
IESning issiqlik va elektr yuklamalari bir kecha-kunduzda, mavsum va yil davomida keskin o’zgarib turadi. Bunday o’zgaruvchan yuklamani ishlab turgan jihozlar o’rtasida to’g’ri taqsimlash iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Bu masalani hal qilishda quyidagi omillarni hisobga olish lozim:
A) turli jihozlarning energetik ko’rsatkichlari, ya‘ni turli ish holatlarida ishlab chiqarilatgan maxsulot miqdoriga nisbatan yoqilg’i (issiqlik)ning solitirma sarfi.
B) jihozlar turib qolishining yoki ularning past yuklamalarda ishlashining yillik harajatlarga va mahsulotning tannarxiga ta‘siri.
V) jihozlarni to’xtatish, qayta ishga tushirish va issiq holda zahirada saqlash hollarining stantsiyaning iqtisodiy va energetik ko’rsatkichlari ta‘siri.
G) jihozlarning u yoki bu ish holatlarida ishlay olishning texnik imkoniyatlari va xokazo.
IESning eng maqbul (optimal) ish holatlarini aniqlash murakkab masala hisoblanadi. Asosiy jihozlarning energetik ko’rsatkichlarini amalda quyidagicha aniqlash mumkin. Masalan: bu turbinalarining energetik ko’rsatkichlaridan biri- ularning holat diagrammalari hisoblanadi. (4-3 ga qaralsin) bu diagrammalardan foydalanib, masalan yuklamani ikkita turbinaga qay tarzda taqsimlaganda bug’ning sarfi eng kam bo’lishini aniqlsh mumkin.
Misol, IEM ning issiq suv yuklamasi 175MVT/(180Gkal) ga va elektr yuklamasi 150 MVTga teng. IEM da ikkita T-100-130 turdagi trubina o’rnatilgan. Agar yuklamalar ikkita trubinaga teng bo’lib berilsa, bug’ning umumiy sarfi 588t/soatni tashkil qiladi. Agar hamma issiqlik yuklamasining Nэ=100 mvt quvvat bilan ishlaydigan birinchi trubinaga berilsa va ikkinchi trubina Nэ =50 mvt quvvat beradigan kondentsion ish holatiga o’tkazilsa, bug’ning umumiy sarfi 600t/soatni tashkil qiladi. Demak, birinchi variant iqtisodiy jihatdan afzalroqdir.
Jihozlarning eng maqbul (optimal) ish holatlarini aniqlash paytida nisbiy o’sish tushunchasidan foydalaniladi. Bu tushunchaning bug’ qozonining ishlash misolida quyidagicha izohlash mumkin. Bug’ qozonining unumdorligi υкоз ga nisbatan uning foydali ish koeffitsienti va yoqilg’i sarfi вкоз ning o’zgarishi 1 va 2 chiziqlari bilan ifodalanadi. (12-1) rasm
Bug’ qozoni D unumdorligi bilan ishlanganda uni usha miqdor = ” га oshirish uchun ko’proq qo’shimcha yoqilg’i talab qilinadi, ya‘ni ΔВ>ΔD”/ΔD” tegishlicha Δb=Δß”/ ΔD”.
Demak qozonxona unumdoriligini ΔD ga oshirish talab qilinganda ΔD ko’rsatkichi kichik bo’lgan bug’ qozoni qo’shimcha yuklama berish iqtisodiy jihatdan afzal bo’ladi.
Xuddi shu usulda trubinalarning holat diagrammalaridan bug’ (issiqlik) sarflarining nisbiy o’sishlari Δd va Δq aniqlanadi. Bu qiymatlardan foydalanib, u yoki bu trubinaning issiqlik yoki elektr yuklamasini oshirish yoki kamaytirish masalasini asosli ravishda hal qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |