Bog'liq Issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologik markazlari MM 20
13 – mavzu: IES NINGBOSH TARXI (PLANI) VA UNING BOSH BINOSIDA JIHOZLARNING JOYLASHISHI.
13.1.IESning bosh tarixi (plani)
13.2.IESning bosh binosi va unda asosiy yordamchi jihozlarining joylashishi
Tayanch iboralar: Transformator, elektrofiltr, regenerativ, kommunikatsiya, korbanat, kislota.
Rejadagi holat i/ch maydonchasi inshoatlari o’lchami tushirilgan va yana asosiy kommunikatsiyalar ko’rsatilgan chizma bosh reja deb ataladi. (16.2 rasmda) kondensatsion elektr stantsiyaning bosh rejasi ko’rsatilagan. Bosh binoda mashina zalining yonida sovutish yo’li joylashgan va mashina zali devori yoniga transformator joylashgan. Bu inshoatlarning yonma –yon joylashishi bosh binoga kiruvchi va chiquvchi sovutuvchi suvning serkulyatsion quvurlarini qisqartiradi. Transformatorlarning mashina zali yonida joylashishi tok uzatgichlarni qisqartiradi. Qozonxonaning devori yon yuzasida regenerativ havo qizdirgichlar va shamollatgichlar joylashgan. Shu sababli havo quvurlari qisqaradi. Undan keyin tutun gazlari traktining uskunalari joylashadi: elektrofiltrlar, tutun surgichlar, tutun Quvurlari. Bosh binoning yon tomonidan birlashgan holatda yordamchi bino joylashgan yoki ikkita binoni birlashtiruvchi yo’lak yer satxidan taxminan 10-12 mt oralig’ida qurilgan. Bosh rejada ma‘muriy va maishiy binolar tahlil nazorat xonalari (laboratoriya) ta‘mirlash mexanik ustaxonalar, ximiyaviy suv tozalash, yoqilg’i va reagentlar omborxonalari va elektrolizli karbonat kislotali ramkalar joylashgan. Ikkala korpusni bog’lovchi ya‘ni bosh korpus bilan yordamchi korpus orqali ishlab chiqarish inshoatlaridan maishiy va ma‘muriy binolarga tashqariga chiqmay o’tish mumkin. Tutun quvurlaridan keyin yoqilg’i xo’jaliklari joylashgan qattiq yoqilg’ida ishlovchi elektr stantsiya uchun yerdan taxminan 35 mt balandlikda bunker etajerkasiga ko’mirni ko’tarib beradigan transpartyor uchun qiyalik burchak ostida uskuna joylashgan bo’lib, yoqilg’i omborxonasiga to’tashgan. Bunday yoqilg’i omborxonasi bilan bosh bino o’rtasida belgilangan masofa bo’lishi lozim. Temir yo’llari yaqinida yoqilg’i omborxonasi mazut va moy omborxonasi shuningdek maxsus nasoslar tizimi joylashgan bo’ladi. Temir yo’llari aynan yoqilg’i xo’jaligigacha to’tashtirilgan bo’ladi. Ochiq taqsimlash qurilmasi yoqilg’i xo’jaligiga nisbatan ancha uzoqroq masofada joylashgan bo’ladi. Transformatorlardan elektr energiyasini ochiq taqsimlash qurilmasiga uzatish yo’llarini o’tkazish uchun tirgaklar quriladi. Oraliq nuqtada esa simlar tayanchlarga osib qo’yiladi. Agar ochiq taqsimlash qurilmasi mashina zali yonida joylashtirilsa (16.3 rasm) uning transformatorlar bilan bog’lanishi yengillashadi. Undan tashqari elektr stantsiya hududlarida mashinalar zali va qozonxona bo’limlariga birlashgan yordamchi va bosh bino, yoqilg’i xo’jaliklariga qarab temir yo’llar tortilgan. Elektr stantsiyasiga bino va inshoatlar orasida hodimlar va avtomabillar harakati uchun maxsus yo’lkalar ajratilgan. Bosh rejada inshoatlarni qurish vaqtida shuningdek qurilma va usuknalardan foydalanishda yong’in xavfsizligi va sanitar normalariga e‘tibor berilgan va maxsus suv inshoatlari uchun bino ajratilgan. Asosan yong’in xavfsizligi bo’yicha yonish va portlash xavfi yuqori bo’lgan gaz mazutli yoqilg’ida ishlovchi stantsiyalarda mazut ombori, gazni tarqatish, taqsimlash binolari alohida maydonda maxsus to’siqlangan joyda quriladi. (16.4 rasmda) gradirniyalar sovutuvchi suv tizimiga ega bo’lgan bosh reja ko’rsatilgan. Gardirniya boshqa qurilmalarga nisbatan asosan ochiq taqsimlash qurilmasiga nisbatan shunday joylashganki gradirniyadan chiqqan bug’ning bulutini shamol binolarning teskari tomoniga olib ketishi lozim. IEM larida maydonni qisqartirish uchun taqsimlovchi qurilma yoki uning bir qismi yopiq binoda joylashtiriladi (yopiq taqsimlash qurilmasi) deb ataladi. Shu sababli elektr energiyasini taqsimlash qurilmasining maydoni qisqaradi.
Issiqlik elektr stantsiyasi qurilishi uchun tanlangan maydon quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak.
Iste‘molchilarga yaqin bo’lishi. iste‘molchilar IES ga qanchalik yaqin bo’lsa, uzatish paytida energiyaning yo’qotilishi shunchalik kam bo’ladi. Hozirgi paytda issiq suv 35 km ga va bug’ 3-12 km masofa uzatiladi.
Yoqilg’i manbalarining yaqin bo’lishi. Past sifatli yoqilg’ilar uzatilishining iqtisodiy jihatdan cheklangan masofa 150-200 km ga teng. Tabiiy gaz va mazut bir necha ming qilometr masofaga tashilishi mumkin.
Suv manbalaring yaqin bo’lishi. Bug’ni kondensatsiyalash uchun juda ko’p miqdorda sovuq suv talab qilinadi. Masalan quvvati 2400 ming kVt bo’lgan IES uchun taxminan 84 m3 sek suv talab qilinadi.
Yirik KES larni qurish uchun ajratiladigan maydon 0,04-0,06 ga /Mvt ga teng bo’lishi kerak. IEM ning maydoni 0,01-0,03 ga teng/ MVTni tashkil qiladi.
IES uchun ajratilgan maydon to’gri to’rtburchak shaklida bo’lib tomonlarining nisbati 1:2 yoki 3:4 bo’lishi kerak. Maydon yuzasi tekis va yer osti suvlarining joylashish chuqurligi 3-4 m . bo’lishi zarur. Aylanadigan qismlari bo’lgan yirik jihozlar o’rnatiladigan povdevorlar murakkab va qimmat bo’lmasligi uchun yerning ustki qatlami 2-2, 5 kg/sm2 ga teng yuklamalarni ko’tara oladigan bo’lishi kerak. Elektr stantsiyasi bilan temir yo’l orasidagi masofa 10 km dan oshmasligi shart. Odatda sanoat issiqlik elektr stantsiyasini yirik korxona hududida yoki unga yaqin masofada joylashtiriladi.
Zamonaviy elektr stantsiyalarning tarkibiga quyidagi bino va inshoatlar kiradi.
1. Asosiy va yordamchi jihozlar joylashtiriladigan bosh bino:
2. Asosiy boshqarish va taqsimlash qurilmasi:
3. Nasos stantsiyasi, suvni sovitish minoralari (gradirnyalari) va purkash hovuzlari
4. Suvni kimyoviy tozalash inshoati
5. Yoqilg’i xo’jaligi-yoqilg’ini qabul qilish, tashish moslamalar, yoqilg’i omborlari
6. Moy xo’jaligi
7. Jihozlarni tuzatish ustaxonalari, omborlar.
8. Ma‘muriy va madaniy-maishiy xonalar joylashadigan xizmat binosi.
9. Stantsiyaning bosh tarixida bino va inshoatlarning joylashishi yordamchi texnologik qurilmalarning sosiy jihozlariga xizmat ko’rsatish kulay bo’lishini hisobga olgan holda amalga oshirilgan bo’lishi lozim.
Bu ob‘ektlarni bir-biriga nisbatan joylashtirish masofasi sanitariya va gigiyenaga qarshi kurash talablari asosida tanlanishi kerak. Injenerlik komunikatsiyalarni qisqa bo’lishiga erishish zarur.
Elektr stantsiyasining bosh binosi shunday joylashtirilishi lozimki, uni keyinchalik yon tomoniga kengaytirish imkoni bo’lsin. Stantsiyaning yoqilg’i xo’jaligini qozonxona tomoniga joylashtiriladi. Elektr va suv xo’jaliklari stantsiyasining asosiy boshqarish va taqsimlash qurilmalari, nasos stantsiyasi suvni sovitish inshoatlari va boshqalar-turbina sexi tomonidan joylashtiriladi.
Maydon hududidan foydalanishning asosiy ko’rsatkichi qurilish maydonining koeffitsenti hisoblanadi. Bu koeffitsent bino va inshoatlar egallagan maydonning umumiy maydonga nisbatini ifodlaydi. Bu ko’rsatkich qattiq yoqilg’isida ishlaydiganlar stantsiyalar uchun -0,6+0,7 ga teng, IEMning bosh tarixi II-I rasmda keltirilgan.